"Roma" "CHelsi" bilan Abraxamning transferi borasida kelishuvga erishdi
10 avg 2021 14:52
Yangiliklar
"Roma" "CHelsi" bilan Abraxamning transferi borasida kelishuvga erishdi
"Roma" Londonning "CHelsi" klubi bilan hujumchi Temmi Abraxamning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Italiya klubi xarid qilish huquqi bilan 23 yoshli angliyalikni 2021/22 yilgi mavsum uchun ijaraga oladi.
Umumiy miqdorda forvardning transferi "bo'rilar"ga 40 mln evroga tushadi. Abraxamga kelsak, o'yinchi hali kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmadi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Roma" "Jenoa"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodovni o'z safiga qo'shib olgan edi.
Abraxam o'tgan mavsum Angliya chempionatida 22ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar