

Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" vakillari yaqinda 22 yoshli futbolchi bo'yicha muzokaralarga kirishgan. "Ko'klar" esa, o'z navbatida, o'yinchi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda, biroq transfer amalga oshgan taqdirda unga asosiy tarkibdan doimiy joy kafolatlay olishmaydi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Angliya Premer-ligasi klublarining hech biri rasmiy taklif bilan chiqmagan. Shu bilan birga, ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashda "Monako" hamon favorit hisoblanmoqda. Kasado shu yozda "ko'k-anorranglilar" safini tark etishi taxmin qilinmoqda, chunki klub boshqa xaridlar uchun qaydnomadan joy bo'shatish niyatida.
Futbolchi 2024 yilning iyul oyidan buyon Kataloniya klubining asosiy tarkibida to'p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Yakunlangan mavsumda Kasado 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.



