

Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, London klubi o'tgan mavsumni Saudiya Arabistoni jamoasida o'tkazgan "Liverpul"ning sobiq forvardini kuzatmoqda. "Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Nunes tarkibda hujumchi Joao Pedro bilan raqobatlashadi deb umid qilmoqda.
Urugvaylik futbolchi 2022 yilning iyunidan 2025 yilning avgustiga qadar Angliyaning "Liverpul" jamoasida to'p surgan.
Hozirgi vaqtda Nunesning "Al Hilol" bilan shartnomasi mavjud bo'lib, u 2028 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. O'tgan mavsumda futbolchi Saudiya jamoasi safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" hujumchini 20 million evroga baholamoqda.



