So’nggi yangiliklar

20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  1 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  1 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   1 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  3 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  3 19:00АПЛ. "Ливерпуль" чемпионат аутсайдерининг уйида меҳмон бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  17 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11 16:08Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин  7 15:26МЮ ва "Ман Сити" Гёкереш учун курашга киришмоқда, клублар 65 млн фунт тўлашга тайёр  4 13:38"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади  5

“Real“ni cho'qqiga qaytargan prezident vafot etdi. U yulduzlarni o'z puliga sotib olardi Yangiliklar

“Real“ni cho'qqiga qaytargan prezident vafot etdi. U yulduzlarni o'z puliga sotib olardi

Ushbu inson “Real“ga buyuklikni qaytarib bergan.

1998 yilning may oyida “Real“ prezidenti Lorenso Sans telefon raqamini almashtirdi. Endi unda 05-20-98 raqamlari — mikrofonda quyidagi so'zlarni aytgan kun sanasi bor edi: “Endi xotirjam o'lishim mumkin. Nihoyat bizda bizda ushbu sovrin bor“.

“Amsterdam Arena“dagi CHempionlar ligasi finalidan so'ng prezident stadioning o'zida shu gaplarni aytgan. O'sha paytda “Real“ning Evropadagi hukmronligi tarixda qolib ketgan edi. “Qirollik klubi“ Bernabeu (futbolchi) davridan beri CHempionlar Kubogini yutmagandi. O'shandan beri 30 yildan ko'proq vaqt o'tdi, klub bir necha marta UEFA Kubogida zafar quchdi, ammo bu haqida unutib yuborishgan edi. “Real“ 1990-2000 yillar orasida hech kimni qo'rqitmasdi. Ular Evropada luzer bo'lishgan.


Sans hammasini o'zgartirdi.


Sans 1995 yilda “Real“ rahbariga aylandi va uni o'z pullari evaziga kuchaytirdi. Uni transferlar qiroli deyishardi


Lorenso Sans hech qachon biznes-maktabga bormagan. U boy bo'lmagan oilada katta farzand bo'lgan: Uning buvisi “Real“ stadionida turli ichimliklar sotardi. Lorenso yoshligida sartarosh bo'lib ishlab, pulni tejab sarflagan va 60 yillarda katta bo'lmagan gul qog'oz (oboy) fabrikasini ishga tushirgan. U dastlabki yirik mablag'ini o'sha fabrikasi davrida, mashinasining ustida shartnomalar imzolaganda ishlab topgan.


80 yillar boshida Sans Blas Pinyar — ispan millatchilari etakchisiga ishlab, foydali tanishlar orttirdi va bu tanishuvlarni katta daromadga aylantirdi. “Mercantil Valenciano” nashrining yozishicha, u Madrid shahri kengashidan qurilish rejalari haqida yashirin malumotlar olgan va bundan yaxshigina daromad qilgan. Sans o'zining birinchi yirik ishida 352 mln. peset evaziga bino sotib olib, uni o'sha kunning o'zidayoq 600 mln. pesetga pullagan. Bu “mo'jizalar“ keyin ham davom etavergan. U 90 yillarda 13 mln. dollar evaziga katta erni sotib oladi, 6 kun o'tib ushbu hudud qayta rejalash tufayli qimmatlashib ketadi va er narxi 38 mln. dollarga etadi.


Lorenso bolaligida “Real“ning deyarli barcha uy uchrashuvlarini tomosha qilgan (buvisi uni o'zi bilan ishga olib ketardi). U hamma kabi “Qirollik klubi“ futbolchisi bo'lishni orzu qilgan, ammo yigitcha boshqalarga o'xshamasdi — cho'ntagida bir-ikki peso bo'lgan Sans millionlik biznes yarata oldi. Lorenso 85 yilda otchoparga egalik qilgan va o'sha erda “Real“ prezidenti va ot poygasi ishqibozi Ramon Mendosa bilan tanishib qolgan. Ular do'stlarga aylanishdi, Sans klub direktoriga aylandi va asta-sekinlik bilan klub vice-prezidenti lavozimini egalladi.

80 yillar o'rtalarida “Real“ ikki marta UEFA Kubogida zafar quchdi — bu oxirgi 19 yil ichidagi dastlabki xalqaro sovrinlar edi. Ushbu muvaffaqiyatni uyg'onish deb atashdi, ammo hamma kutgan voqea ro'y bermadi. 95 yilning noyabrida klub 115 mln. dollar qarzdor ekanligi aniqlandi. Mendosa istefo berdi. Sans rahbarga aylandi.


“Men “Real“ prezidenti lavozimini Mendosa kabi bosh vazirnikidan obro'liroq deb hisoblamasamda, biroq o'z orzuyimga etdim. Bu hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri“ — degandi Lorenso.


Katta o'zgarishlar transfer oynasida sodir bo'ldi. “Real“ so'nggi 5-6 yil ichida Laudrup, Xaji va Samorano kabi yulduzlarni sotib oldi. Ammo “Qirollik klubi“ ko'proq hali katta mashhurlikka erishmaganlarni xarid qildi. Madrid klubi rahbariyati omadga ishonib bu transferlarni amalga oshirdi.


Sabab oddiy. O'sha davrlarda 115 mln. dollar evaziga hatto “Malaga“ ham chempion bo'la olardi. Kamdan-kam davlatlarda bunday qarz bo'lgan. “Real“da yangi qarzlar uchun imkoniyat yo'q edi, eskilarini yopish uchun esa 10 yil kerak bo'lardi. “Qirollik klubi“ akciyalari boshqa ispan klublari kabi qo'lida edi. Bu erda prezident — klub egasi emas, yollanma ishchi bo'lgan. Ushbu demokratik futbolning ijobiy jihatlari ko'p, ammo bitta sezilarli zarari bo'lgan: Klub qancha daromad topsa, faqat o'shancha xarajat qila olardi. “Real“da yulduzlarga pul bo'lmagan.


Voqealarning bunday rivoji muzokaralar qiroli hisoblangan Sans iqtidorini cheklagan. “Sansda sport direktorining talanti bo'lgan. U nafaqat transfer haqida kelishgan, balki o'zi futbolchini kuzatib, murabbiy kabi ishlagan. Sans yangi iqtidorlarni shaxsan o'zi ko'rish uchun ko'p sayohatda bo'lardi va qarorlarni bir o'zi qabul qilgan“ — degandi Marca jurnalisti Mario Estrela. “Transferni hal qilish uchun menga 24 soatning o'zi etarli edi“ — degan prezidenti. Ammo xarajatlarga pul bo'lmagan.


Sans yo'lini topdi. U “Real“ni o'z pullari evaziga kuchaytirdi.


“Men pullar haqida o'ylamayman. Prezidentlik lavozimi ko'plab eshiklarni ochadi, ammo men hech qachon o'z foydam yo'lida klubdan foydalanmayman. “Real“ — mening narkotikim. Bu erga odamlar orzusini amalga oshirish uchun kelganman“ — ushbu gaplarni aytgan Sans maoshdan voz kechgandi.


Prezident “Valensiya“dagi bir mavsumida 34ta gol urgan Miyatovichni sotib oldi. “Sevilya“dagi so'nggi 3ta mavsumida raqiblar darvozasini 68 marta ishg'ol qilgan SHukerni olib keldi. Evropaning 1991 yildagi eng yaxshi darvozaboni Bodo Illgnerni ko'ndirdi, Roberto Karlos, Zeedorf va Ze Robertolar transferini amalga oshirdi. Kataloniyalik raqiblar futbolchilarni kuzatishni boshlaganida Sans ularni “Real“ga o'tishga ko'ndirgan bo'lardi. “Qirollik klubi“ yangi jamoa bilan LaLigada zafar quchdi.

“Real“da erishganlarimning barchasi Sans tufayli. “Inter“da Madrid klubiga o'tishim tarixdagi eng tezkor transferlardan biri bo'lgan. Sans 10 daqiqa ichida hammasi haqida kelishib qo'ygan“ — degandi Roberto Karlos.


Sans sevimli klubiga 50 mln. dollar sovg'a qildi va uni cho'qqiga qaytardi.


1998 yilda “Real“ CHL finaliga chiqdi, ammo klubni autsayder deb hisoblashdi


Lorensoning investiciyasi 2 yildan so'ng o'zini oqladi. 1997/98 mavsumda Yupp Xaynkesning “Reali“ CHempionlar ligasining 10ta o'yinida bitta mag'lubiyatga uchrab, finalga chiqdi. “Qirollik klubi“ pley-off bosqichida bor-yo'g'i bitta gol o'tkazib yubordi. Ammo hatto shunday jiddiy yurish ham jamoaning statusini o'zgartira olmadi. Hech kim ispanlarga ishonmadi. Ularning raqibi Evropada hukmronlik qilayotgandi.


Ronaldosi bor “Inter“ni mag'lub etib, A Seriya g'olibiga aylangan “Yuventus“ ketma-ket to'rtinchi yil evrokuboklar finaliga chiqqandi. Klubda dunyoning eng yaxshi uch futbolchisidan ikki nafari bor edi — Zidan va Del Pero. “Keksa sinora“ tarkibida Anjelo Perucci, Davids kabi yulduzlar bo'lgan va ularning barchasi o'zining eng yaxshi formasida edi.


“Finalgacha borishimizni hech kim kutmagandi. Favorit bo'lmaganmiz. “Yuve“ skudettoni yutdi, ketma-ket uchinchi finalida o'ynayotgandi, biz esa LaLigada omadsizlikka uchradik. Turli darajadagi ikki jamoa. Bizda faqat ishtiyoq bor edi“ — degandi Miyatovich.


Bunday farqni transfer oynasidagi xaridlar bilan yo'qotib bo'lmasdi. “Real“da hali bor kuchini ko'rsatishga ulgurmaganlar yoki veteran futbolchilar to'p tepardi. Futbolchilar kiyinish xonasida janjallashardi. Xaynkes esa mojarolarni to'xtata olmagan, ikkiga bo'lingan guruhlar esa o'zaro jang qilgan. “Real“da zafar quchish uchun imkoniyat bo'lmagan.


Ushbu mojarolarda Lorenso Sansni ayblashardi. Klub prezidenti rahbardan ko'ra ko'proq muxlisdek ish tutardi. U barcha ishqibozlar kabi klubning eng yaxshi futbolchilarini yaxshi ko'rgan. Sans kuchlilarga ko'proq yon bosishi turli adolatsizliklarga sabab bo'lgan.


U murabbiylarga ham fanatlardek munosabatda bo'lgan: har qanday omadsizlikda mutaxassislarni ayblardi. Sans rahbarlik lavozimidagi dastlabki 3 oyda 3 bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi (Valdano, Iglesias va Del Boske), chempionlikdan so'ng Kapelloni haydab yubordi (unga italiyalikning ehtiyotkor o'yini yoqmagan) va CHLdagi muvaffaqiyatdan keyin Xaykes bilan xayrlashgan. Futbolchilar murabbiylardan ustun ekanligini his qilishardi. “Yigitlar Yuppni eb qo'yishdi“ — degan edi Sans Xaynkes istefosidan so'ng. Lorenso “Real“ prezidenti bo'lgan 4,5 yil ichida 8 nafar murabbiyni almashtirdi.

“Yuve“ bilan bahsga bir hafta qolganida Xaynkesga qo'ng'iroq qilib, ishlari haqida so'radim. Yupp g'azabda ekanligini va bu jamoa bilan ishlashni xohlamayotganini aytdi. O'shanda jamoaning 7-8 etakchisini yig'ib, shunday dedim: “Yupp finalda g'alaba qozona olmasligini his qilyapti, chunki sizlar bilan ishlashning iloji yo'q. O'zingizni maxluqdek tutyapsiz“ — deya aytib bergan Sans.


O'yindan oldin Miyatovich so'zga chiqdi: “Yigitlar, bugun finaldamiz, ertaga yana qaysi birimiz bu erlargacha etib kelishimizni hech kim bilmaydi. Keling, maydonga chiqib, g'alaba uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz“. Bu gaplar jamoani ruhlantira olmadi. Yuventus“ bahsni katta tezlikda boshladi. Desham uzoqdan erlatib zarba berdi. Zidan tezkor qarshi hujumda himoya chizig'ini kesib, ajoyib pas berdi, ammo golga omad etishmadi. Del Pero ham shunday pas bilan o'zini ko'rsatdi, biroq yana muvaffaqiyatsizlik.


O'sha “Yuve“ ushbu tempda davom etishi mumkin edi, lekin omad “Real“ga kulib boqdi. Birinchi bo'lim o'rtasida Roberto Karlos Del Pero bilan to'qnashib ketdi, keyin Yerro Alessandroga orqadan zarba berib, o'sha paytdagi dunyoning eng yaxshi futbolchisini jarohatladi.


Del Pero CHempionlar ligasining 9ta uchrashuvida 10ta gol urib, gol+pas tizimi bo'yicha Evropaning eng yaxshi to'purari bo'lgan va “Yuventus“ning eng tezkor va xavfli hujumchisi hisoblangan. Turinliklar himoyalana boshlashdi. “Real“ birinchi bo'limning ikkinchi qismida o'zini ko'rsata boshladi va hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi, ammo Raul Miyatovichning aniq pasini 6 metrdan golga aylantira olmadi.


Hammasi ikkinchi bo'limda hal bo'ldi. Inzagi 6 metrdan gol ura olmadi, Del Peroni darvozabon bilan birga-bir chiqarishmadi — hakam yo'q ofsayd uchun bayroqchasini ko'tardi, keyin CHempionlar ligasi finallari tarixidagi eng bahsli vaziyat sodir bo'ldi. 67-daqiqada Miyatovich Roberto Karlos zarbasidan so'ng to'pga egalik qildi va Peruccini aldab, bo'sh darvozaga gol urdi. U kadrdagi himoyachilardan darvozaga yaqinroq edi. Zarba vaqtida u ofsayddamidi yoki yo'q, hozirgacha nomalum.




“Biz hech qachon buncha odam bir joyga yig'ilib, yig'laganini va xursandchilik qilganini ko'rmaganmiz. Bu g'alaba “Real“ mentalitetini o'zgartirdi“ — degandi Sans.


“Real“ prezidenti “Qirollik klubi“ga ishongan Evropadagi yagona odam edi. “Ikki kun oldin qirolga kubokni saroyga olib kelishni vada bergandim“. Ikki yil o'tib u ikkinchi marta CHempionlar ligasida zafar quchdi.


2005 yilda Sans “Parma“ni xarid qilishga yaqin keldi, ammo g'alati voqea tufayli pullaridan ayrildi va “Malaga“ni sotib oldi


Ikki yildan so'ng Sans ikkinchi CHempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritdi va bir necha oydan so'ng prezidentlik saylovlarida Peresga mag'lub bo'ldi. Ikki yirik chempionlik Sansning obro'sini juda ko'tarib yuborgani tufayli hech kim Peresni jiddiy qabul qilmadi. Muxlislar ushbu muvaffaqiyatlar takrorlanmaydi deb o'ylashdi. Ammo Florentinoga hech kim ishonmayotgan bir paytda, klubning yangi prezidenti Figuni olib kelishni vada berdi. 2000 yilda Figu dunyoning eng yaxshi futbolchisi va Kataloniyaning faxri bo'lgan. Uni xuddi Messidek yaxshi ko'rishgan. Saylovchilar sovrinlar haqida unutishdi, ularni faqat bitta narsa — “Real“ Kataloniya klubi sardorini sotib olganidan so'ng “Barselona“ga nima bo'lishi qiziqtirardi.


2004 yilda sut mahsulotlari giganti Parmalat inqirozga uchradi va ikki yil o'tib “Parma“ni sotishga majbur bo'ldi. Futbolni sog'ingan Sans ushbu klub uchun asosiy davogar edi.


Hali obro'si tushib ketmagan millioner A Seriya klubi bilan ajoyib qaytish amalga oshirishi mumkin edi. Ammo kutilmaganda italyancha komediya sodir bo'ldi. 2005 yilning avgustida “Parma“ bosslari Sans bilan muzokaralar o'tayotgani haqida elon qilishdi. Klub muxlislari bundan quvonib, jamoani ajoyib kelajak kutayotganiga ishona boshlashdi. Keyin g'alati voqealar sodir bo'ldi.


Sans 26,5 mln. evro evaziga “Parma“ni sotib oldi va yana bir millionni kelishuv kafolati sifatida avvalgi rahbarlar hisobiga o'tkazib berishga kelishdi. 20 sentyabr kuni Lorenso dastlabki to'lovni (7,5 mln. evro) amalga oshirishi kerak edi. Ushbu sanadan bir hafta avval biznesmen pullar o'tganini elon qildi. Bir kundan keyin “Parma“ bosslari ularning hisobiga pul tushmaganini aytishdi.

Lorenso Sans va uning o'g'li "Parma" uchrashuvida


Bir necha kun o'tdi. Sans pullar transferini tasdiqlovchi faks ko'chirmasini taqdim etdi. “Parma“ egalari esa hisobga bir evro ham kelib tushmagani haqida hujjat ko'rsatishdi. Keyin jurnalistlar ishga kirishdi va ular Sansning o'tkazmasida uning imzosi yo'qligini aniqlashdi.


Oradan bir necha kun o'tib Sans pullarni o'tkazmagani malum bo'ldi. To'lov kechiktirildi. Bir oydan so'ng Sans dastlabki to'lovni amalga oshirdi, biroq keyingi muddatlarda pul o'tkazmadi. 2006 yilning yanvarida “Parma“ muzokaralarni to'xtatib, 7,5 mln. evroni o'zida olib qoldi.


Sans o'sha yili “Malaga“ni xarid qildi, ammo klub ishida umuman qatnashmadi: Hammasini uning o'g'li Fernando boshqardi. Lorensoning o'g'li ushbu klubda 7 yil ichida 220ta uchrashuv o'tkazib, jamoa afsonasiga aylangan va otasi yordamida klub prezidentiga aylanadi. Ikki yildan keyin “Malaga“da moliyaviy muammolar boshlandi va Sans uni qatarlik shayxlarga pullab yubordi.


Joriy yilning 21 mart kuni 76 yoshli Lorenso Sans koronavirusdan vafot etdi. U sakkiz kun davomida kasalxonaga borishni istamadi va virusni paracetamol bilan engishga harakat qildi. “Kasalxonalar to'la edi, otam palatada biror kishining o'rnini egallashni istamadi“ — deydi “Real“ sobiq himoyachisi Fernando Sans.


“Real“ Sans tufayli tarix kitoblarida o'z o'rniga qaytdi. U biz uchun ettinchi va sakkizinchi CHempionlar Kubogini yutib berdi. Biz hayoti va oilasini (Sansning katta o'g'li “Real“ basketbol jamoasida o'ynagan, kichkinasi esa futbol jamoasida, uning qizi Michel Salgadoga turmushga chiqqan) sevimli klubiga baxshida qilgan buyuk madridlikdan ayrildik, ammo uning “Real“ga bo'lgan mehri doimo tirik bo'ladi. Biz hech qachon uning merosini unutmaymiz“ — degandi Florentino Peres.

Peres 20 yil avval Sans o'rnini egalladi. Florentino klub qarzlarini yopdi, dunyo superyulduzlarini yig'di va besh marta CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi. “Real“ yana dunyoning eng mashhur jamoasi. 2006 yilda Sans yana “Qirollik klubi“ prezidentligi uchun kurashdi, ammo u saylovlarda bor-yo'g'i 8% ovoz to'play oldi.


Uning vafotidan keyingina sevimli klubi obro'sini tiklash uchun o'z pullaridan voz kechgan Lorenso Sansni eslay boshlashdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика