"Real" chempionat yoki Chempionlar Ligasini yutsa, Anchelottini iste'foga chiqarmaydi

Alisher
21 mar 2022, 17:38
"Real" rahbariyati "Barselona" (0:4)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng murabbiy Karlo Anchelottini iste'foga chiqarmoqchi emas.

Klub bosslari o'tgan klasikoda italiyalikning bir necha qarorlarini yaxshi tushunishmadi, ammo hozirgi holatda zudlik bilan u bilan shartnomani bekor qilishmoqchi emas.

Mag'lubiyat "Real"ning mavsumlar oralig'idagi selekciya rejalariga ta’sir etishi mumkin. Katta ehtimol bilan, klub Kilian Mbappening transferi bilan cheklanmaydi.

Anchelottining shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U borasidagi qaror joriy mavsum so'nggida qabul qilindai. Agar "Real" Ispaniya chempionati yoki Chempionlar Ligasini yutsa, murabbiy jamoa bilan ishlashda davom etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca