Rasman: Roberto Martines Belgiya terma jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi
20 may 2020 14:35
Yangiliklar
Rasman: Roberto Martines Belgiya terma jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi
Belgiya terma jamoasi matbuot xizmati Roberto Martinesning milliy terma jamoa bosh murabbiyligida qolishini elon qildi.
Terma jamoaning mutaxassis bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Martines qo'l ostidagi Belgiya terma jamoasi Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Jamoa Evro-2020 saralashida esa birorta ochko yo'qotmadi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis bungacha "Everton", "Uigan" va "Suonsi Siti" klublarini boshqargan.
Fikrlar