Rasman: “Lokomotiv” Aleksey Miranchuk faoliyatini “Atalanta”da davom ettirishini tasdiqladi
30 avg 2020 20:40
Yangiliklar
Rasman: “Lokomotiv” Aleksey Miranchuk faoliyatini “Atalanta”da davom ettirishini tasdiqladi
“Loko” va “Atalanta” Miranchukning Italiya klubiga o'tishi borasida so'nggi kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “temiryo'lchilar" matbuot xizmati.
24 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgach, bitim kuchga kiradi.
Aleksey “Lokomotiv” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 9 mavsum davomida klub safida 228 uchrashuvda maydonga tushib, 43+45 natija ko'rsatishga erishdi. Xavbek Rossiya chempioni mamlakat Kubogi ham Superkubogi sohibi hisoblanadi.
“Biz Lyoshaga (qisqacha) muvaffaqiyatli faoliyat, yangi g'alabalar va Italiya chempionatida yorqin o'yinlarni tilaymiz”, deya yozilgan klub xabarida.
Fikrlar