Ralf Rangnik: "Balki "Manchester Yunayted"dan ketishni istayotgan futbolchilar bordir"
08 jan 2022 00:49
Yangiliklar
Ralf Rangnik: "Balki "Manchester Yunayted"dan ketishni istayotgan futbolchilar bordir"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoadagi ayrim futbolchilar holatning yomonligidan norozi bo'layotganini yashirmadi.
"Tarkibimiz juda katta.
Maydonga 10 nafar futbolchi tushishini va zaxiradan faqatgina 3 nafar futbolchini tushira olgan paytingizda, tabiiyki, boshqalar ham o'yin amaliyotini istaydi.
Yozda ayrim futbolchilarning shartnomasi yakunlanadi. Balki 1 yoki 2 futbolchi shartnomasiga qaramasdan jamoadan ketishni istayotgandir.
Bu erda barchasini professional tarzda hal qilish kerak. Men qancha gapirsam ham ular o'z bilganidan qolmaydi. SHu sababli men barcha gapni ular bilan gaplashaman", - dedi Rangnik.
Fikrlar