So’nggi yangiliklar

12:13"Андижон" ярим ҳимоячиси: “Тарих яратишимиз кераклигини билиб тургандик”  3 12:0040 млн. еврога сотиб олинган футболчи яна ижарага бериб юборилди  0 11:43МЮ тарбияланувчиси "қизил иблислар"нинг ҳимоядаги ўйинини танқид қилди  0 11:02Европанинг бошқа жамоасига ўтолмаган Осимхен "Наполи"га ультиматум қўйди  1 10:35Бир қатор ТОП клублар қизиққан ёш футболчи фаолиятини МЮда давом эттиради  2 10:07"Андижонликлар келди, андижонликлар финалда"! "Андижон" - "Сурхон" учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  8 09:48"Арсенал" "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома тузди  1 09:17"Ал Иттиҳод" 1 йил аввал сотиб олган футболчисини деярли 4 баравар арзонроқ сотди  0 08:50"Рома" ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома тузди  0 08:22Жейдон Санчо трансфер ойнасининг сўнгги дақиқаларида АПЛнинг бошқа жамоасига ўтди  8 08:20Туркия чемпионати. "Фенербахче" ўз уйида ғалаба қозонди, Тадич иккинчи голини дарвозабоннинг устидан ташлаб қўйди  1 07:54Расман. Англия терма жамоаси ҳужумчиси фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:45А Серия. "Интер" - "Аталанта", Тюрамнинг дубли ва Барелланинг ажойиб голи "Интер"га йирик ғалаба тақдим этди  0 07:29"Арсенал" трансфер ойнасининг сўнгги кунида ажойиб ҳаридни амалга оширди  3 01:45А Серия. "Интер" "Аталанта"ни "аямай савалади"  6

Ralf Loren sport olamida: olimpiyachilarni kiyintiradi va sport mashinalariga qiziqadi. Hatto Bekxem ham undan ilhomlanadi Yangiliklar

Ralf Loren sport olamida: olimpiyachilarni kiyintiradi va sport mashinalariga qiziqadi. Hatto Bekxem ham undan ilhomlanadi

Brendning ramzi - polo o'yinchisi.

Ralf Loren — amerikancha uslub timsoli va amerikanlarning orzusi. Uning brendi tarixi galstuklar kollekciyasidan boshlangan. Yarim asrdan ko'proq vaqt ichida kompaniya ulkan imperiyaga aylanishga ulgurdi, unda sport muhim ahamiyatga ega bo'lib qoldi. Loren ingliz aristokratlari sharafiga komaniyaga "Polo" nomini berdi. Ralf bu yo'l bilan nafaqat kiyim sotish, balki bu tovarni insonlarning hayot tarziga aylantirishni maqsad qilgan edi. Lorenning quyidagi iqtibosi ham bejizga aytilmagan: "Men kiyim yaratmayman — men orzularni yarataman".

Qaysidir pallada "Polo Ralph Lauren" brendi yaxta-klublari, golf maydonlari va chang'i kurortlaridan tashqariga chiqdi. 80-yillar oxirlarida Bruklinda "Lo Life" submadaniyati paydo bo'ldi — xip-xop uslubidagi yigitlar boshdan-oyoq "Polo"ning o'g'rilangan kiyimlarini kiyib yurishdi. Endi bu o'tmishda qoldi, ammo reperlar (ayniqsa Kane) bu brend kiyimlarini hali ham yaxshi ko'radilar.


Ralfning ota-onasi rus tilida so'zlashardi. U basketbolchi bo'lishni orzu qilgan. 16 yoshida esa masxara qilishgani tufayli familiyasini o'zgartirgan

"Pianinachi haqidagi afsona" filmidagi ilk sahna yodingizdami? Nyu-Yorkga katta kema suzib keladi, Ozodlik haykalini ilk bor ko'rgan olomon esa xursand bo'lib ketadi va qo'l siltay boshlaydi. 1920 yil 14 iyul kuni Pinskda (Belarus) yashaydigan bir oila azolarida ham xuddi shunday hissiyot yuzaga keldi. "Laplandiya" bortida 50 yoshli SHlomo Lifshic ikki farzandi — 20 yoshga to'lgan Mariya va 16 bahorni qarshilagan Frank (Ralfning otasi) bilan turardi.

Frank Nyu-Yorkda bo'yoqchi bo'lib ishlardi va 1921 yil sobiq Rossiya imperiyasiga kiruvchi Belarusning Grodno shahridan AQSHga kelgan migrant qiz — Frida Kotlyarga uylanadi. Frank va Frida to'rtta farzandi bilan kambag'allar kvartali bo'lmish Bronksda yashaydilar va turli qiyinchiliklarni boshdan o'tkazadilar. Ralf Lifshic (Loren) — ularning kenja farzandi. "Kichkinaligimda ota-onam uyda rus tilida so'zlashardi. Bunga sabab biz, bolalar, ularning nima haqida gaplashayotganini tushunmasligimiz uchun edi", — yodga oladi Loren.

Ular uyda asosan idish tilida (nemis lahjasi) gaplashishgan. Ralfning ulkan rejalari bor edi: u basketbolchi yoki akter bo'lishni istagan, maktab albomiga kelajakda millioner bo'lishni istayotganini yozgan ekan. U birinchi maoshiga klassik ingliz kostyum-shimidan olgan.

Ralf Lifshic 16 yoshida familiyasini o'zgartirishga qaror qilgan — Loren. 2011 yil Opre Uinfriga bergan intervyusida bolaligida uning familiyasi ustidan kulib, uni masxara qilishgani haqida so'zlab bergandi. "Kichkinaligimda bolalar ustimdan kulishardi, shuning uchun familiyamni o'zgartirishga qaror qilgan edim", — deydi Ralf. — Biroq odamlar "Familiyangni o'zgartirding, sababi yahudiy bo'lishni istamasligingdami?". Yo'q, gap bunda emas. Kaliforniyada yashaydigan amakivachchalarim familiyasini Lourens deb o'zgartirishgan. SHunchaki, men ham yaxshiroq familiya tanlashga qaror qildim". 


Loren ilk maoshini galstuk sotish orqali topgan. Kompaniyasiga esa "Polo" nomini bergan

Ralf tadbirkorlik sohasini puxta o'rganish uchun kollejga kiradi, lekin 2 yildan so'ng o'qishni tashlaydi va 1962-1964 yillarda armiyada xizmat qiladi. 60-yillar o'rtalarida galstuk tikuvchi "Rivetz&Co" kompaniyasiga sotuvchi bo'lib ishga joylashadi. O'sha vaqtlar hamma ingichka galstuk taqardi, ammo Loren 1966 yil xo'jayinining oldiga kirib, biroz kengroq galstuk ishlab chiqarishni taklif qiladi. Afsuski, uning taklifi rad etildi. "Menga shunday deyishdi: "Yo'q, dunyo Ralf Loren tanloviga tayyor emas". Bu so'zlarni hech qachon unutmayman, chunki buni iltifot deb qabul qilgandim", — deydi qahramonimiz.

O'shanda 28 yoshli Ralf shaxsiy galstuk kompaniyasiga asos soladi va dastlab Nyu-Yorkdagi do'konlarga oz-ozdan tovar sota boshlaydi. "Neiman Marcus" savdo majmuasi unga birdaniga 1200ta galstuk buyurtma berganida uning ishlari yurishib ketdi. Xuddi o'sha 1967 yilda Norman Xilton ham kiyim ishlab chiqarishni yosh dizaynerga ishonib topshirdi. U Lorenga kreditga 50 ming dollar berdi. Ralf bu pullar evaziga "Polo" markasi ostida ishlab chiqariladigan galstuklar magazinini ochdi.

Qashshoq yahudiylar oilasidan chiqqan yigit "Polo"ni yaxshi tushunmasligi aniq edi. U shunchaki hashamatli hayotda yashashni orzu qilardi. SHuning uchun ham, kompaniyani elita sport turi nomi bilan atagan. Opre bilan bo'lgan intervyuda Loren hazillashgan: "Kompaniyaga "Basketbol" deb nom berolmasdim-ku". 


Ot mingan polo o'yinchisi va yumshoq ayiqcha — "Polo"ning ramzi. Ikkisi ham sport bilan uzviy bog'liq

1972 yil modeler ilk bor turli rangdagi polo ko'ylaklar yaratdi. Ular bugungi kunda ham urfda. Loren palitraga 24ta rangni kiritdi va har kunlik kiyimlar ishlab chiqara boshladi.

Uning mashhur logotipi — ot mingan o'yinchidir. U kollekciyada ilk bor 1971 yil paydo bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan taqlidchilar ham paydo bo'la boshladi. Loren 1984 yildan buyon Amerika polo associaciyasi brendi bilan (USPA, ko'pchilikka U.S. Polo Assn nom bilan mashhur) sudlashadi. Sababi Ralfga "Polo" nomi bilan faoliyat yuritayotganlar va ularnikiga o'xshash logotip yaratayotganlar yoqmaydi, lekin "USPA" bunga javoban "Polo Ralph Lauren" sport turlarini monopollashtiryapti deb aytgan.

Polo o'yinchisi bu brendning maqsadini ajoyib tarzda etkazib beradi — aristokratiya, muvaffaqiyat, boylik. Biroq 80-yillar oxirlari 90-yillar boshlarida Loren oldiga yanada muhim va aniq vazifa qo'ydi. Elita maktablari va obro'li firmalardan tashqariga chiqish uchun yanada jalb qiluvchi universal ramz kerak edi. Yorqin va qiziqarli. Ha, ularning yangi logotipi yumshoq ayiqcha bo'ldi.

1991 yilda "Ralph Lauren" dizaynerlar guruhi, gap-so'zlarga qaraganda "Polo" kiyimini kiygan "Steiff" firmasining yumshoq ayig'ini xo'jayinga sovg'a qilishibdi. Dizaynerga ayiq shunchalik yoqqanidan u 200tadan iborat kollekciyani ommaga taqdim etadi va bu to'plam bir necha soat ichida sotilib ketadi. Loren keyinroq kiyimlarga ayiq rasmini bosib chiqaradi — shu tariqa birinchi "Polo Bear" sviteri paydo bo'ladi.

Ayiq shunchalik ommalashib ketdiki, u sport uslubidagi kiyimlarning ajralmas bir qismiga aylandi.

2001 yilda "Steiff" bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi muddati tugadi va kiyimlarni ayiq surati bilan ishlab chiqarish to'xtatildi. Kane Uest esa barchasini o'zgartirib yubordi. Uest 2004 yil College Dropout nomli debyut albomi taqdimotida ayiq printi bo'lgan sviter kiyib bordi.

Kane bu ishni bir necha marotaba qildi, uning izidan Dreyk va boshqa mashhur reperlar ergashdi. "Bu narsa biz uchun yaratilmagan, ammo bu madaniyatning bir turiga aylanib ulgurgan", — deydi prodyuser Just Blaze 2012 yilda.

2013 yil vintaj to'plamning bir qismi sifatida "Polo Bear" sviteri yana qaytdi, 2018 yil esa mashhur "Palace" skeytbord brendi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ayiq qoyilmaqom tarzda kikflip (skeytborddagi mashhur tryuk) qilayotganiga o'zingiz baho bering.

"Polo Ralph Lauren — rasmiy uchrashuvlarga ham, turli marosimlarga ham va hattoki, futbolga ham kiyib borish mumkin bo'lgan kiyimlar ishlab chiqaradigan yagona brend. Hammasi bir kunda", — deydi "Palace" asoschisi Garet Skyuiz.

Ha aytgancha, futbol haqida. 80-yillarda ingliz muxlislari ommaviy tarzda chet eldan turli kiyim-kechaklar olib kela boshlashdi, ular orasida ko'pchilikning sevimli brendiga aylangan "Ralph Lauren" ham bor edi. Britaniyaliklar asosan italyan va francuz brendlarini tanlashgan (bazida magazinlardan o'g'rilab ham ketishgan), lekin "Ralph Lauren" Amerika brendlari orasidagi noyob tanlovlardan biri bo'la oldi.


Olimpiada-1992dan avval Loren "Polo Sport"ni ishga tushurdi

Sport kiyimlari — Loren olamining ajralmas bo'lagi, lekin faqatgina 1992 yilda sportchilar va fitnes muxlislari uchun to'plam yaratildi — "Polo Sport". O'sha vaqt uchun bu jiddiy qadam edi. Kompaniya ilk bor moda va sport o'rtasidagi aloqani yo'lga qo'ydi. "Polo Sport" dastlabki ikki yil ichida 2ta to'plamni omma etiboriga havola qildi. Odamlar "Polo Sport" kollekciyalarini haligacha urfda deb hisoblashiga sabab bu aerobika bilan emas, balki xip-xop bilan bog'liqligidadir. 1993 yili Raekwon, (Wu-Tang Clan guruhi azosi) klipda "Snow Beach" yozuvi bo'lgan kurtka kiyib chiqqan. U suratga olish kuni klip uchun kiyim sotib olayotganida, "Polo Sport" kollekciyasiga ko'zi tushadi.

"Men doim "Polo" muxlisi bo'lganman, — deydi Raekwon 2015 yilda. — SHuning uchun, o'sha kiyimni sotib oldim va suratga olish jarayonida kiydim. Qolgani esa o'zingizga malum — kurtka juda mashhur bo'lib ketdi".




"Polo" va xip-xop o'rtasidagi bog'liqlik 80-yillar oxirida yaraldi. Ajablanarlisi shundaki, barchasi Bruklindagi 2ta do'kon o'g'rilari guruhi tufayli vujudga kelgan. The United Shoplifters Association (Do'kon o'g'rilari birlashgan associaciyasi) va ayniqsa, Ralphie’s Kids (Ralf bolalari) — bular Nyu-Yorkning kambag'al rayonlarida yashaydigan xip-xop uslubidagi yigitlar bo'lgan, ular boshdan-oyoq "Raph Lauren"dan o'g'rilangan kiyimlarni kiyib yurishgan.

"Polo qaysidir jihati bilan eksklyuziv edi, uni "getto"dagilar qo'lga kiritishi deyarli imkonsiz edi. Buning uchun "Sacks" yoki "Bloomingdale’s"ga borish talab qilinardi. Biz qo'lga ilingan barcha narsani olib ketardik, biroq "Polo" umumiy fonda yaqqol ajralib turardi. U o'zingizni boyroq his qilishingizga imkon berardi", — deydi "Terstin Xoul III" harakati asoschilaridan biri.

1988 yilda ikki guruh birlashdi — shu yo'l bilan afsonaviy "Lo Life" guruhi tashkil topdi. "Lo" — "Polo"ning qisqartirilgani. Ko'plab ishtirokchilar keyinroq brend qay jihati bilan o'ziga jalb qilganini aytishdi — bunday obraz hashamatli hayotni ko'rsatib berarkan. SHu sababli ular hech bo'lmasa kiyim-kechak yordamida o'zlarini shunday hayotda yashayotgandek his qilisharmish. Yigitlar barchasini birdaniga kiyishgan: ayiq surati bo'lgan sviter, "Polo Sport" oversayz-kurtkalari, katta logotiplar aks etgan tolstovkalar. 

Qashshoqlar kvartallarida "Ralph Lauren" qimmatbaho kiyimlari uchun hayotingizdan ayrilib qolishingiz mumkin edi. "Biz chang'i kurtkalarini "o'z joniga qasd qilish" deb nomladik, chunki agar siz ko'chada shu kiyimni kiyib yursangiz, bu xuddi o'zini o'ldirayotganga o'xshardi. Buning uchun sizni o'ldirib ketishlari ham mumkin edi", — deydi 2012 yil prodyuser Just Blaze "Polo Ski ‘92" modeli haqida.

"Lo Life" submadaniyati xip-xopga qatta tasir ko'rsatdi, reperlar ham unga taqlid qilishdi, biroq Ralf Loren o'z brendining bu muhitdagi mashhurligiga etibor bermasdi. U ham, kompaniya ham uzoq vaqtgacha "ko'cha hayoti"ga izoh berishmadi. Faqatgina so'nggi yillar ichida ular ko'cha turmush tarzida "Polo"ni mashhur qilganlar bilan ehtiyotkorlik bilan aloqa o'rnata boshladilar. Kompaniya "Polo Bear"ni qaytarish bilan bir qatorda, "Polo Sport" — "Stadium" va "Snow Beach"ni ham yana ishlab chiqara boshladi.

Loren 1998 yil boshqa sport subbrendini yaratdi — "RLX". U ochiq havoda sport bilan shug'ullanuvchilar uchun maxsus ishlab chiqarildi — tennis, golf, snoubord, chang'ida uchish, toqqa tirmashib chiqish, elkanli sport va piyoda yurish. Ammo "Polo Sport"ni ham unutib qo'yishgani yo'q. O'tgan yili 2ta to'plam ishlab chiqarildi: "Polo Sport Denim" va "Polo Sport Silver", ularning miqdori cheklangan edi.


Loren Olimpiada bo'yicha Amerika termasini etti yildan buyon kiyim bilan taminlaydi. Bekxem esa muhim uchrashuvlar uchun shu brendga murojaat qiladi

2000 yilldan keyin Ralf Loren kompaniyasi sport olamiga yanada chuqur kirib bordi. 2005 yilda uning brendi US Open, bir yildan keyin Uimbldonning rasmiy taminotchisiga aylandi. 

Loren asosan hakamlar va bolboylarni kiyim bilan taminlardi. Ha, yaxshiroq nomzodlarni topish qiyin bo'lsa kerak. Karl Lagerfeldning aytishicha, Loren — dunyoga Amerikani va amerikancha uslubni qoyilmaqom tarzda namoyon qilayotgan dizayner ekan. SHuningdek, u Angliyadan ham juda ilhomlangan va hattoki, kompaniyasini ingliz aristokratlarining sevimli sporti nomi bilan atagan. 

Loren 2008 yildan buyon AQSH  Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik qiladi va olimpiya termasi uchun maxsus kiyimlar etkazib beradi.

Mashhurlar Loren kiyimlarini kiyishni juda ham yaxshi ko'radilar. Etiborli tomoni shundaki, ushbu brend reperlar va qirollik oila azolarini birlashtiradi (malika Diana, Keyt Middlton, Megan Markl), sportchilar va Amerika prezidentlarining ayollari (Betti Ford, Nensi Reygan, Xillari Klinton, Mishel Obama, Melaniya Tramp).

Bekxem ham amerikalik dizaynerning ashaddiy muxlislaridan biri. Beks deyarli har yili Uimbldonga boradi va albatta, har safar Loren kompaniyasi ishlab chiqargan biror bir kiyimni kiyadi. 

2017 yilda to'q-ko'k kostyum.

O'tgan yili — ko'ylak.

SHahzoda Uilyam va Keyt Middltonning qirollik to'yida Bekxem Loren tomonidan ishlab chiqarilgan smoking kiygan.

Yaqinda Beksning hayotida quvonchli voqea sodir bo'ldi. U buni etti yil kutdi. Uning "Inter Mayami" jamoasi MLSda debyut qildi. Ana shunday muhim kunda Devid o'z obrazini Lorenga ishonib topshirdi. Dizayner klubning beshta xo'jayinlari uchun "Purple Label" premium to'plamining maxsus kiyimlarini buyurtma asosida tikib berdi.

Devid klassik uslubni tanladi: qora kostyumiga "Inter" logotipi tushurildi. Ipakdan bo'lgan galstukga esa "M" harfi bilan o'zgacha jilo berildi.

"Ralf Loren — doimo meni lol qoldira olgan inson. Ushbu brenddan ko'p bora kiyimlar olib kiyaman", — deydi Bekxem. — Men so'nggi etti yil ichida maydonda turib, "Inter Mayami" egasi qanday bo'lishini his qila oldim. Bunday muhim kunda Ralf meni qo'llab-quvvatlaganidan minnatdorman".


Lorenning yana bir qiziqishi — noyob avtomobillar to'plami. Ular orasida sport mashinalari juda ko'p

Amerikalik modeler nafaqat modalar kollekciyalari bilan mashhur, balki uning "garajida" o'nlab qimmatli va noyob avtomobillar joylashgan. Forbes malumotlariga ko'ra, uning kollekciyasi 300 million dollardan ziyodroqqa narxlangan.

2011 yil Loren avtomobillari Luvrda, 2017 yil — Nyu-Yorkdagi modalar haftaligida namoyish qilingan. Bu qiziqishning boshlanishi o'tgan asrning 70 yillariga borib taqaladi. SHu sababli, u ko'p namunalarni nisbatan arzon narxda qo'lga kiritgan. Misol uchun, 1962  yil chiqarilgan Ferrari 250 GTO 80-yillarda 300 000 dollarga sotib oladi. 2018 yil bu modelni 70 millionga sotib olishgandi.

Ferrari — Loren kollekciyasidagi eng ko'p uchraydigan marka. Misol uchun, 1954 yilgi Ferrari 375 Plus. Ushbu mashina mashhur poygalar — "Le-Mandagi 24 soat" va "Buenos-Ayresda 1000 km"da zafar quchgan. Bu kabi avtomobillar bor yo'g'i 5ta chiqarilgan. Loren uni 1990 yilda xarid qilgan edi, 2014 yilda esa qayta ishlab chiqarilgan nusxasi aukcionda 18,3 million dollarga sotildi.

1937 yilgi Bugatti Type 57SC Atlantic Coupe — o'ta noyob avto va Loren kollekciyasidagi eng qadrli mashinalardan hisoblanadi. Hozir dunyo bo'ylab bunday avtomobillardan asl variantda bor yo'g'i ikkita nusxasi qolgan (o'zi 3ta shunday mashina chiqarilgan, mashinani yaratilishida Jan Bugatti — Bugatti markasi asoschisining o'g'li bevosita ishtirok etgan).

2010 yilda ikkinchisini 40 million dollarga xarid qilishgan. Loren o'zining bunday mashinasini 1988 yil sotib olgan va aytishiga qaraganda, 100 mln berishsa ham uni sotmas ekan.

1930 yildagi Mercedes-Benz SSK "Graf Trossi" — Loren uni 1988 yili sotib olgan.

1955 yildagi Jaguar D-Type — maxsus "Le-Mandagi 24 soat" uchun chiqarilgan. 

1957 yildagi Jaguar XKSS — poyga avtomobilining oddiy turmush uchun varianti Jaguar D-Type.

"Ferrari" qani deyapsizmi? Mana sizga 1958 yilda ishlab chiqarilgan 250 Testarossa Spyder. Loren kollekciyasida shuningdek 1961 yilgi model ham bor.

Biroq dizayner nafaqat retro-avtomobillar bilan qiziqadi, balki uning to'plamida zamonaviy giperkarlar ham kam emas. Misol uchun, Porsche 918 Spyder.

LaFerrari.

Lamborghini Reventon (bunday avtomobillardan faqat 20ta chiqarilgan).

McLaren P1.

Loren kollekciyasida P1 davomchisi — McLaren F1 uchun ham joy topilgan. Bu avtomobil deyarli 30 yildan buyon mavjud bo'lsa-da, dizayn hamon ko'pchilikni lol qoldirib kelmoqda.

McLaren F1 o'zi 106ta chiqarilgan bo'lib, McLaren F1 LM modifikaciyasi esa 6ta namunasi mavjud. Ularni markaning "1995 yil Le-Mandagi 24 soat"da muvaffaqiyat sharafiga chiqarilgan — o'shanda McLaren F1 GTR modeli birinchi, uchinchi, to'rtinchi, beshinchi va 13-o'rinni egallagandi. Loren albatta bunday modifikaciyani qo'ldan chiqarmadi.

"Gap pulda emas, — degan edi dizayner 2017 yil o'z kollekciyasining taxminiy narxini aytishni so'rashganida. — Avtomobillar, kiyim va men yaratgan barcha narsa qiziqish hamda hissiyotlar tufaylidir. Men o'z biznesimni ham shu usulda qurganman".

Hozir Ralf Loren 80 yoshda u hamon "Ralph Lauren Corp" raisi va asosiy kreativ shaxs. 2015 yil u bosh direktorlik lavozimini Stefan Larssonga bo'shatib beradi, lekin 18 oy o'tib, Loren bilan kelisha olmagan Stefan kompaniyadan ketadi. 2017 yil korporaciya boshqaruvini Patris Luve qo'lga oladi, u moda olamiga begona edi va "Procter&Gamble"dan kelgandi. Uning asosiy vazifasi xaridorlar guruhini yoshartirishda edi. Sababi korporaciya xaridorlari o'rtacha yoshi muntazam ravishda qarib borayotgandi. 

Moda olamidagi skeyt-brendi bo'lmish "Palace" bilan hamkorlik ham katta foyda keltirdi. Luvening aytishicha, xaridorlarning 75%i brendning yangi mijozlari emish. Xaridorlar "Ralph Lauren"ning doimiy mijozlaridan o'rtacha 10 yosh kichik edi. So'nggi yillarda kompaniyaning Osiyo segmenti keskin o'sishga erishdi — 2016 yil 892 million dollar bo'lgan bo'lsa, 2019 yilga kelib, bu ko'rsatkich 1 mlrd atrofidagi summani tashkil qildi. Taxminlarga ko'ra, "Ralph Lauren" daromadi bu yil 1,5 procentga — yani 6,4 mlrd dollarga o'sishi kutilmoqda.

Dizaynerning bugungi kundagi boyligi 6.2 milliard dollarga baholangan va u Forbes ro'yxatining 100-pog'onasini egallab turibdi.

Migrantlar oilasida katta bo'lgan, maktabda millioner bo'lishni orzu qilgan va faoliyatini galstuk tikishdan boshlagan yigit uchun bu natija yomonmas-a? Ralf Loren shunday deydi: "Ilojsiz narsaning o'zi yo'q va men bunga yorqin misolman".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика