"Qayrat"ning 18 yoshli posboni Kasilyasni ortda qoldirdi
19 sen 13:18
Yangiliklar


"Qayrat"ning 18 yoshli posboni Kasilyasni ortda qoldirdi
"Qayrat" futbolchisi "Sporting" – "Qayrat" bahsida (4:1) maydonga tushib, asosiy evrokubok turnirida o'ynagan uchinchi eng yosh posbonga aylandi. Bu yutug'i orqali u "Real" va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Iker Kasilyasni ortda qoldirdi.
Chempionlar Ligasida maydonga tushgan eng yosh darvozabonlar:
Maarten Vandevoordt – 17 yosh 287 kun – "Genk" – 2019 yil 10 sentyabr
Mile Svilar – 18 yosh 52 kun – "Benfika" – 2017 yil 18 oktyabr
Sherxan Kalmurza – 18 yosh 96 kun – "Qayrat" – 2025 yil 18 sentyabr
Iker Kasilyas – 18 yosh 118 kun – "Real" – 1999 yil 15 sentyabr
Nikolay Mixaylov – 18 yosh 125 kun – "Levski" – 2006 yil 31 oktyabr
Jamoaning birinchi va ikkinchi darvozabonlari jarohat olganidan so'ng "Qayrat" darvozasini Kalmurza qo'riqladi. Avvaliga Aleksandr Zaruckiy "Seltik"ka qarshi o'yinda jarohat oldi. Shundan keyin Temirlan Anarbekov KPL doirasidagi "Aktobe" bilan bahsda safdan chiqdi.
Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining navbatdagi turida "Qayrat" "Real"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 30 sentyabr kuni Olmaotadagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar