

OCHL-2 (A guruhi)
"Nasaf" (O'zbekiston) - "Al Vahda" (BAA) 1:2
14.10.2026, 18:45
Qarshi, "Markaziy" stadioni
Bosh hakam: Ahmad Yaqub Ibrohim (Iordaniya)
Qanot hakamlari: Hamza Saadeh (Iordaniya), Ayman Faysal Obeydat (Iordaniya)
Zaxira hakami: Vael Haydar (Livan).
Nazoratchi: Ismoil Safiri (Eron).
Komissar: Oraz Mammetgeldiev (Turkmaniston).
Gollar: 0:1 – 23, Fakundo Kruspzkiy; 0:2 – 39, Fakundo Kruspzkiy (Adam Gnezda Cherin); 1:2 – 47, Sardorbek Bahromov (Adenis Shala)
"Nasaf": 1. Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov (23. Dilshod Murtazaev, 74), 5. G'olib G'aybullaev, 17. Murodbek Rahmatov, 92. Umarbek Eshmurodov, 7. Adenis Shala, 8. Zafarmurod Abdirahmatov (22. Diyorbek Abdunazarov, 74), 14. Sharof Muhitdinov, 15. Oybek Rustamov (6. Sardorbek Bahromov, 46), 70. Abbosjon G'ulomov (77. Paata Gudushauri, 74), 20. Yusuf Otubanjo (10. Bobir Abdiholiqov, 46)
Zaxira: 21. Samandar Muratbaev, 82. Asilbek No'monov, 3. Muhammadali Abdisoliev, 4. Akramjon Komilov, 27. Yashnarbek Berdirahmonov, 32. Quvonchbek Xushvaqtov, 76. Zafar Sadullaev.
"Al Vahda": 23. Fakundo Ezekiel Lirussi, 2. Mansur Soleh Barg'ash Almenhali (32. Gonsalo Moura, 79), 3. Lukas Pimenta, 35. Amen Alloh El Mejed, 6. Muhammad G'orbani, 8. Adam Gnezda Cherin, 12. Abdulla Hamad Almenhali, 25. Jadsom Mimias, 11. Fakundo Kruspzkiy (30. Favur Ogbu, 79), 20. Kristian Benteke, 94. Brahima Diarra (19. Asher Kris Ofega, 68)
Zaxira: 26. Hazaa Ammar, 13. Haza Shehab Alhammadi, 15. Mobin Dehg'an, 66. Gaston Suares, 80. Abdulqodir Alsomhi, 97. Sam Mark Koffi, 7. Kayo Kanedo Korrea, 38. Arnau Algaba, 93. Djeyms Matis Uesli.
Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev(14), Oybek Rustamov (29), Paata Gudushauri (83)
⏱️ 90+4-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! Bosh hakam Ahmad Yaqub Ibrohimning final hushtagi yangradi.
Qarshida kechgan keskin va murosasiz bahsda "Nasaf" o'z maydonida "Al Vahda"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
90+3-daqiqa. Oxirgi daqiqalarda faqatgina mehmonlar ijrosida xavfli zarbalar yo'llandi.
⏱️ 90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam tomonidan ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
⚠️ 87-daqiqa. Yana bir xavfli vaziyat! "Nasaf" futbolchisi Diyorbek Abdunazarov o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, biroq bu safar ham to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
⚠️ 86-daqiqa. Darvoza to'sini! "Nasaf" yarim himoyachisi Paata Gudushauri jarima maydoni tashqarisidan chap oyog'i bilan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi. Qaytgan to'pga mezbonlarning yana bir futbolchisi zarba berdi, ammo uning urinishi noaniq chiqdi.
🟨 83-daqiqa. "Nasaf" yarim himoyachisi Paata Gudushauri maydon markazida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
79-daqiqa. "Al Vahda" safida navbatdagi o'zgarishlar: ikki gol muallifi Fakundo Kruspzkiy hamda Mansur Soleh Barg'ash Almenhali maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Favur Ogbu va Gonsalo Moura bahsga qo'shildi.
⚠️ 79-daqiqa. "Nasaf"dan juda xavfli vaziyat! Adenis Shalaning chap qanotdan etkazib bergan uzatmasiga Bobir Abdiholiqov bosh bilan zarba yo'lladi. Biroq to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.
🧤 78-daqiqa. "Al Vahda"ning standart vaziyatdan uyushtirgan xavfli hujumi darvoza tomon aniq zarba bilan yakunlandi. "Nasaf" posboni Abduvohid Ne'matov yana bir bor mahorat ko'rsatib, to'pni oyog'i bilan qaytarishga erishdi.
74-daqiqa. "Nasaf" tarkibida birdaniga uchta o'zgarish amalga oshirildi: Alibek Davronov, Abbosjon G'ulomov hamda Zafarmurod Abdirahmatov maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Dilshod Murtazaev, Paata Gudushauri va Diyorbek Abdunazarov bahsga qo'shildi.
68-daqiqa. "Al Vahda" tarkibida o'zgarish yuz berdi: maydonni Brahima Diarra tark etdi, uning o'rniga o'yinga Asher Kris Ofega qo'shildi.
61-daqiqa. Bobir Abdiholiqovning uzatmasidan so'ng Murodbek Rahmatov jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyog'i bilan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi raqib himoyachilari tomonidan to'sib qolindi.
56-daqiqa. "Nasaf" yarim himoyachisi Sardorbek Bahromov jarima maydoni tashqarisidan yana bir bor chap oyog'i bilan darvozaga zarba yo'llab ko'rdi, biroq bu safar uning urinishi noaniq chiqdi.
⚽ 47-daqiqa. GOOOOL! "Nasaf" hisobdagi farqni qisqartirmoqda! Adenis Shalaning uzatmasidan so'ng, zaxiradan maydonga tushgan Sardorbek Bahromov jarima maydoni tashqarisidan chap oyog'i bilan kuchli zarba yo'lladi. To'p raqib futbolchisiga tegib, rikoshet holatida darvoza to'ridan joy oldi – 1:2.
⏱️ 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus vaqtida "Nasaf" safida qo'shaloq o'zgarish amalga oshirildi: Yusuf Otubanjo o'rniga Bobir Abdiholiqov, Oybek Rustamov o'rniga esa Sardorbek Bahromov maydonga tushdi.
⏸️ 45+3-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Bosh hakamning hushtagi yangrab, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Dastlabki 45 daqiqalik yakunlariga ko'ra, mehmonlar ikki to'p farqi bilan oldinda bormoqda – "Nasaf" 0:2 "Al Vahda".
⏱️ 45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Uchrashuv bosh hakami tomonidan dastlabki 45 daqiqaga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
⚽ 39-daqiqa. GOL! Mehmonlar hisobdagi farqni oshirmoqda. Adam Gnezda Cherinning uzatmasidan so'ng Fakundo Kruspzkiy jarima maydoni tashqarisidan birinchi goliga juda o'xshash uslubda yana o'sha pastki burchakni aniq nishonga oldi. Uning erlatib yo'llagan zarbasini Abduvohid Ne'matov qaytara olmadi – 0:2.
🧤 38-daqiqa. Darvozabonlar dueli! 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirish uchun to'p qarshisiga "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov keldi. Biroq uning yo'llagan zarbasini "Al Vahda" posboni Fakundo Lirussi qaytarishga muvaffaq bo'lib, muvozanat tiklanishiga yo'l qo'ymadi.
❗ 36-daqiqa. PENALTI! "Nasaf" muvozanatni tiklash uchun qulay imkoniyatga ega bo'lmoqda. Sharof Muhitdinovning maydon markazidan jarima maydoniga uzatgan to'piga Alibek Davronov bosh bilan zarba berdi. To'p "Al Vahda" himoyachisi Amen Alloh El Mejedning qo'liga tekkani sababli, bosh hakam 11 metrlik jarima nuqtasini ko'rsatdi.
34-daqiqa. "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaev jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyog'i bilan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
🟨 29-daqiqa. Maydon markazidagi qoidabuzarlik sababli "Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Rustamov bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
⚠️ 25-daqiqa. "Nasaf" futbolchilaridan xavfli hujum. Zafarmurod Abdirahmatov jarima maydoni markazidan bosh bilan darvozaga zarba yo'lladi, biroq raqib posboni Fakundo Lirussi to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
⚽ 23-daqiqa. GOL! Uchrashuvda hisob ochildi. "Al Vahda" yarim himoyachisi Fakundo Kruspzkiy jarima maydoni tashqarisidan darvozaning olis pastki burchagini aniq nishonga olib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi – 0:1.
21-daqiqa. "Nasaf" futbolchilari raqib jarima maydoni ichida ketma-ket bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq qarshiliklarning ketma-ket yo'llagan zarbalarini "Al Vahda" himoyachilari bartaraf etishdi.
17-daqiqa. "Nasaf"ning navbatdagi hujumi Murodbek Rahmatovning zarbasi bilan yakunlandi, biroq uning tepgan to'pi noaniq ko'rinish oldi.
🟨 14-daqiqa. "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaev maydon markazida raqibga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam vaziyatni e'tiborsiz qoldirmadi va G'aybullaevni sariq kartochka bilan jazoladi.
🧤 9-daqiqa. Darvozamiz oldida juda xavfli vaziyat! "Al Vahda" hujumchisi Kristian Benteke himoyachilardan qochib ketgan holda Abduvohid Ne'matov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ne'matov oyog'i bilan qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
⚠️ 4-daqiqa. "Nasaf" yarim himoyachisi Adenis Shala olis masofadan raqib darvozasiga kuchli zarba yo'lladi. "Al Vahda" darvozaboni Fakundo Lirussi to'pni to'g'ridan-to'g'ri egallab ololmadi, biroq ikkinchi harakat bilan xavfni bartaraf etdi.
⏱️ 1-daqiqa. Bosh hakam Ahmad Yaqub Ibrohimning hushtagi yangrab, uchrashuvga start berildi. "Markaziy" stadionida kechayotgan bahsda mezbon "Nasaf" ananaviy qizil, mehmon "Al Vahda" jamoasi esa qora rangli liboslarda harakat qilmoqda.



