Rakitich "Barselona" bilan xayrlashdi: "Faoliyatimdagi ajoyib sahifani boshqa yo'nalishga burmoqdaman"
02 sen 2020 23:48
Yangiliklar
Rakitich "Barselona" bilan xayrlashdi: "Faoliyatimdagi ajoyib sahifani boshqa yo'nalishga burmoqdaman"
"Barselona"dan "Sevilya" ga qaytgan yarim himoyachi Ivan Rakitich Kataloniya klubi bilan tasirli xayrlashdi.
"Men "Barselona"ga olti yil oldin ko'chib o'tgandim. Bugun men faoliyatimdagi ushbu go'zal sahifani boshqa yo'nalishga buryapman. Ushbu klub formasida o'ynash men uchun sharaf edi.
Men istisnosiz barchaga: oilam, jamoadoshlarim, murabbiylarim, ishchilar, ofis xodimlari va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.
Ko'rishguncha!" – deb yozdi Rakitich twitter'dagi sahifasida.
"Barselona" klubining xabariga ko'ra, 32 yoshli o'yinchi "Sevilya"ga 1,5 million evro evaziga o'tgan, bundan tashqari, 9 million evro bonus sifatida beriladi.
Malumot uchun, xorvat "Barselona" bilan 6 yil ichida 13 ta sovringa ega chiqdi.
Fikrlar