

28 yoshli shvetsiyalik futbolchi 2023 yilning yozidan buyon "Kopengagen" sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga Yevropaning bir qator jamoalari qiziqish bildirayotgandi.
O'tgan mavsumda "Al-Ittifoq" Saudiya Arabistoni chempionatida 7-o'rinni egallagan edi.



