Yevropaning TOP ligalaridan qiziqish bo'lgan vinger Saudiya klubiga o'tishga yaqin

12 iyun 2026, 10:55
"Kopengagen" vingeri Jordan Larsson Saudiyaning "Al-Ittifoq" klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, deb xabar berdi insayder Fabricio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.

28 yoshli shvetsiyalik futbolchi 2023 yilning yozidan buyon "Kopengagen" sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga Yevropaning bir qator jamoalari qiziqish bildirayotgandi.

O'tgan mavsumda "Al-Ittifoq" Saudiya Arabistoni chempionatida 7-o'rinni egallagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano