

Italiyalik murabbiyning so'zlariga ko'ra, guruh bosqichidagi Marokashga qarshi ochilish o'yini braziliyaliklar uchun ahamiyatlidir.
"Jahon chempionatidagi birinchi o'yin juda muhim. Hatto eng muhimi ham deyish mumkin. Albatta, barcha o'yinlar kerakli, lekin men guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlashimizni istardim", – dedi Anchelotti.
Braziliya mundial "C" guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi. Musobaqadagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni 03:00 da start oladi.


