"Barselona" Peresni sudga bermoqchi

11 iyun 2026, 20:33
"Barselona" yaqin kunlarda "Real" prezidenti Florentino Peresga qarshi sud davosi kiritishni rejalashtirmoqda.

Bunga uning klub manziliga aytgan "Negreyra ishi" bilan bog'liq bayonotlari sabab bo'lgan.

Ma'lum qilinishicha, may oyi o'rtalarida Peres hakamlar harakatlari tufayli "Real"dan ettita chempionlik tortib olinganini aytgan edi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda Barselona va uning rahbariyatiga Ispaniya Hakamlar texnik qo'mitasining (CTA) sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to'langan mablag'lar bo'yicha pora berish ayblovlari qo'yilgan. Sud 2001–2018 yillar oralig'ida "Barselona" tomonidan Negreyraga bir necha million evro to'langanini jinoyat sifatida baholagan.

Kataloniya klubi avvalroq "Real" prezidentlik saylovlari tufayli sud ishlariga tayyorgarlikni vaqtincha to'xtatib turgan edi. Klub rahbariyati saylov natijalarini kutishni maqul ko'rgan. Florentino Peres rasman qayta saylangach, bu jarayon yana faollashtirildi.

Shuningdek, "Barselona" avval "Real"ning sobiq murabbiyi Alvaro Arbeloaga nisbatan ham sud davosi qo'zg'atish imkoniyatini ko'rib chiqqan. Chunki u ham Peresga o'xshash bayonotlar bilan chiqqan edi. Biroq Arbeloa lavozimidan ketgach, bu variantdan voz kechilgani aytilmoqda.

"Barselona"da Florentino Peresning so'zlari tuhmat deb baholanmoqda va klub sudda g'alaba qozonish imkoniyati yuqori ekaniga ishonmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo