JCH eshik qoqqanida g'alati hodisa: Messining pasporti internetda tarqaldi

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2026, 11:24
Islandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini paytida ma'lumotlar xavfsizligi buzilishi sodir bo'lga

Rasmiy o'yin hisobotida Argentina terma jamoasi o'yinchilarining, jumladan, jamoa sardori Lionel Messining pasport ma'lumotlari oshkor qilingan.

Jamoalar bazan o'yinchilarning pasport raqamlarini faqat ichki foydalanish uchun ro'yxatga olishadi, ammo bu ma'lumot odatda ommaviy axborot vositalariga e'lon qilinishidan oldin yashiriladi. Argentina-Islandiya o'yinida bunday holat kuzatilmadi.

Natijada Lisandro Martines, Enco Fernandes va boshqa futbolchilarni o'z ichiga olgan Argentinaning barcha asosiy tarkibi va zaxira o'yinchilarining pasport ma'lumotlari ommaga taqdim etildi. Keyinchalik hujjatlar bir nechta mahalliy ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail