

"Burgutlar"ning tajribali legioneri Dragan Cheran klubni tark etishga qaror qildi. Futbolchi saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda nima uchun bunday qarorga kelganini tushuntirib berdi.
"Jamoaga kutilganidek yordam bera olmadim. Buning uchun barcha mas'uliyatni o'z zimmamga olaman va hech kimga xalaqit qilmaslik uchun ketishga qaror qildim",- deydi Dragan Cheran.
Ma'lumot uchun, serbiyalik 39 yoshli to'ptepar joriy mavsum andijonliklar libosida 22 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol, 1 ta assist qayd etdi.



