"Qo'qon-1912" "Paxtakor" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
03 iyu 12:56
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" "Paxtakor" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
Qo'qon klubi "Paxtakor" himoyachisi Muhammadqodir Hamralievni safiga qo'shib olish harakatida.
Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, qo'qonliklar "sherlar" himoyachisi Muhammadqodir Hamralievni tarkibda ko'rmoqchi. Biroq "Paxtakor" 23 yoshli futbolchisini qo'yib yubormoqchi emas.
Avvalroq "Paxtakor" himoyachisiga "Xorazm" qiziqayotgani haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
Hamraliev joriy mavsum Toshkent jamoasi safida 8 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali uni 500 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar