So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  0 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  13 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  27 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  90 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1018 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  10 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

"Qizilqum" may oyida Superliga uchrashuvini uyida qabul qilishi mumkin - O'zPFL Yangiliklar

"Qizilqum" may oyida Superliga uchrashuvini uyida qabul qilishi mumkin - O'zPFL

Liga mutaxassislari so'nggi ikki oy ichida bir necha bor Navoiy shahrida bo'lib, "Yoshlar" sport majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. So'nggi bor ular kecha, 13 aprel kuni stadionda bo'lib, holatni ko'zdan kechirdi.

"Navoiy shahridagi stadion maydoni mart oyining so'nggi 10 kunligida rasmiy uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor holatda bo'lgan. Biroq stadion texnik hududini pardozlash ishlari vaqt talab qildi. "Qizilqum" 18 aprel kungi Superliga 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" klubiga qarshi uchrashuvni o'z maydonida qabul qilish bo'yicha 10 aprel kuni Ligaga rasmiy xat yo'lladi. Vaholanki, o'rganishlar 18 aprel kuni "Yoshlar" stadionida rasmiy uchrashuv o'tkazish ehtimoli biroz kam ekanligi yuzasidan Liga 7 aprel kuni "Qizilqum" klubiga malumot taqdim etgandi. 

"Superliga va Pro liga reglamenti"ning 11.3 hamda 15.8-bandlari "Qizilqum" klubiga Liga tomonidan yuborilgan xatga asos vazifasini o'tab bergan. Rasmiy uchrashuvni tashkil etishda bir qator masalalar inobatga olinishi lozim. Superliga o'yini yangi stadionda kutilmagan fors-major holatlar bilan to'qnash kelishi katta ehtimol. Shundan kelib chiqib, stadionda barcha ish to'la yakunlanishi va rasmiy uchrashuv o'tkazish masalasi reglamentda ko'rsatilgan muddatdan kelib chiqqan holda talab qilinishi mantiqli hisoblanadi. 

14 aprel kungi holat bo'yicha stadion o'yinlarni qabul qilish uchun 95 foizga tayyor. Texnik hududdagi ishlar deyarli yakunlangan, projektorlar taqdim etayotgan yorug'lik talab darajasiga keltirilgan. Biroq uchrashuvni marketing tomonlama tashkil etish, MTRK va VAR texnikasi uzilishlarsiz faoliyat olib borishi hamda to'liq quvvatda ishlashi mumkinligi tegishli mutaxassislar tomonidan monitoring qilib olinmagan. Klub rasmiylari bu borada ishlar 1-2 kun ichida yakunlanishini bildirgan. Demak, mana shu muddatdan so'ng Liga TV va VAR mutaxassislarini Navoiy shahriga yuboradi. O'rganish ishlari amalga oshirilgach, Superliga 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Navbahor" uchrashuvini Navoiy shahrida tashkil etish choralari ko'riladi. 

Malumot uchun, Liga mutaxassislari 2 yildan buyon Navoiydagi stadion bilan bog'liq vaziyatni uzluksiz monitoring qilib bordi. Odatda stadion texnik hududini emas, futbol maydonini foydalanishga topshirish ko'proq vaqt talab etadi. Sababi maysa unib chiqishi va parvarishi bevosita iqlim bilan bog'liq hisoblanadi. "Yoshlar arena"da esa buning aksi kuzatildi. Maydon Navro'z bayrami arafasida tayyor holatga keltirildi, biroq texnik hududdagi ishlarni yakunlash vaqt oldi. Bu boradagi masuliyat stadionda tamirlash ishlarini olib borgan tomonga bevosita bog'liq hisoblanadi. Liga esa stadionlarni qabul qilib olishda reglament talablari birlamchi ekanligini eslatadi", – deyiladi Professional futbol ligasi xabarida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика