So’nggi yangiliklar

21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  1 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  7 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  7 19:31Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳсига шай!  13 19:12Абдулла Абдуллаев ва Ботирали Эргашев Қирғиз Республикаси билан ўйин олдидан интервью берди  2 18:49Маҳдавикия, Миладинович, Еличич, Зейтуллаев, Бердиев ва бошқалар Про лицензияси учун таҳсил олмоқда  1 18:27Про лига. "Қўқон-1912" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  4 17:58Тайёргарлик авжида: "Навбаҳор" ва "Андижон" ўртасидаги Ўзбекистон Кубоги финалини 3 та вилоят ҳокими стадионда томоша қилади  7 17:35Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: "Бу гуруҳдан иккинчи эмас, биринчи ўрин билан чиқамиз"   1 17:09"Қайрат" устози Иброҳимҳалил Йўлдошевни танқид қилди  5 16:41Кутганмидингиз? Тиниб-тинчимас Роналдудан навбатдаги рекорд!  8 16:17Футзал. Ўзбекистоннинг ЖЧ илк туридаги рақиби Нидерландия Тошкентга етиб келди  5 15:25Жалолиддин Машарипов ва Жамшид Искандеров билан қисқа интервью  2

Qizil kartochka, penalti, VAR, yomg'ir ostida kechgan "Bunyodkor" - "Andijon" o'yini haqida Yangiliklar

Qizil kartochka, penalti, VAR, yomg'ir ostida kechgan "Bunyodkor" - "Andijon" o'yini haqida

Superliganing uchinchi turida muxlislar bir qator qiziqarli to'qnashuvlar guvohiga aylanishdi.

Xususan, Toshkentda o'tgan yagona "Bunyodkor" - "Andijon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ham tomoshabopligi jihatdan qolgan o'yinlardan qolishgani yo'q. Demak, bugun qiziqarli va shiddatlarga boy o'tgan mazkur bahs tafsilotlariga to'xtalamiz. 



Tarkib va taktikadagi o'zgarishlar


Avvalgi ikki turda bir hil tarkibdan foydalangan "Bunyodkor" murabbiylari mazkur bahsda tarkib va taktikada malum bir o'zgarishlarga qo'l urishdi. Futbolchilarning maydondagi joylashuvi ham boshqacha ko'rinish oldi. Avvalgi o'yinlarda o'ng qanot himoyasida harakat qilgan Sunnatilla Abdullajonov chap qanotda Ulug'bek Abdullaevning o'rnida ilk daqiqalardan o'ynashni boshladi. Abdullajonovning poziciyasida esa Muhammadodil Qahramonov boshlang'ich tarkibdan o'rin oldi. Markaziy himoyada Davronjon Ergashev va Abdulla Abdullaev juftligi bu o'yinda ham o'zgarishsiz qoldi. Yarim himoyada Lutfulla To'raev Odiljon Abdurahmonov va Nurillo To'xtasinov uchligi to'p tepdi. To'xtasinov oldingi bahslarda qanotda, vinger sifatida hujumchilarga yordam berganligini takidlash joiz. Uning o'z poziciyasiga qaytishi jamoaning o'yiniga ham qaysidir manoda ijobiy tomondan tasir qildi, tashkil qilinayotgan hujumlarda keskinlikning oshishida katta rol o'ynadi. Hujumda esa shu kuni SHahboz Erkinov, Ibrohim Tomiva va Xurshid G'iyosov harakat qildi. Etibor bergan bo'lsangiz To'xtasinov markazga ko'chgach bu o'yinda qanotdagi vinger vazifasini dastlabki daqiqalardan Tomiva bajardi. Erkinov esa sof hujumchi sifatida hujumlarni yakunlashda jonbozlik ko'rsatdi. "Andijon" futbolchilarining maydondagi joylashuvi esa shunday ko'rinish oldi:



Bunda biz katta o'zgarish ko'rganimiz yo'q. CHap qanotda Abdug'ani Kamolov o'rnida Ibrohim Otaxonov, tayan yarim himoyasida Edgar Bernxardt o'rnida Muhammad Isaev, qanotda esa Doniyor Ismoilov o'rnida Jasur Jaloliddinov o'ynagan bo'lsa, uning poziciyasida asosiy tarkibdan Kamron Saidazimov joy egalladi. Umumiy qilib aytganda ikki jamoa ham hujumkor tarkibda maydonga tushdi.



Qizil kartochka va asabiy ruhda o'tgan birinchi bo'lim

Maydon egalari o'yinning ilk daqiqalaridan raqib jarima maydonchasida xavfli vaziyatlar yaratishni boshladi. 6-daqiqada nigeriyalik hujumchi Ibrohim Tomiva o'ng qanotdan to'pni erlatib jarima maydoniga uzatdi, markazdagi SHahboz Erkinov to'pga ulurmadi. To'pga etib kelib zarba bergan Xurshid G'iyosovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. Uchrashuvdagi ilk keskin va yaqqol golli vaziyat 12-daqiqaga kelib yuz berdi. Tojikistonlik himoyachi Davronjon Ergashevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni raqibning italiyalik hujumchisi Martin Boake darvoza chizig'i ustida qaytardi. Ushbu vaziyatdan bir daqiqa o'tib bahsda hisob ochildi. Nurillo To'xtasinovning burchakdan uzatilgan to'pni Davronjon Ergashev boshi bilan SHahboz Erkinovga etkazdi, hujumchi esa bir urinishda darvozani ishg'ol qildi. Bir tomondan olib qaralganda to'p yuqoridan Ergashevga kelib tushayotganida maydondan tashqariga chiqib ketgandek ko'ringandi. Lekin hakamlar golni inobatga olishdi. Goldan so'ng "Andijon" ham oldinga o'tishga intildi. Biroq yakuniy zarbalarda aniqlik etishmadi. Boz ustiga sharros quyayotgan yomg'ir ham maydonda ikki jamoaga ham erkin harakat qilishga yo'l qo'ymadi. Hisobda oldinda borayotgan mezbonlarda nima uchundir bo'lim o'rtalariga kelib asabiylik kuzatildi. Lutfulla To'raev, SHahboz Erkinov ogoxlantirildi. 37-daqiqada "qaldirg'ochlar" bir kishi kam bo'lib qolishdi. Nigeriyalik hujumchi havodagi kurashda raqib futbolchisi Diyor Rahimqulovning oyog'iga ochiqdan ochiq zarba berdi. Bosh hakam esa ikkilanmasdan unga qizil kartochka ko'rsatdi. Aytish mumkinki, ushbu hujumchi qatorasiga ikkinchi o'yindirki jamoasini qiyin holatga solib qo'ymoqda. "Metallurg" bilan Bekobodda kechgan o'yinda bo'sh darvozaga gol ura olmagan bo'lsa, kecha esa qizil kartochka oldi. Mazkur chetlatishdan so'ng ustunlik "Andijon" tomoniga o'tdi. Bo'lim oxirida jamoada hisobni tenglashtirish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, 43-daqiqada Kamron Saidazimovning jarima to'pidan yo'llagan zarbasiga Ravshan Yagudin ajoyib seyv bilan javob qaytardi. Lekin bu vaziyatda bosh hakam Muhammadodil Qahramonovni to'pni darvozabonga atayin uzatdi deb topdi va jarima maydoni ichida erkin zarba belgiladi. Zarba esa muvaffaqiyatsiz chiqdi.



Penalti bekor qilingan, "Bunyodkor" iroda ko'rsatgan ikkinchi bo'lim

Bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramasdan mezbonlar ikkinchi bo'lim boshidan o'yin tizginini qo'lga olishdi. Hattoki Tomivaning maydondan chetlatilgani ham sezilgani yo'q. 61-daqiqada qanotda tinim tinchimagan Xurshid G'iyosov penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. 11 metrli zarbani esa uning o'zi bexato amalga oshirdi. Mehmonlar esa asosan standart vaziyatlardan samara chiqarishga urinishdi. Darhaqiqat amalga oshirilgan jarima zarbalari juda ham keskin ko'rinish oldi. O'tgan turda jarimadan ajoyib gol urib "Andijon"ga g'alaba keltirgan Doniyor Ismoilovning 75-daqiqadagi zarbasidan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng yana katta sahnaga Yagudin chiqdi va jamoasini muqarra goldan qutqarib qoldi. Bundan so'ng yana bosimni oshirgan "burgutlar" hisobdagi farqni qisqartirishdi. Burchakdan uzatilgan to'pni Usmonali Ismonaliev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Mazkur gol qaysidir manoda o'yinga intirgani qaytardi. So'nggi daqiqalar yaqinlashgan sari "Andijon" hujumga, "Bunyodkor" esa himoyaga etibor qaratib, ko'proq qarshi hujumlarda raqibni o'qqa tutdi. Bu esa 85-daqiqada o'z samarasini berdi. To'xtasinov-Abdurahmonov kombinaciyasidan so'ng Mirjahon Mirahmadov birga-bir vaziyatda gol urib amalda o'yin taqdirini hal qildi. SHundan keyin ham Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlarida ikkita ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Dastlab Abdulhay Ismoilovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytgan bo'lsa, Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan aniq zarbasini Yagudin qaytardi. Uchrashuv tugashiga sanoqli soniyalar qolganda bosh hakam Firdavs Norsafarov "Andijon" darvozasi tomon penalti belgiladi. Barchasiga aniqlik kiritish uchun esa VAR tizimiga yuzlandik. Yakunda VAR`ning qaroridan so'ng 11 metrlik zarba bekor qilindi.

SHu tariqa "Bunyodkor" joriy mavsumdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritgan bo'lsa, "Andijon" ikkinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Ushbu g'alaban so'ng mezbonlar Superliga turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 




Raqamlar va faktlar


Kecha ikki jamoa o'zaro 23-o'yinda maydonga tushishdi. "Bunyodkor" 17-g'alabasini qo'lga kiritdi. "Andijon" esa shu vaqtga qadar hali biror marotaba g'alaba nashidasini surmadi. Jamoalarning 6 o'yinida durang qayd etilgan. To'plar nisbati kechagi bahsdan so'ng 43-7 ko'rinishiga keldi, "Bunyodkor" foydasiga.



Coca Cola Superliga, 3-tur
BUNYODKOR – ANDIJON 3:1
20 mart 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, SHohruh Qayumov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
VAR assistentlari: Timur Galeev, Kristina Sereda
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
VAR operatori: SHerali Janaliev
Komissar: SHohruh Said

Gollar: SHahboz Erkinov 13, - 1:0 (Davronjon Ergashev). Xurshid G'iyosov 62 penalti, - 2:0. Usmonali Ismonaliev 76, - 2:1 (Doniyor Abdumannopov). Mirjahon Mirahmadov 85, - 3:1.

"Bunyodkor": 1. Ravshan Yagudin, 4. Davronjon Ergashev, 7. Sunnatilla Abdullajonov (11.Rasul Yo'ldoshev, 88), 10. Xurshid G'iyosov (9. Farrux Ikromov, 81), 13. Lutfulla To'raev, 17. Odiljon Abdurahmonov, 19. Nurillo To'xtasinov, 22. SHahboz Erkinov (14. Mirjahon Mirahmadov, 72), 30. Abdulla Abdullaev, 37. Muhammadodil Qahramonov, 49. Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 8. Sanjar Rashidov, 34. Suhrob Izzatov.

"Andijon": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 4.Usmonali Ismonaliev, 6.Ibrohim Otaxonov, 7.Martin Boaki, 9.Kamron Saydazimov (11.Abdulhay Ismoilov, 54), 10.Jasur Jaloliddinov, 28.Sunnatillo Hamidjonov, 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyor Rahimqulov (17.Farhod Sohibjonov, 87), 77.Muhammad Isaev (14.Doniyor Ismoilov, 46).
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 2.Kamron Nadjafaliev, 3.Edgar Bernxardt, 8.Baxtiyor Qosimov, . 

Ogohlantirishlar: Ibrohim Otaxonov 22, SHahboz Erkinov 29, Lutfulla To'raev 43, Doniyor Ismoilov 46, Odiljon Abdurahmonov 69,

CHetlatish: Ibrohim Tomiva 37.



Bunyodkor

Shahboz Erkinov - 13', Xurshid G’iyosov - 62', Mirzhahon Mirahmadov - 85'

Superliga. 3-tur

20/03/2021, 18:30

1
:
3
Tugadi

Andijon

Usmonali Ismonaliev - 76'

45'
90'
13'  Shahboz Erkinov
13'  Davronzhon Ergashev
29'  Shahboz Erkinov
37'  Ibrohim Tomiva
43'  Lutfulla To’rayev
62'  Xurshid G’iyosov
69'  Odiljon Abdurahmonov
72'  Shahboz Erkinov (Mirzhahon Mirahmadov)
81'  Xurshid G’iyosov (Farrux Ikromov)
85'  Mirzhahon Mirahmadov
88'  Sunnatilla Abdullazhonov (Rasul Yo'ldoshev)
22'  Ibrohim Otaxonov
46'  Muhammad Isaev (Doniyor Ismoilov)
46'  Doniyor Ismoilov
54'  Kamron Saidazimov (Abdulhay Ismoilov)
76'  Usmonali Ismonaliev
76'  Doniyor Abdumannopov
87'  Diyor Rahimqulov (Farhod Sohibjonov)




Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика