So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  40 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  0 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  29 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  12 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  71 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  6 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0

Qatar anomaliyasi Yangiliklar

Qatar anomaliyasi

Qishki sport musobaqalarini o'tkazish bo'yicha xalqaro federaciya rahbariyati, 2022 yilgi Jahon chempionati musobaqasini kuz-qish mavsumida o'tkazish rejasiga qarshi chiqqan holda, katta mojaroni boshlash arafasida.
Ikki yirik musobaqaning bir vaqtda o'tkazilishi sababli katta mablag' yoqotadigan Xalqaro olimpiya qo'mitasi ham, bu mojaroni qo'llab quvvatlashga tayyor. SHu sababli Jahon futbol birinchiligi va Qishki Olimpiada, muxlislar va homiylar uchun bir-birlari bilan ko'rash olib borishadi.

Jahon chempionatini yozgi mavsumdan qishki mavsumga ko'chirilishi, 2022 yilgi Jahon chempionati musobaqasini o'tkazish tanlovida g'olib chiqqan Qatarda o'tkazilishini saqlab qoladigan yagona omil sanalishi mumkin. Qanday qilib FIFA rahbariyati iyun oyida harorat 50 darajadan oshib ketadigan mamlakatga chempionat o'tkazish uchun o'z ovozini berishi mumkin. Katardagi maydonlarda issiqlik darajasini pasaytirish va o'yinga moslashtirish loyihasi aqlga sig'maydi axir. Ko'pchilik bu masalani kondicionerlar va turli xildagi sovutish moslamalaridan foydalangan holda amalga oshirish haqida o'ylagan bo'lishi mumkin. Biroq bu utopiyaga o'xshab tuyilmayaptimi.

Boshlab qo'ygan ishidan so'ng, FIFA faqatgina katta mamlakatlardan o'z chempionatlarini, CHempionlar ligasi va Libertadores Kubogini taqvimning boshqa kunlariga to'g'rilashlirini yoki besh-olti hafta orqaga surishga ko'ndirsagina o'z obro'yini saqlab qolish uchun. Hozirda musobaqani o'tkazishning ikki xil varianti noyabr yoki yanvar oyilari ko'rib chiqilmoqda. Bu ikki oydan eng qulayi yanvar oyi hisoblanadi. CHunki bu oyda ichki chempionatlarda va Evrokuboklarda tanafus bo'ladi.

Lekin shu o'rinda musobaqaning yanvar oyida o'tkazilishi, fevral oyida o'tkaziladigan qishki Olimpiada o'yinlariga salbiy tasir ko'rsatmay qolmaydi. Bu sport mojarosini oldini olish uchun Qishki federaciya va XOQ (Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi) FIFAga musobaqani boshqa oyga ko'chirishni so'rab iltimos qilishi mumkin. Biroq futbol federaciyasi chempionatni yanvar oyida o'tkazishdan boshqa chorasi yo'q. Mazkur masalani mantiqiy jihatdan o'ylab ko'rsak, bu unchalik yomon variant emas.

Yana bir variant – qishki musobaqani futbolchilarga berib, qishki Olimpiada o'yinlarini yozda Janubiy qutbda o'tkazsa ham bo'laveradi. Ayni paytda 2022 yilgi qishki Olimpiada o'yinlarini o'tkazish bo'yicha asosiy davogarlar Myunxen, Oslo va Olma-Ota sanalishmaydi. SHu sababli mantiqiy jihatdan bu musobaqaga Yangi Zelandii, Argentina, CHili va hattoki JARni ham taklif etsa bo'ladi.

Sochi, undan ham avvalroq esa yaponiyaning Nagano shahri, qishki Olimpiada o'yinlarini o'tkazish uchun qishki sovuq havo zarur emasligini misol tariqasida ko'rsatib berdi. SHu sababli yuqorida keltirib o'tilgan mamlakatlarning barchasida chang'ida uchish bo'yicha etarlicha qiyaliklar bor va ularni bu musobaqa tayyorlashning imkoni ham mavjud. Esingizda bo'lsa CHilining Portilo shahri hattoki 1966 yilgi tog'chang'isi bo'yicha jahon chempionatini qabul qilgan edi.

Hozirda Janubiy Afrika 2024 yilgi yoki 2028 yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarini o'tkazishga davogarlik qilayapti. Biroq barchaga malumki har bir mavsumning Olimpiadasini o'z vaqtida o'tkazish moliviy jihatdan katta sarf-xarajatni talab qilmaydi. Biroq HOQ o'ziga qo'lay qilish va sport mojarosini oldini olish masadida, 2022 yil yozgi va qishgi o'yinlarni Afrika o'tkazsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu bilan esa sport tarixida katta o'zgartirish kiritar edi.

Vaqt o'tishi bilan Janubiy va SHimoliy qutblar o'z o'rnini o'zgartiradi degan futurologik nazariyalar mavjud. Sportda bunday global o'zgarishlar esa juda kamdan kam sodir bo'ladi. Lekin boshqacha nazar bilan qaraydigan bo'lsak, bunday o'zgarishlar boshlanib bo'lgan. Bunga esa Sochidek janubiy va issiq shaharlardan biri qishki Olimpiadani qabul qilishi misol bo'la oladi.

Albatta, Rossiya Janubiy Afrika qaraganda qishki o'yinlarni o'tkazish bo'yicha katta tajribaga ega. Biroq dunyoda barcha masalaning echimini topsa bo'ladi. Janubiy o'lkalardagi sportchilar qishki o'yinlarda qatnashganlarini oddiy holdek qabul qilishadi va hech ham boshqa sportchilardan katta natijada ortda qolishmaydi. Mana masalan, Marokash tog'chang'isi sportchisi hattoki o'smirlar o'rtasida o'tkazilan qishki o'yinlarda oltin medalni qo'lga kiritishga erishgan.

Issiq o'lkalarda qishki o'yinlarni o'tkazish uchun ushbu mamlakatlarda kerakli qishki sport infratuzilmasini yaratish kerak bo'ladi. Bu esa qo'shimcha 15-20 milliard dollar degani. Katarda Jahon chempionatini o'tkazish esa bu mamlakatning katta va yagona tarixiy imkoniyat bo'lishi mumkin.

Murodov Miraziz tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика