So’nggi yangiliklar

15:16Эшитдик-да! "Навбаҳор" футболчилари ҳам 3 ойдан бери маош олишмаяпти  1 15:05ПРО-Лига. "Арал" - "Шўртан" (Онлайн натижа)  3 14:36ПРО-Лига. "Машъал" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  1 13:17Неймар жароҳати ҳақида: "Шифокорлар мени огоҳлантиришганди"  2 12:49Анчелотти: "Реал" ўзининг "Олтин тўпини" 1 июнь куни ютиб бўлган"  5 12:25"Ал Райян" бош мураббийи ўтган мавсум ўзбек клуби сабабли ОЧЛдан қуруқ қолган эди  2 12:00ПРО-Лига. Бугун етакчилар жанги гувоҳи бўламиз  3 11:45"Насаф"ни чемпион қилган ўйинлар  9 11:22Рой Кин: "Манчестер Юнайтед" — шунчаки ўртамиёна клуб"  3 10:50Мареска: "Челси" АПЛнинг энг кучли таркибларидан бирига эга"  1 10:23Слот: "Салоҳнинг ўйинида пасайиш кутманг"  3 09:56"Арсенал" Муҳаммад Қуддусни сотиб олмочқи   2 09:28Мората Ямални Месси ҳамда Роналдуга солиштирди  13 09:00Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" "Ал Райян" билан куч синашади  34 08:31"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилгача узайтиради  2

Qashqadaryodan Surxondaryoga(cha). 2-qism Yangiliklar

Qashqadaryodan Surxondaryoga(cha). 2-qism

Eringanlar uchun: "Qashqadaryo va Surxondaryoga bayram o'tkazgani bordik". Erinmaganlar davom etishi mumkin.

Surxondaryodagi safarimiz atigi bir kun davom etdi va shu kun davomida rejadagi barcha ishlarni amalga oshirishga ulgurdik. 6 may tongida qo'shni viloyatga yo'l olish oldidan qo'shni mamlakat chegarasi yaqinida joylashgan Hakim at-Termiziy ziyoratgohiga kirib o'tdik. 

Aynan shu erdan mamlakat chegarasi o'tgan ekan, dastlab panjara yaqiniga borishga cho'chidi odam (aytib bo'lmaydi, tag'in qo'shnilarimiz soqoli yo'qlarni xushlamaydi, bizda teskarisi). Baxtimizga hech kim yo'q ro'baro' kelmadi. 

Hamkasblarimizdan biri panjara yonidagi erdan qandaydir o'simlikni olib diqqat bilan tomosha qildi (qo'shnilarimizning mashhur boyligi deb o'yladi shekilli, tag'in beshta bargi bor ekan deb mulohaza qildi), amallab uning oddiy o'simlik ekanini tushuntirdik. Yo'l-yo'lakay Iso at-Termiziy ziyoratgohiga ham qadam ranjida qildik.

G'uzorgacha tog'lar bag'ridan ancha-muncha masofani bosib o'tdik. Tabiat shaydosi bo'lgan menday kishiga olis yo'l ham qadam bosgan kabi bir zumda o'tib ketdi. Tog'liklar hayoti garchand og'ir tuyulsa-da, meni o'zi maftun etadi. Ko'pchiligi sodda odamlar, g'am-tashvishi o'ziga yarasha, ayni damda qaylardadir begunoh odamlarning qirilayotganidan xabari yo'q, "Mens and womens fashion"dan yaltir-yultur kiyimlarni kiymaydi, biz kabi yarimtayyor mahsulotlarni istemol qilib, oshqozonini yosh to'kishga majbur qilmaydi, tekin musaffo havodan istaganicha to'yib-to'yib nafas oladi. 

Uylari ham oddiygina, muhimi odamzot istiqomat qilsa bo'ladi, bazilari tomini shamol varrak singari uchirib ketmasligi uchun u erga toshlarni bostiriq qo'ygan ekan, yana qaysidir uy devori toshdan barpo etilgan ekan. Yo'l chetida bir xola o'z qo'llari bilan tayyorlagan qurutlarga xaridor kelishini kutib o'tiribdi, ikki qizaloq to'rt yoki besh xonadan iborat maktabdan chiqib kelmoqda, hali o'n bahorni ko'rmagan bolakay shalpangquloq eshagiga yam-yashil o'tlarni vada qilib, uni toychoq singari choptirib yuribdi, derazadan mo'ralab shu kabi hodisalarni kuzatib, ularga havas qilib keldim. G'uzorga etib kelgach, bu erdagi akademiya bilan tanishdik. "SHo'rtan" maydonini ko'rib, og'zimiz timsohning tumshug'iday ochilib qoldi. 

Jamoa Pro ligada to'p tepishiga qarmay, maydonining oldida "Bunyodkor" stadioni ham ip esholmay qoladi. Maqtanchoqlik emas bu, tan olish kerak, maydon Eron gilamlari singari nafis hamda biror erda sarg'aygan yoki sochi to'kilgan bo'shliqni ko'rmaysiz. Maydonning shunday holatga kelishida hissasini qo'shgan zahmatkashlardan biri Iskandar Bo'riev saytimizga intervyu berib, qanday qilib maydonning bu holatga keltirilgani, qay tartibda parvarish qilinishi, hatto hamon o'z husnini topa olmayotgan "Bunyodkor" maydonining kamchiliklari to'g'risida so'zladi. 

Ushbu lavhani hademay elon qilamiz. Bo'riev maydonni tiklashda mahalliy ob-havodan kelib chiqib yo'l tutilgani, shuningdek, maysazorga g'amxo'rlik qilayotgan kishi erni hamda o'z ishini sevishi kerakligini takidladi. Tushdan keyin Qarshi tomon yo'l oldik. Mehmonxonaga joylashgach, faxriylar o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga yo'lga otlandik. Surxondaryoda ko'pgina yoshlar (ko'pchiligi qizlar edi, o'ylashimcha, qanday tantana bo'lsa, majburan safarbar etiladigan talabalar) o'yinni kuzatib borishgan bo'lsa (qizlarning gapi ham qiziq-da, biri "Qanaqa bayram bo'larkan o'zi?" desa, ikkinchisi "Bilmadim, qanaqadir mashhur futbolchi kelarkan" deya sherigiga malumotnoma taqdim etdi), Qashqadaryoda tomoshabinlarni sanashda barmog'im ortib qoldi. Aytgancha, uchrashuv 2:2 hisobida poyoniga etdi.

Men majburan kimnidir olib kelishdan ham, hech kimsiz imi-jimida, to'rt-beshta fotosuratlar bilan bayram o'tkazish tarafdori ham emasman.

Qashqadaryoda o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan tadbirning ilk kunidan GALEREYA

Evropada faxriylar futboli deganda mana bunday jarayon nazarda tutiladi odatda:

Viloyat futbol faxriylaridan biri Zoir To'raqulov ham tomoshabinlar bilan uchrashuv boshqacha kayfiyatda o'tishini aytib o'tdi. SHuningdek, To'raqulov O'zbekistonda uch klub - "Nasaf", "Bunyodkor" va "Olimpik"ning faoliyatini qoniqarli baholadi. O'ziga xos bellashuvdan so'ng kechki ovqat tanovvul qilishga yo'l oldik hamda shahar bo'ylab sayrga otlandik. Go'shtning narxi nega yuqorilab ketayotganini Qashqadaryoga safar davomida anglab etdim. Ikki kunlik tashrifdan so'ng bir oy go'sht tanovvul qilmaslikka qaror qildim. 

Albatta, Qashqadaryo, umuman qaerga borishimizdan qati nazar, topganini dasturxonga to'kayotgan mezbonlardan xursandman. Gap dabdabada emas, istalgan joyda o'zingiz ham shunday taomlardan bahramand bo'la olasiz, och qolib ketayotganingiz yo'q. Muhimi, shunday sharoit yaratib bermoqda, baribir barcha noz-nematni yamlamay yuta olmaymiz.

Kechki ovqatdan so'ng kimdir safarini shirin tushlar mamlakatida davom ettirish uchun mehmonxonaga jo'nadi, biz esa bir guruh hamkasblar bilan istirohat bog'ida yoshlikni eslab (o'ylab qarasam, hozir ham yoshmiz), sayr qildik. Qiziqish emasmi, botirligimiz tutib, suratda aks etgan attrakciondagi ikki daqiqalik parvoz davomida butun boshli film ishlashga arzirli voqealar, yani bu foniy dunyoni tark etgan bobo-buvimni, maktabda sochidan tortib, qarg'ishini eshitgan sinfdoshimni, bog'idagi pishmagan o'rigidan cho'ntagimizni to'ldirib qochganimiz uchun ketimizdan mushtini o'qtalagan qo'shnimizni yodga olishga ulgurdim. 

Yoshi katta hamkasblarimiz esa bola-chaqalarini o'ylab, attrakcion yaqiniga yo'lamadi. Saytimizning taniqli ikki jurnalisti - Nodirxo'ja Yo'ldoshev va Kamoliddin Alimov merganlik borasida o'zaro kuch sinashishdi. Ushbu bahs kimning foydasiga hal bo'lganligini ularning o'zidan so'rab olganingiz maqul.

Ertasi kuni "Nasaf" futbol klubi akademiyasiga tashrif buyurdik. Bilishimizcha, akademiyada  ta suniy, 2 ta tabiiy maydon mavjud ekan. Tabiiy maydonning holati yaxshi, suniy maydon esa yoshlar uchun urf qilgan yamoqlardan iborat kiyimga o'xshab qolgan ekan. Akademiyada ayni damda 2010-2013 yilda tavallud topgan bolalar o'rtasida musobaqa o'tkazilayotgan ekan.

Qashqadaryoda o'tkazilgan o'zbek futboli 110 yillik tantanasining ikkinchi kunidan GALEREYA

O'zbek futboliga ne-ne nomlarni etkazib bergan va hamon etkazib berayotgan dargohga yana-da ko'proq etibor qaratilishi tarafdorimiz.

SHundan so'ng Qashqadaryo viloyati hokimligida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Murotjon Azimov, O'FA rahbariyati, o'zbek futboli faxriylari va OAV vakillari ishtirok etishdi.  

Anjuman yakunida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovga “O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriylarga esdalik sovg'alari hamda choponlar ulashildi.

Taqdirlash davomida o'zbek futbolining afsonasi To'lagan Isoqov to'n kiygach kuyov bolaga o'xshatildi, Qashqadaryo Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'iga ham "Tartibni saqlashda sizning mehnatingiz beqiyos. Qashqadaryo komandasi yirikroq hisobda yutayotgan bo'lsa, xodimlaringizga javob bervorsangiz ham bo'ladi", - deya hazil qilishdi.

So'ngra O'FA delegaciyasi Qashqadaryo viloyati futbol faxriylari, futbolga ulkan hissa qo'shgan insonlar Zoir To'raqulov, Abdurahmon Yumangulov va Qo'zi Sagdiev xonadonlariga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Qashqadaryo futbolining yorqin tarixi va faxriylarning o'lka futboli uchun qo'shgan o'rinlari eslab o'tildi.

Futbol faxriylariga o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan ko'krak nishoni va esdalik sovg'alari topshirildi.

Mazkur shodiyonaning asosiy voqeasi bo'lmish "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov va O'FA rahbariyati so'zga chiqib, barchani o'zbek futbolining 110 yilligi bilan tabrikladilar. 

SHundan so'ng viloyat hokimligi va O'FA tomonidan bir qator futbol faxriylari taqdirlandi. Qarshidagi stadionga ancha-muncha muxlis tashrif buyurganiga qaramay, ular o'yinni gol ko'rmasdan (gol ko'rishdi-yu, inobatga olinmadi) tark etishdi.

NASAF – PAXTAKOR 0:0
7 may 2022 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar
: Akobirxo'ja SHukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistenti: Timur Gaynulin
Komissar: Baxtiyor SHirinov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 7.SHarof Muhitdinov (18.Bahrom Abdurahmonov, 73), 8.Dilshod Saitov, 10.Husayin Norchaev (99.Semir Smaylagich, 73), 22.Akmal Mozgovoy, 30.Aziz Xolmurodov (23.Sardor Sadullaev, 39), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (9.Ivan Solovyov, 89), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 17.Suhrob Nurulloev.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Oleksey Larin, 6.Ikrom Aliboev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev (36.Abbos Ergashboev, 79), 18.Hojimat Erkinov, 21.Kamen Xadjiev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (42.Abbos Fayzullaev, 79), 34.Farruh Sayfiev, 77.Mirjahon Mirahmadov (14.Oliver SHarkich, 62).

Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 11.Sardor Rashidov, 28.Diyor Xolmatov, 32.Behruz Asqarov, 88.SHahzod Azmiddinov.

Ogohlantirishlar: Saitov (48) - Xadjiev (17)

“Markaziy” stadionda g'olib aniqlanmagan “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidan GALEREYA

O'zbek klassikosida hisob ochilmadi. SHu tariqa, Qashqadaryo safari ham poyoniga etdi. Umid qilamizki, endilikda O'zbek faxriylari hamda Italiya faxriylari o'rtasidagi uchrashuv ham qiziqarli voqealarga boy bo'ladi.


Qashqadaryodan Surxondaryoga(cha). 1-qism

Qoraqalpog'iston safari haqida

Toshkentdan Xorazmgacha...

Jizzaxnoma (futbol va futboldan tashqari)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика