PSJ futbolchisi: "Men chempionlikni nishonlamadim"
07 may 2020 16:17
Yangiliklar


PSJ futbolchisi: "Men chempionlikni nishonlamadim"
Parijliklar chempionatning erta yakunlangani sabab chempion bo'lishdi.
PSJ yarim himoyachisi Ander Errera esa Franciya chempionligini nishonlamaganini aytdi. Liga 1'ning joriy mavsumi erta yakunlandi.
"To'g'risini aytaman, chempionlikni nishonlamadim. Men yutishni xohlayman, ammo buni futbol maydonida qilishni afzal bilaman.
Bunday tarzda PSJ bilan ilk titulimni qo'lga kiritish achinarlidir. CHempionlar Ligasidagi o'yinlarimiz borligidan xursandman. Umid qilamanki, ushbu musobaqada muvaffaqiyat qozonamiz", - deydi ispaniyalik futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar