PSJ "Yuventus"ning asosiy o'yinchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda
14 mar 2020 13:20
Yangiliklar
PSJ "Yuventus"ning asosiy o'yinchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda
PSJ "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichni kelasi mavsumda xarid qilmoqchi.
Parijliklar sport direktori Leonardo 29 yoshli bosniyalik futbolchining agenti Fali Ramadani bilan aloqaga kirishgan.
Ushbu agent shuningdek "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali uchun ham ishlaydi. PSJ aynan Kaliduni bosh transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.
Pyanich "Yuventus"da 2016 yildan beri o'ynamoqda. U joriy mavsum A Seriyada 3ta gol va 4ta assist qayd etishga erishgan.
Fikrlar