Prevyu. So'g'diyona - Bunyodkor
08 noy 2013 09:29
Yangiliklar

Prevyu. So'g'diyona - Bunyodkor
“So'g'diyona” va “Bunyodkor” oliy ligada 7 bora to'qnash kelishgan. Natijalar poytaxt jamoasining mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.
SO'G'DIYONA - BUNYODKOR
8 noyabr. Zomin. “Zomin” stadioni. 14:00
Hakamlar: O.Tolibjonov, R.Serazetdinov, A.Usmonov, SH.Xakimov
Nazoratchi: D.Roman.
“Bunyodkor” 7ta o'yindan 7tasini yutgan. Tushunarliki “So'g'diyona” bu raqib bilan durang o'ynamagan va g'alaba qozona olmagan. “Bunyodkor” o'yinlarda 27 ta gol kiritgan, jizzaxliklar 1 bora “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 21 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “So'g'diyona”da bu ko'rsatkich 0 ni tashkil etadi. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 6:1.
Birinchi turda Toshkentdagi “Jar” stadionida bo'lib o'tgan o'yinda “qaldirg'ochlar” yirik g'alabaga erishishgan. Oleksandr Pishur xet-trik qayd etgan bo'lsa, Lutfulla To'raev va Kamoliddin Murzoev bittadan gol urishgandi – 5:0.
“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi uch uchrashuv:
15.06.2011 So'g'diyona - Bunyodkor 1:6
04.08.2009 So'g'diyona - Bunyodkor 0:3
30.06.2008 So'g'diyona - Bunyodkor 0:5
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” bu raqib darvozasiga urilgan yagona golni o'z maydonida urgan. O'sha to'pni 2011 yilgi mavsumda Arturos Fomenko kiritgandi. “Qaldirg'ochlar” safardagi uchala o'yinda ham yirik g'alabaga erishishgan.

Fikrlar