Prevyu. Buxoro - Lokomotiv
08 noy 2013 09:14
Yangiliklar

Prevyu. Buxoro - Lokomotiv
“Buxoro” hamda “Lokomotiv” klublari oliy ligada shu kungacha 15 bor kuch sinashishgan.
BUXORO - LOKOMOTIV
8 noyabr. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 14:00
Hakamlar: V.Ceytlin, R.Ilyasov, M.Saidqosimov, I.Ibragimov
Nazoratchi: B.Galeev.
Natijalar “Lokomotiv”ning kichik ustunligini ko'rsatmoqda. 6 ta o'yinda “Lokomotiv”, 5 ta o'yinda “Buxoro” g'alaba qozongan. 4 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Temiryo'lchilar” o'zaro o'yinlarda 27 bor raqib darvozasiga yo'l topa olishgan. “Buxoro” esa 22 bor gol kirita olgan. Toshkent klubi o'zaro o'yinlarda 22 ochkoni qo'lga kiritgan, “Buxoro” esa 19 ochko jamg'argan. “Loko”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1. Buxoroliklarning eng yirik g'alabasi esa 3:1.
Dastlabki davraning 1-turida Toshkentda tashkil etilgan o'yinda “temiryo'lchilar” bu raqib ustidan yirik g'alabani tantana qilishgan – 5:1. Farhod va Zayniddin Tojiev dublga erishishgan, Ivan Nagev bir bor “Buxoro” darvozasiga yo'l topgan. Mehmon jamoa safida Aleksey Nikolaev o'zini ko'rsatgan edi.
Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
19.05.2012 Buxoro - Lokomotiv 1:1
14.08.2009 Buxoro - Lokomotiv 2:3
01.03.2008 Buxoro - Lokomotiv 0:0
15.08.2007 Buxoro - Lokomotiv 1:0
24.08.2006 Buxoro - Lokomotiv 1:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Buxoroda bo'lib o'tgan 7ta o'yinning ikkitasida mezbonlar muvaffaqiyat qozonishgan. To'rt bor durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” bu jamoa maydonidan faqat bir bor (2009 yil) g'alaba qozonib qaytgan. So'nggi uchta o'yinda “Buxoro” o'z uyida bu raqibni enga olmagan.

Fikrlar