Pike: “Ishlarimiz besh”
07 noy 2013 19:05
Yangiliklar


Pike: “Ishlarimiz besh”
“Barselona” klubi himoyachisi Xerard Pike, CHempionlar ligasi o'yinlari doirasida “Milan”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinni (3:1) izohlab o'tdi.
“Ajoyib o'yin o'tkazdik, ko'plab vaziyatlar hosil qila oldik. Fikrimcha “Milan” faqatgina bir marotaba bizning darvoza tomon zarba bera oldi. Bazi vaziyatlarda gol kiritishga juda yaqin edik, biroq hujumni samarali yakunlay olmadik. Nima bo'lganda ham biz olg'a siljishda davom etayapmiz, shu sababli ishlarimiz besh.
Mavsum davomida biz o'yin tempini yanada oshirib boramiz. Murabbiy ham o'yindan o'yinga talabchan bo'lib borayapti. Biz esa uning ko'rsatmalarini yaxshi qabul qilgan holda, ko'ngildagidek bajarishga harakat qilamiz”, - deydi Pike.

Fikrlar