Petr CHex APLdagi faoliyatida eng xavfli raqib o'yinchisi kim bo'lganini aytdi
11 may 2020 01:12
Yangiliklar


Petr CHex APLdagi faoliyatida eng xavfli raqib o'yinchisi kim bo'lganini aytdi
"CHelsi" va "Arsenal" sobiq darvozaboni Petr CHex Premer-ligadagi faoliyati davomida kim bilan to'qnash kelganda qiyinchilikka duch kelganini malum qildi.
"Bu - Ueyn Runi. "Manchester Yunayted" bilan o'yinlarda Runi har safar to'pga egalik qilganida xushyorlikni oshirardim, chunki u oldindan aytib bo'lmaydigan darajada o'ynardi, juda aqlli edi.
U maydonda bosim o'tkazishi, jiddiy ravishda kurashishi, tezroq yugurishi va aniq zarba bera olishi mumkin. Agar darvozadan uzoqqa chiqib ketsangiz, Ueyn maydon markazidan to'pni darvozaga kirita olardi", - deydi CHex.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar