Pep Rodrining qizil kartochkasi haqida: "U kechirim so'radi. Emociyalarni nazorat qila bilish kerak"
23 sen 2023 22:36
Yangiliklar
Pep Rodrining qizil kartochkasi haqida: "U kechirim so'radi. Emociyalarni nazorat qila bilish kerak"
Pep Gvardiola "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrining chetlatilishi haqida fikr bildirdi.
"Siti" uyida "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi (2:0). Rodri o'yin payti Morgan Gibbs-Uaytni tomog'idan bo'g'gani uchun birinchi bo'limda chetlatildi.
"Rodri qilgani ishi uchun kiyinish xonasida jamoadoshlaridan uzr so'radi.
U emociyalarini nazorat qila bilishi lozim. Men sariq kartochka olishim mumkin, ammo Rodri qizil kartochka olishi mumkin emas.
Men futbol o'ynamayman, maydondagilar hissiyotlarini jilovlay olishi kerak" - deydi murabbiy.
Fikrlar