Pele: “Menezes Braziliya termasida ko'p tajriba o'tkazdi”
08 noy 2013 12:42
Yangiliklar


Pele: “Menezes Braziliya termasida ko'p tajriba o'tkazdi”
Futbol qiroli Pele, Jahon chempionati-2014 musobaqasida terma jamoalarning imkoniyatlari xususida to'xtalib o'tdi, deb xabar beradi Janubiy Amerika OAV.
“Biz Italiya terma jamoasini va qo'shnimiz bo'lgan argentinaliklarni ham unutmasligimiz kerak. Evropa terma jamoalaridan eng kuchlisi Germaniya hisoblanadi deb o'ylayman. Braziliya terma jamoasiga keladigan bo'lsak, boshida jamoa bizni birmuncha qo'rqitib qo'ydi. Manu Menezes jamoani ikki yil boshqardi va shu davr mobaynida termada kerakli poydevor yarata olmadi. Eng yaxshi braziliyalik futbolchiliar endilikda evropada to'p surishmoqda. Menezes bo'lsa har bir o'yinda tajriba o'tkazishda davom etaverdi. Bu esa jamoaga salbiy tasir ko'rsatdi”, - deya takidladi Pele.

Fikrlar