So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  54 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  29 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  13 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  71 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  7 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0

Payshanba - muxlis minbari. OCHL pley-offidagi muvaffaqiyatsizlikka nima sabab? Yangiliklar

Payshanba - muxlis minbari. OCHL pley-offidagi muvaffaqiyatsizlikka nima sabab?

Kuni kecha saytimizda elon qilingan rukn borasida kelgan xatlarni etiboringizga taqdim etamiz.
Mag'lubiyat bilan, mag'lubiyatning farqi bor. Gap shundaki, Nasaf jamoasi 5:ga emas hech bo'lmasa 2:ga yutqazganidaham bir ammalab raqib kuchliligi va hali mavsum boshlanmaganligini eslab o'zimizni ovuntira olar edik.
Nasafku mayli.Hozirgi  Nasaf OFK Kubogi sohibi bo'lgan davrdagisidan ancha bo'shashib qoldi. Lekin Lokomotiv jamoasini bu yili OCHLda kamida yarim finalgacha etib boradi deb o'ylgan edim. Balki, I.Nestorov, M.Bikmaev,F.Tojiev kabi futbolchilarning jarohati bo'lmaganida quvaytliklar bizni emas, biz ularni 3:1ga dog'da qoldirgan bo'lar edik.
Lokomotiv jamoasini transferlari haqiqatda ham zo'r bo'ldi. Avvalo men futbol muxlisi sifatida mana shunday jamoani shakillantirib bergan, shuncha futbolchilarga mablag'ni ayamasdan, ajoyib baza, stadion, xorij yig'inlarini tashkil etgan jamoaning rahbariyatiga rahmat aytaman. Rahbariyat qo'lidan nima kelsa, barini ortig'i bilan bajardi. Tahminimcha, Hakim Fuyzaiylovni og'zidan qaysi futbolchining ismi chiqgan bo'lsa, transfer qilindi. Lekin bari-bir shuncha harajatga, shuncha mehnatga yarasha natija bo'lmadi. Demak, to'liq ayb murabiylar shtabida.
OCHLda qatnashadigan klublarimiz mavsum boshlanmaganligini inobatga olib, xorijda 4 jamoadan iborat kichik turnir tashkil etsalar bo'lardi.
Nima bo'lganda ham hayot davom etadi. Bir necha oydan keyin Lokomotivni jarohatlangan futbolchilari to'liq safga qaytadilar. Vadim Abramov Lokomotiv bosh murabiyi bo'lishi mumkinligi haqida o'qidim. Aytishim mumkunki, shunday bo'lsa, bu faqat yaxshilikka bo'lardi. Oliy ligada bu yil Qosimov va Abramov qarama-qarshiligini ko'rarmidik?

Ulug'bek Xudoyberganov


Muhriddin Zayniddinov ham Lokomotivning mag'lubiyatiga asosiy aybdor sifatida Hakim Fuzaylovni ko'rsatgan. Ibrohim Ikromov esa qisqa va lo'nda shunday deydi: OFK 100% to'g'ri qaror qilibdi, bizning kvotalarimizni qisqartirib.

O'z nomini qoldirmagan o'quvchimiz esa shunday yozadi:
Lokomotiv va Nasaf klubi murabbiylari taktik hatolarga yo'l qo'yishdi. Menimcha avvalo PFLni isloh qilish kerak. Qachonki bizda yaxshi chempionat bo'ladi, shunda OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etamiz. Boz ustiga shaxsan PFL rahbari kelishilgan o'yinlar mavjud ekanligini ochiq oydin tan olib turibdi. Qolaversa bizda PROga ega bo'lgan murabbiylarni ko'pi licenziyaga munosib emaslar. Murabbiylar ham saviya jihatidan raqiblarimizning murabbiylaridan orqada. Klublar olib kelayotgan legionerlarning biografiyasiga qarasak, deyarli har yili klub almashtirgan futbolchilar. CHet elda 17-18 yoshli yigitchalarga millionlab evro sarflanayotgan pallada, bizda 22-25 yoshli futbolchilarni "yosh va umidli" deb zaxirada ushlab o'tiriladi.

O'ktam Pardaevning fikrlari ham qiziq:
1.
O'yin amaliyoti kam bo'ldi. (Biz nega murabbiy V.Abramovni Osiyo Kubogi 2011dagi yutug'larini
tahlil qilmaymiz. V.Abramov Osiyo Kubogi boshlanishidan avval bir nechta xorijiy yig'inlarni tashkil etdi. Futzal milliy terma jamoasi, xorij klublariga qarshi 10dan ortiq o'yinlar o'tkazdi). Z-4ta klub bilan o'rtoqlik uchrashuvlari kamlik qiladi.
2. Xorijdan (Evropa) taniqli murabbiy jalb qilish kerak. Bu murabbiylar klublarimiz o'yinchilarini ham taktik,ham jismonan, ayniqsa ruhan kuchli bo'lishiga turtki bo'ladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика