So’nggi yangiliklar

21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  0 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  6 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  23 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   16 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  54 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  54 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0

O'tgan mavsum kashfiyoti Asadbek Sobirjonov bu yil kim kashfiyot bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi Yangiliklar

O'tgan mavsum kashfiyoti Asadbek Sobirjonov bu yil kim kashfiyot bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi

Huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan yosh va iqtidorli futbolchi Asadbek Sobirjonov avvalgi mavsumni ijara asosida “Buxoro”da o'tkazganidan xabaringiz bor.

O'zining iqtidorini va mahoratini namoyon qilgan yarim himoyachi 2020 yil boshida “Paxtakor”ga qaytib, yangi mavsumga jamoa bilan birga tayyorgarlik ko'rdi. Asosiy tarkib uchun kurashayotgan o'yinchi bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“2019 yilda ijara shartnomasi asosida “Buxoro”da o'ynab qaytdim. U erda yaxshi va mazmunli mavsumni o'tkazdim deya olaman. Olimpiya terma jamoasiga chaqirildim, muxlislar etiboriga tushdim. Natijada “Paxtakor”ga qaytdim. Bu yil ham ijarada to'p tepmoqchi edim. Lekin, murabbiylar jamoada qolishimni va menga imkoniyat berishlarini aytishdi. Klubda raqobat kuchli. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi.

Buxoroda ikki nafar murabbiy bilan ishlashga ulgurdim. Birinchi davrada Baxtiyor aka Ashurmatov jamoani shakllantirishga harakat qildilar. Menimcha, qo'l ostilarida yomon tarkib jamlanmagandi. Omadmi yoki tajribami bizga etishmadi deb o'ylayman. Ko'p o'yinlarda kichik hisobda engildik. Muhsin Muhammadiev legionerlar hisobiga jamoani kuchaytirdi. Ushbu murabbiy jamoani Superligada olib qolishni uddasidan chiqdi. Bu ikki mutaxassisdan ko'p narsa o'rgandim. Umuman olganda katta futbolga aynan shu erda qadam qo'ydim. Ijarada o'ynash faqat mening foydamga ishladi deyishim mumkin. Bir yil ichida ancha o'sishga erishdim.


Yangi mavsumga “Paxtakor” bilan yuqori darajada hozirlik ko'rdik. Abu-Dabi shahrida ikki hafta davomida yig'inni olib bordik. Bu jamoada ajoyib murabbiylar shtabi yig'ilgan. Mashg'ulotlar jarayoni umuman boshqacha. SHota Arveladze futbolchilardan maksimal darajada ishlashni talab qiladi.

Karantinda hamma qatori oilam davrasidaman. Zerikkan paytlarimda turli janrdagi kinolar ko'ryapman, kitob mutolaasi bilan band bo'lmoqdaman. Murabbiylar bilan deyarli har kuni aloqadamiz. Mashg'ulotlar barchasi dasturga amal qilingan holda onlayn tarzda olib borilmoqda. Hammasi yana o'z iziga tushishiga oz qoldi. Faqat, yana ozgina sabr qilsak bo'lgani.

Fikrimcha, ushbu mavsumda AGMK klubi sharafini himoya qilayotgan Hojimat Erkinov kashfiyot bo'lishi mumkin”,- deydi Sobirjonov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика