Kamoliddin Tojiev: "Chiroyli o'yin bo'ldi, g'alaba uchun hammaga rahmat"
04 okt 2025 21:22
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Chiroyli o'yin bo'ldi, g'alaba uchun hammaga rahmat"
Superliga 24-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Bahs qiyin kechishini bilardik. Agar o'yin boshida gol urib olsak qolgani biz uchun yaxshi bo'ladi deb futbolchilarga aytgandik. "Buxoro" jamoasining oxirgi o'yinlarini ko'rib chiqqandik. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatish bilan birga yaxshi himoyalanyapti ham. Chiroyli o'yin bo'ldi, g'alaba uchun hammaga rahmat.
- Bugungi bahsda Hojiakbar Alijonov muxlislar tomon ko'p etiroz bildirdi hamda turli ishoralar qildi. Bunga sabab nima?
- Sababini bilmayman, o'zidan so'rab ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar