So’nggi yangiliklar

11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  1 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  0 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  2 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  3 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  36 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0

Osiyo kubogi-2007. Yon hakam tufayli yarim finaldan quruq qolgan O'zbekiston, aholisining halokatiga olib kelgan g'alaba, chiroqsiz qolgan stadion hamda ichkilikbozlik qilgan futbolchilar to'g'risida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-2007. Yon hakam tufayli yarim finaldan quruq qolgan O'zbekiston, aholisining halokatiga olib kelgan g'alaba, chiroqsiz qolgan stadion hamda ichkilikbozlik qilgan futbolchilar to'g'risida hikoya qilamiz

Iroqning 11 nafar futbolchisi mamlakat parlamenti qila olmagan ishni uddaladi.

14-Osiyo kubogiga birato'la to'rt mamlakat — Indoneziya, Malayziya, Tailand va Vetnam mezbonlik qilgan. Avvallari turnir har to'rt yilda bir marotaba o'tkazilgan bo'lsa, Osiyo futbol konfederaciyasi 2004 yilgi Xitoydagi musobaqadan keyingi qita birinchiligini 2007 yil o'tkazishga qaror qildi. Buning sababi esa 2008 yilda Evropa chempionati hamda Olimpiya o'yinlari o'tkazilardi va bu qaror ushbu yirik sport musobaqalari bilan bir vaqtda o'tkazilmasligi uchun qabul qilindi.

7–29 iyul kunlari tashkil etilgan turnirni butun dunyo bo'ylab 650 million tomoshabin kuzatdi. Takidlash joiz, 2006 yil OFK tarkibiga qo'shilgan Avstraliya terma jamoasi ilk bor Osiyo kubogi final bosqichiga chiqdi. O'zbekistonlik yon hakam Viktor Serazitdinov ham musobaqaga chaqirildi.

Musobaqani to'rt mamlakatda o'tkazishni 2004 yil o'sha paytdagi OFK Prezidenti Muhammad Bin Hammam taklif qildi. Biroq keyinchalik u bu qaroridan afsusda ekanligini aytib, to'rt mamlakatda futbol tadbirlarini o'tkazishdagi moliyaviy va logistik muammolarni keltirdi hamda buni o'zining xatosi deb aytdi. Qolaversa, Tailand turnir boshlanishi arafasiga qadar tayyorgarlik borasida sustkashlikka yo'l qo'ydi.

Musobaqa rasmiy to'pi Nike kompaniyasi tomonidan 2007 yil 15 may kuni taqdim etilgan.

"A" guruhida 2004 yilgi Olimpiya o'yinlarida to'rtinchi, 2006 yilgi Osiyo o'yinlarida ikkinchi o'rinni egallagan, biroq mamlakatdagi urush girdobidan kelgan Iroq peshqadam sifatida pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Debyutant Avstraliya esa ikkinchi o'rinni egalladi.

Iroqda turnirga tayyorgarlik yaxshi bo'lmadi. Mamlakatda notinchlik hukm surardi. Turnir boshlanishidan ikki oy ilgari bosh murabbiy etib tayinlangan braziliyalik murabbiy Jorvan Veyraning ham taqdiri qil ustida edi. Janubiy Koreyadagi yig'in doirasida O'zbekistonga 0:2 hisobida imkoniyat boy berildi.

"Iroqdagi urush natijasida ko'plab futbolchilar o'z yaqinlaridan judo bo'ldi. Dastlabki mashg'ulotimizga bor-yo'g'i olti nafar futbolchi tashrif buyurdi. Fizioterapevtimiz Bangkokga kelishimizdan ikki kun ilgari Bag'dodda bomba portlashi oqibatida halok bo'ldi. Bangkokga etib kelgach, aeroportda ikki futbolchimiz immigraciya xodimlari tomonidan sakkiz soat hibsda ushlab turildi. Bizda shug'ullanish uchun kerakli jihozlar etishmasdi. Oziq-ovqat va mehmonxonalarni band qilishda muammoga duch keldik. Bu dahshatli tush edi", degandi Veyra jamoadagi muhit to'g'risida.

Musobaqa ham ko'ngildagidek boshlanmadi: Iroq 6 daqiqa ichida Tailanddan gol qabul qilib oldi. Ushbu o'yin esa durang natija bilan yakunlandi. Keyingi o'yinda esa Avstraliya mag'lub etildi. So'nggi bahsda O'mon bilan 0:0 hisobi qayd etildi.

"B" guruhida Yaponiya o'z ustunligini namoyish etgan holda etakchiga aylandi. To'rt mezbon ichida faqatgina Vetnam keyingi bosqichga chiqishni uddaladi.

"C" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichida Qatar, Gonkong va Bangladesh bilan bir guruhdan joy olgan. Bangladesh ikkala o'yinda ham yirik hisoblarda mag'lub etilgan. Gonkong esa biz uchun haqiqiy bosh og'riq bo'la olgan. Toshkentda 2:2, safarda 0:0 hisoblari qayd etilgach bosh murabbiy Valeriy Nepomnyashiy saralash bahslari tugagach istefo bergan edi. Buning ustiga safarda Qatarga yutqazib qo'ygandik - 1:2. Oxirgi turda Toshkentda Osiyo Kubogiga chiqib bo'lgani uchun ikkinchi tarkibi bilan kelgan Qatar 2:0 hisobida mag'lub etilgani uchun yo'llanmaga ega bo'lganmiz. 

Saralashni Valeriy Nepomnyashhiy  boshchiligida o'tkazgan, qiyinchilik bilan yo'llanmani qo'lga kiritgan terma jamoaga Rauf Inileev murabbiy etib tayinlanadi. Bir yil avval Qatardagi Osiyo o'yinlarida yoshlar terma jamoasi bilan yaxshi taassurot qoldirgan mutaxassisga ishonch bildirildi. O'zbekiston terma jamoasi musobaqaga so'nggi tayyorgarlik bosqichini Janubiy Koreyada olib bordi. U erda Iroq (2:0) va Janubiy Koreya (1:2)ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi.

Rauf Iniliev xorijlik o'yinchilar bilan bir qatorda Olimpiya terma jamoasining besh nafar futbolchisini jalb etdi. "Jamoamizning 8 nafar azosi so'nggi Osiyo kubogida ishtirok etdi, ammo ushbu turnirda eng yosh jamoalardan birimiz. Jamoamizning kuchi meni tashvishga solmaydi. Jamoadagi muhit ajoyib, futbolchilar o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi. Bizning o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz bor va ularga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Ilk maqsadimiz — guruhdan chiqish", dedi Iniliev.

O'zbekiston terma jamoasi tarkibi

Darvozabonlar: 1.Pavel Bugalo ("Quruvchi"), 12.Ignatiy Nesterov ("Paxtakor"), 21.G'ayrat Hasanov ("Neftchi").

Himoyachilar: 2.Xayrulla Karimov ("Mashal"), 3.Botir Qoraev ("Mashal"), 4.Aziz Ibragimov ("Slovan", Slovakiya), 6.Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), 14.Viktor Karpenko ("Quruvchi"), 17.Aleksey Nikolaev ("Aktobe", Qozog'iston), 19.Islom Inomov ("Paxtakor"), 23.Vitaliy Denisov ("Dnepr", Ukraina), 28.Anvar G'ofurov ("Mashal").

Yarim himoyachilar: 7.Aziz Haydarov ("Lokomotiv"), 8.Server Jeparov ("Paxtakor"), 13.Hikmat Hoshimov ("Nasaf"), 18.Timur Kapadze ("Paxtakor"), 20.Eldor Magdeev ("Paxtakor"), 22.Iqbol Akramov ("Neftchi").

Hujumchilar: 9.Pavel Solomin ("Saturn", Rossiya), 10.Ulug'bek Bakaev ("Tobol", Qozog'iston), 11.Marat Bikmaev ("Rubin", Rossiya), 15.Aleksandr Geynrix ("Paxtakor"), 16.Maksim SHackix ("Dinamo Kiev", Ukraina).

Eronga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida Rauf Iniliev va Aziz Haydarov ishtirok etdi.

"Agar birinchi o'yinda Eron terma jamoasi bilan durang o'ynay olsak, biz uchun yaxshi natija bo'ladi. Balki bizning kuchimiz Eron bilan teng emasdir, ammo baribir kuchli jamoamiz", dedi Iniliev.

"Eron terma jamoasi standart vaziyatlar orqali gol urish qobiliyatiga ega, biroq o'z o'yinimizni namoyish eta olsak, muvaffaqiyatga erishamiz. Muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", dedi Haydarov.

Eron termasiga qarshi ilk uchrashuvda avtogol evaziga biz hisobda oldinga chiqib olgandik. Ikkinchi taymda forslar ikkita gol urib irodagi g'alabaga erishgandi - 2:1.

Osiyo kubogi - 2007

Guruh bosqichi. 1-tur. 

11.07.2007. Kuala-Lumpur. "SHoh Alam" stadioni. 1863 tomoshabin.

Eron - O'zbekiston 2:1

Bosh hakam: Al Fadli Saad (Kuvayt)

Gollar: J. Husayniy, J. Qozimiyan - R. Rizoiy (a.g.)

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Xayrulla Karimov, Aleksey Nikolaev, Vitaliy Denisov, Pavel Salomin (Marat Bikmaev), Aziz Ibragimov, Islom Inomov, Aziz Haydarov (Hikmat Hoshimov), Server Jeparov, Timur Kapadze, Ulug'bek Bakaev (Aleksandr Geynrix)

Zahira: Botir Qoraev, Anzur Ismoilov, Ignatiy Nesterov, Ildar Magdiev, G'ayrat Hasanov, Iqbol Akramov, Viktor Karpenko, Anvar G'ofurov

Bosh murabbiy: Rauf Inileev.

SHackixsiz o'tgan va Eronning hozirgi ustozi maydondan chetlatilgan Osiyo kubogi uchrashuvini yodga olamiz


"Har qanday yirik musobaqaning dastlabki o'yinini o'tkazish qiyin. Bugungi o'yinda o'tkazib yuborilgan ikkita goldan tashqari shogirdlarim juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ayniqsa, Nikolaevning ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bergani juda achinarli. Eron — kuchli jamoa, ularning guruhdan chiqish imkoniyati yuqori", degandi Iniliev o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

Ikkinchi turda mezbon Malayziya 5:0 hisobida tor-mor etilgandi. 

Osiyo kubogi - 2007

Guruh bosqichi. 2-tur. 

14.07.2007. Kuala-Lumpur. "SHoh Alam" stadioni. 7137 tomoshabin.

Malayziya - O'zbekiston 0:5

Bosh hakam: Abdurahmon Abdu (Qatar)

Gollar: Maksim SHackix 10, 89, Timur Kapadze 30, Ulug'bek Bakaev 45+2, Aziz Ibragimov, 85

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Xayrulla Karimov, Anzur Ismoilov (Aziz Ibragimov,50), Aleksey Nikolaev, Islom Inomov, Vitaliy Denisov (Pavel Solomin,68), Viktor Karpenko, Server Jeparov,  Timur Kapadze, Ulug'bek Bakaev (Aleksandr Geynrix,63), Maksim SHackix


So'nggi turda Xitoy bilan o'zaro bahsda ikkinchi o'rin taqdiri hal bo'lgan. Xitoy bosh murabbiyi CHju Guanxu o'yindan avval bo'lajak to'qnashuvda ikkita natijadan biriga erishamiz: musobaqani tark etish yoki chorak finalga yo'l olish deya takidlagandi. 

"Mart oyida Xitoy termasiga mag'lub bo'lganimiz bizga tasir o'tkazmaydi, chunki biz o'sha paytdagi O'zbekiston emasmiz. U shunchaki o'rtoqlik darajasidagi o'yin edi, hozir esa Osiyo kubogi doirasida to'qnash kelamiz", dedi Iniliev o'yindan avvalgi matbuot anjumanida.

O'yinda vakillarimiz so'nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga 3:0 hisobida zafar quchib, chorak finalga chiqishgan edi.

Osiyo kubogi - 2007

Guruh bosqichi. 3-tur. 

18.07.2007. Kuala-Lumpur. "SHoh Alam" stadioni. 2200 tomoshabin.

O'zbekiston - Xitoy 3:0

Bosh hakam: Al Fadli Saad (Kuvayt)

Gollar:  Maksim SHackix 72, Timur Kapadze 86, Aleksandr Geynrix 90+8

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Xayrulla Karimov, Aleksey Nikolaev, Anvar G'ofurov, Aziz Xaydarov, Vitaliy Denisov (Viktor Karpenko,63), Aziz Ibragimov (Pavel Solomin,90), Server Jeparov, Timur Kapadze, Ulug'bek Bakaev (Aleksandr Geynrix,46), Maksim SHackix


CHju Guanxu uchrashuvdan keyin jamoa sardori Server Jeparovni alohida takidlab, O'zbekistonning o'yini aynan ushbu futbolchi asosida qurilishini aytib o'tdi.

"D" guruhida esa Saudiya Arabistoni 1-o'rin uchun kurashda Janubiy Koreyani ortda qoldirdi.

Ikki jamoaning 1-turdagi to'qnashuvi yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda stadionda chiroq o'chib qoldi. SHu sababli uchrashuv salkam yarim soat to'xtatildi.

Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari turnir davomida o'yinlari bilan emas, boshqa jihatlari bilan ko'proq yodda qoldi. Jamoa yulduzi Park Ji Sun jarohati sababli musobaqada ishtirok etmadi. Qolaversa, turnir davomida jamoaning to'rt nafar azosi Li Vun CHje, Vu Seong Yong, Kim Sang Sik va Li Dong Guk ruxsatsiz lagerni tark etib, Indoneziyadagi mahalliy barda spitrli ichimliklar istemol qilgan. Keyinchalik Koreya futbol associaciyasi ularni bir yilga terma jamoadan chetlatgan.

Guruh bosqichi

“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Iroq

3

1

2

0

4:2

5

Avstraliya

3

1

1

1

6:4

4

Tailand

3

1

1

1

3:5

4

Ummon

3

0

2

1

1:3

2


“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

2

1

0

8:3

7

Vetnam

3

1

1

1

4:5

4

BAA

3

1

0

2

3:6

3

Qatar

3

0

2

1

3:4

2


“C” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Eron

3

2

1

0

6:3

7

O'zbekiston

3

2

0

1

9:2

6

Xitoy

3

1

1

1

7:6

4

Malayziya

3

0

0

3

1:12

0


“D” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Saudiya Arabistoni

3

2

1

0

7:2

7

Janubiy Koreya

3

1

1

1

3:3

4

Indoneziya

3

1

0

2

3:4

3

Bahrayn

3

1

0

2

3:7

3


CHorak finalda Rauf Inileev shogirdlari 2006 yil Germaniyadagi mundial ishtirokchisi Saudiya Arabistoniga ro'baro' keladi. 

Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matubot anjumanida Rauf Iniliev bilan bir qatorda Xayrulla Karimov ishtirok etdi.

"Bugungi o'yinda faqat bitta g'olib bo'ladi. Qo'shimcha vaqt bo'ladimi yoki penaltilar seriyasi, nima bo'lishidan qati nazar, g'alaba qozonishga tayyormiz", dedi Iniliev.

Saudiya Arabistonining braziliyalik bosh murabbiyi Elio Dos Anjos o'yindan oldin O'zbekistonning imkoniyatlarini yuqori baholadi:

"O'zbekiston biz uchun qiyin raqib. Ular guruh bosqichida kuchli o'yin namoyish etishdi. Buni Xitoyga qarshi bellashuv misolida guvoh bo'lish mumkin. Hozirgi Saudiya terma jamoasi yosh, guruh bosqichida ham barqaror o'yin ko'rsata olmadik. Lekin biz chorak finaldamiz va yangi marralar sari bor kuchimizni ishga solamiz."

Uchrashuv davomida Maksim SHackixning toza goli singapurlik yon hakamning sustkashligi tufayli ofsayd sifatida qayd etilib, inobatga olinmaydi. O'yin esa 2:1 hisobida saudiyaliklar foydasiga hal bo'ldi. 

Osiyo kubogi – 2007. CHorak final.
22.07.2007. Jakarta “Gelora Bung Karno” stadioni, 12000 tomoshabin
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston – 2:1
Hakam
: Kvon CHjon CHul (Janubiy Koreya)
Gollar: Yosir Al Qahtoniy (3), Al Muso (75) – Pavel Salomin (82).
O'zbekiston: 12. Ignatiy Nesterov, 2. Xayrulla Karimov, 4. Aziz Ibragimov, 17. Aleksey Nikolaev, 23. Vitaliy Denisov, 28. Anvar G'ofurov (15. Aleksandr Geynrix, 46), 7. Aziz Haydarov (9. Pavel Salomin, 78), 8. Server Jeparov, 18. Temur Kapadze (26. Viktor Karpenko, 57), 19. Islom Inomov, 16. Maksim SHackix


OFKning o'sha vaqtdagi prezidenti Muhammad Bin Hammam o'yindan so'ng hakamlarning xatosi uchun uzr so'rab maktub yo'lladi. Yil yakunida esa Rauf Inileev Osiyoning eng yaxshi murabbiyi deb etirof etildi. Qolaversa, Aziz Haydarov yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan o'rin oldi.

CHorak final
Yaponiya - Avstraliya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:3)
Gollar
: Takaxara 72 - Aloizi 70

Iroq - Vetnam 2:0
Gollar:
Yunus Mahmud 2, 65

Eron - Janubiy Koreya 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 2:1
Gollar:
Yosir Al Qahtoni 3, Al Musa 75 - Pavel Solomin 82

Yarim finalda Iroq va Janubiy Koreya o'rtasidagi bahsda hisob ochilmagan. Penaltilar seriyasida iroqliklar omadliroq chiqishgan — 4:3. 

Biroq g'alaba Iroq uchun omadli bo'lmadi. Mamlakat poytaxti Bag'dod shahrida Iroqning Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g'alabasini nishonlashga chiqqan aholi yig'ilgan hududda ikkita portlash sodir bo'lgan, buning oqibatida kamida 50 kishi halok bo'ldi, yana 135 kishi jarohat oldi. Iroqliklar ko'zda yosh bilan televizor orqali jarayonni kuzatar ekan, 12 yoshli farzandidan ayrilgan onaning faryodiga guvoh bo'lishdi. Volida Iroq terma jamoasi Osiyo kubogidan qaytmaguncha o'g'lini dafn qilmaslikka so'z berdi. Bu ham terma jamoa azolarini faqat va faqat g'alaba qozonishga undadi.

Amaldagi chempion Yaponiya yarim finalda Saudiya Arabistoniga 2:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.

Yarim final
Iroq - Janubiy Koreya 0:0 (penaltilar seriyasi 4:3)


Yaponiya - Saudiya Arabistoni 2:3
Gollar:
Nakazava 37, Abe 53 - Yosir Al Qahtoni 35, Muaz 47, 57

Uchinchi o'rin uchun o'yin
Janubiy Koreya - Yaponiya 0:0 (penaltilar seriyasi 6:5)

FINAL
IROQ - SAUDIYA ARABISTONI 1:0
29 iyul 2007. Jakarta. "Gelora Bung Karno". 60000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Mark SHild (Avstraliya)
Gol: Yunus Mahmud 73

Iroq: Nur Sabri, Jassim G'ulom, Bosim Abbos (Ali Abbos, 89), Nashat Akrom, Yunus Mahmud, Xavar Mulla Muhammad, Karrar Jassim (Ahmad Mnajed, 83), Haydar Abdul Amir, Ali Rehema, Mahli Karim (Ahmad Abid Ali, 90), Qusay Munir.
Bosh murabbiy: Jorvan Vieyra (Braziliya)

Saudiya Arabistoni: Yosir Al Musaylim, Osama Xavsavi, Komil Al Musa, Malik Muaz, Saud Kariri, Ahmad Al Bahri (Saad Al Xatri, 84), Xolid Aziz, Taysir Al Jassim (Abdu Otayf, 76), Abdulrahmon Al Qahtoni (Ahmad Al Musa, 46), Valid Jahdali, Yosir Al Qahtoni.
Bosh murabbiy: Xelio Dos Anjos (Braziliya)

Jakartadagi "Gelora Bung Karno" stadionida o'tgan hal qiluvchi bahsda ikki braziliyalik murabbiy boshchiligidagi ikki arab jamoasi to'qnash keldi. Butun musobaqa davomida mardonavor o'yin ko'rsatgan Iroq finalda Yunus Mahmud tomonidan urilgan yagona gol evaziga Osiyo chempioni bo'lgan edi — 1:0. Iroqliklar ustozi Jorvan Vieyra esa musobaqa qahramoniga aylangandi. Finalda gol urgan Yunus Mahmud keyinchalik "Bu gol menga emas, butun Iroq xalqiga tegishli" deb aytgandi.

SHuningdek, Yunus Mahmud 2007 yilgi Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bundan tashqari, u 4 ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgandi. SHunga qaramay, yil yakunida qitaning Mahmud emas, Saudiya Arabistoni vakili Yosir Al Qahtoni eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2007 yilgi "Oltin to'p" uchun kurashda esa Iroq yulduzi 29-o'rinni egalladi.

Britaniyaning "The Guardian" gazetasi ushbu muvaffaqiyat to'g'risida shunday yozgan: "Iroq ilk bor Osiyo kubogini qo'lga kiritgan kuni iroqliklar birlashgan edi. 11 nafar futbolchi Iroq parlamenti qila olmagan narsani uddaladi, yani xalqni birlashtirdi hamda odamlarning ko'z yoshlari va iztiroblari o'rniga ularning yuzida quvonch paydo qila oldi."

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
32ta
Gollar soni: 84ta (o'rtacha 2,63tadan)
Tomoshabinlar tashrifi: 724222 (22632 o'rtacha)
To'purar: Yunus Mahmud (Iroq), Naoxiro Takaxara (Yaponiya), Yosir Al Qahtoni - 4tadan gol
Eng yaxshi futbolchi: Yunus Mahmud (Iroq)
Feyr-pley sovrini: Yaponiya

Osiyo Kubogi-2007 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon:
Li Vun Ja (Janubiy Koreya)
Himoyachilar: Yuji Nakazava (Yaponiya), Lukas Nill (Avstraliya), Bosim Abbos (Iroq), Rahmon Rizoyi (Eron)
Yarim himoyachilar: SHunsuke Nakamura (Yaponiya), Xarri Kyuell (Avstraliya), Li CHun Su (Janubiy Koreya), Nashat Akrom (Iroq)
Hujumchilar: Yosir Al Qahtoni (Saudiya Arabistoni), Naoxiro Takaxara (Yaponiya) 


Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi 

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1992. 56 yoshida faoliyatini davom ettirayotgan eng yaxshi futbolchi, legioner Ramos, o'yinchilarini almashtirmagan hamda raqib mag'lubiyati uchun 500 dollar bermoqchi bo'lgan murabbiy haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1996. Debyutant O'zbekiston, uning dimog'dor va karta o'ynaydigan raqiblari hamda tayinlanganidan ikki oy o'tgach, chempionga aylangan murabbiy haqida hikoya qilamiz 

Osiyo kubogi-2000. Braziliyaliklardan iborat mezbon, O'zbekistonning sharmandali natijasi hamda Qosimovdan supergol 

Osiyo kubogi-2004. Debyutant Ermatov va ustasi o'zbek Qosimov, yoqib yuborilgan bayroqlar hamda penaltilar seriyasi o'rtasida darvozani almashtirgan hakam to'g'risida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика