So’nggi yangiliklar

01:18Родри. Футбол мавжудлиги учун шукрона айтаман (мутолаа учун)  0 00:40Европа Лигаси. Жарима майдончасида ёлғиз қолган Кевин Маккалистер "Рома"ни ранжитди  9 00:36Европа Лигаси. "Манчестер Юнайтед" - ПАОК: Асосий таркиблар маълум  0 23:59Дешам нима сабабдан Килиан Мбаппени термага чақирмаганини айтди   2 23:55Ибрагимович Флорентино Пересга: "Респект"   1 23:42Алаба тўп билан машғулотларга киришди  0 23:30Эрнан Креспо "Ал Айн"дан кетди!  0 23:22"Милан" Рейндерс билан шартномани узайтириш бўйича ишларни олиб бормоқда  0 23:15Мусаев — Россия Премьер-Лигасининг октябрь ойидаги "Энг яхши мураббийи"!  3 23:04"Интер" ва "Ювентус" бир ҳимоячига қизиқиб қолди  0 22:53Григорий Колосовский: "Самвел Бабаян клуб бошқарувида борлигини айта олишим мумкин"  10 22:37Вадим Абрамов: "Футбол бизни жазолади"  4 22:28Европа Лигаси. "Галатасарой" - "Тоттенхэм": Асосий таркиблар маълум  2 22:10Ямаль 21 ёшгача бўлган футболчилар рейтингида етакчи  13 21:50Европа Лигаси. "Юнион Сент-Жиллуаз" - "Рома": Шомуродов асосий таркибда  9

Osiyo kubogi-2000. Braziliyaliklardan iborat mezbon, O'zbekistonning sharmandali natijasi hamda Qosimovdan supergol Yangiliklar

Osiyo kubogi-2000. Braziliyaliklardan iborat mezbon, O'zbekistonning sharmandali natijasi hamda Qosimovdan supergol

O'zbekistonning guruhdagi raqiblari finalda ishtirok etishdi.

2000 yilgi Osiyo kubogi mezbonligini Xitoy bilan kurashda engib chiqqan Livan qo'lga kiritgan. Musobaqada o'tgan safargidek 12ta jamoa qatnashdi. Bu safar ham 4tadan jamoa uchta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurashdi. Livandagi turnirda mezbonlar bilan birgalikda Saudiya Arabistoni, Xitoy, Indoneziya, Eron, Iroq, Yaponiya, Kuvayt, Janubiy Koreya, Qatar, Tailand va O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etishdi.

Mezbon va amaldagi chempion Saudiya Arabistoni saralashsiz Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishgan. O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi bor qita chempionati final bosqichida qatnashdi.

Saralashda vakillarimiz guruhda BAA, Hindiston, Bangladesh va SHri-Lanka bilan kurash olib borishdi. Guruhda faqat birinchi o'rin sohibigina Livandagi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritar edi. O'tgan Osiyo kubogida finalga qadar etib borgan BAA, albatta, ushbu yo'llanma uchun asosiy davogar edi. Mahmud Rahimov boshchiligidagi terma jamoamiz uchta o'yinda uchta g'alabaga erishdi. Oxirgi turda futbolchilarimiz 21 yoshli Maksim SHackixning yagona goli evaziga mezbon BAAni taslim qilib, yo'llanmaga ega chiqishgandi.

Osiyo kubogi Tripolidagi "Xalqaro Olimpiya", Beyrutdagi “Sports Siti” va Sidondagi "Saida Xalqaro" stadionlarida o'tkazilgan.


Ushbu turnirdan boshlab maskotlar ramzga aylana boshladi. Livandagi Osiyo kubogi ramziga mamlakatdagi fuqarolar urushidan keyin tinchlik, taraqqiyot va hamjihatlik timsolini aks ettiruvchi qush ramzga aylangandi.

Musobaqa mezboni Livan terma jamoasi tarkibni kuchaytirishga jiddiy bel bog'ladi hamda besh nafar braziliyalik futbolchi — Jilberto dos Santos, Luis Fernandes, Marselo Silva, Nyuton de Oliveyra, Jadir Morgenshtern va avstraliyalik Maykl Redani mahalliylashtirdi. SHunga qaramay, Livan ikki durang va bir mag'lubiyat bilan guruhda so'nggi o'rinni egalladi.

O'zbekiston terma jamoasi chinakamiga o'lim guruhidan joy olgan edi. Bizning guruhda 1992 yilgi chempion Yaponiya, 1996 yilgi chempion Saudiya Arabistoni hamda Qatar terma jamoalari joy olishgan edi. Saralashda bosh murabbiy bo'lib ishlagan Mahmud Rahimov 1999 yil dekabr oyida avtohalokat tufayli bu dunyoni tark etgan edi. SHu bois Osiyo kubogi final bosqichiga jamoamizni "Neftchi" ustozi Yuriy Sarkisyan olib borgan edi. Musobaqa Qatar bilan 1:1 hisobidagi durang bilan boshlandi. Bu esa guruhdan chiqish imkoniyatini juda pasaytirib yuborgandi. Mirjalol Qosimov Qatar darvozasiga supergol urgandi.

VIDEO

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi-2000 uchun qaydnomasi: 1.Pavel Bugalo ("Alaniya", Rossiya), 2.Baxtiyor Ashurmatov ("Paxtakor"), 3.Andrey Fyodorov ("Rubin", Rossiya), 4.Mirjalol Qosimov ("Krilya Sovetov", Rossiya), 5.Sergey Lushan ("Rostov", Rossiya), 7.Otabek SHomurodov ("Neftchi"), 8.Nikolay SHirshov ("Rostov", Rossiya), 9.Muxtor Qurbonov ("Paxtakor"), 10.Maksim SHackix ("Dinamo Kiev", Ukraina), 11.Andrey Akopyanc ("Rostov", Rossiya), 12.Davron Fayziev (CSKA, Rossiya), 14.Abdumajid Toirov ("Neftchi"), 15.Sergey Lebedev ("Neftchi"), 16.Narimon Usmonov ("Temiryo'lchi"), 17.Fevzi Davletov ("Do'stlik"), 18.Aleksandr Xvostunov ("Krilya Sovetov", Rossiya), 20.Georgi Zabirov ("Neftchi"), 23.Nig'matilla Qutiboev ("Turon"), 24.Umid Isoqov ("Neftchi"), 25.Rustam Do'rmonov ("Neftchi"), 26.Igor SHkvirin ("Paxtakor"), 27.SHuhrat Rahmonqulov ("Navbahor").

Ikkinchi turda futbolchilarimiz Yaponiya bilan to'qnash kelishgan. Mazkur o'yin hozirga qadar O'zbekiston terma jamoasining eng yirik mag'lubiyati sifatida eslanadi. Franciyalik Filipp Trusse boshchiligidagi "samuraylar" 8:1 hisobida g'alaba qozonishgan. O'zbekistonning yagona goliga Sergey Lushan mualliflik qilgan.


"Guruh bosqichidagi raqiblarimiz orasida O'zbekiston biz duch kelgan eng yaxshi jamoa edi, ular hujumkor o'yin namoyish etishardi, tarkib ham yaxshi o'yinchilardan yig'ilgan deb aytgan bo'lardim. Garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak ham [8:1] bu raqiblarimizning kuchsiz ekanligidan darak bermasdi. Ular chiroyli futbol o'ynashdi va yaxshi o'yinchilarga ega edilar, ammo yakunda biz g'alaba qozondik", — degandi Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Filipp Trusse.

Guruhdagi oxirgi turda amaldagi chempion Saudiya Arabistoniga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berilgan. Qizig'i, biz bilan bir guruhda bo'lgan Yaponiya va Saudiya Arabistoni yakunda finalga qadar etib borishgan.


Osiyo kubogi – 2000. Guruh bosqichi 1-tur

14.10.2000. Sayda(Livan). "Municipal" stadioni

O'zbekiston – Qatar 1:1

Bosh hakam: Nazri Muhammad (Malayziya)

Gollar: Muhammad Al Blushi 61 - Mirjalol Qosimov 73

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Fyodorov, Mirjalol Qosimov, Otabek SHomurodov (Nematulla Quttiboev, 70), Nikolay SHirshov, Maksim SHackix, Davron Fayziev, Sergey Lebedev, Rustam Do'rmonov (Andrey Akopyanc, 75), SHuhrat Rahmonqulov (Igor SHkvirin, 46)


Osiyo kubogi – 2000. Guruh bosqichi 2-tur

17.10.2000. Sayda(Livan)

O'zbekiston – Yaponiya 1:8

Bosh hakam: Maydin SHamsul (Singapur)

Gollar: Sergey Lushan(29), - Maroshima(7), Nishizava(14, 25, 49), Takaxara(18, 20, 57), Kitishima(79).

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Fyodorov, Fevzi Davletov (Sergey Lebedev,25), Sergey Lushan, Mirjalol Qosimov, Nikolay SHirshov, Aleksandr Xvostunov, Abdumajid Toirov (Otabek SHomurodov, 60), Muxtor Qurbonov(Igor SHkvirin, 46), Maksim SHackix.

Osiyo kubogi – 2000. Guruh bosqichi 3-tur

20.10.2000. Sayda(Livan)

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 5:0

Bosh hakam: Kim Yung Ju (Janubiy Koreya)

Gollar: Marzuk Al Otaibi 17, Muhammad Al SHalxub 36, 77, 86, Navaf Al Temiyat 88

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Mirjalol Qosimov (Nematulla Quttiboev, 82), Sergey Lushchan, Otabek SHomurodov (Baxtiyor Ashurmatov,46), Nikolay SHirshov, Maksim SHackix, Andrey Akopyanc, Davron Fayziev, Sergey Lebedev, Aleksandr Xvostunov, Rustam Do'rmonov (Umid Isoqov,46)


Yaponiya terma jamoasiga 1998 yildan beri franciyalik Filipp Trusse murabbiylik qilardi. U asosiy terma jamoa bilan birgalikda olimpiya va yoshlar terma jamoasida ham faoliyat olib borgan. Bu ham unga milliy terma jamoa uchun yosh va mukammal tarkib shakllantirish imkonini berdi.


“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Eron

3

2

1

0

6:1

7

Iroq

3

1

1

1

4:3

4

Tailand

3

0

2

1

2:4

2

Livan

3

0

2

1

3:7

2


“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Xitoy

3

1

2

0

6:2

5

Kuvayt

3

1

2

0

1:0

5

Janubiy Koreya

3

1

1

1

5:3

4

Indoneziya

3

0

1

2

0:7

1


“C” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

2

1

0

13:3

7

Saudiya Arabistoni

3

1

1

1

6:4

4

Qatar

3

0

3

0

2:2

3

O'zbekiston

3

0

1

2

2:14

1


Beyrutda o'tgan finalda afsonaviy hakam Ali Busayim ishlagandi. Bahs taqdirini hal qilgan yagona gol yaponiyalik Sigeyoshi Mochizuki hisobiga yozilgan va Yaponiya ikkinchi bor Osiyo kubogida zafar quchgandi. O'sha chempionatda Saudiya Arabistonini musobaqaga chexiyalik mashhur murabbiy Milan Machala olib kelgandi. Biroq 1-turda Yaponiyadan uchralgan yirik (1:4) mag'lubiyatdan so'ng darhol istefoga chiqarilgadi. Uning o'rnini egallagan mahalliy murabbiy Nosir Al Johar Saudiya Arabistonini finalgacha olib chiqqandi.

Uchinchi o'rin uchun o'yinda Janubiy Koreya Bora Milutinovich boshchiligidagi Xitoyni 1:0 hisobida mag'lub etib, bronza medallariga ega chiqqandi.

Yaponiyalik Xiroshi Nanami musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Koreyaik hujumchi Li Dong Guk 6 ta gol bilan musobaqa to'purariga aylangan.

CHorak final
Eron - Janubiy Koreya 1:2 (qo'sh.taym)
Gollar:
Bageri 71 - Kim Sang Sik 90, Li Dong Guk 99 (oltin gol)

Xitoy - Qatar 3:1
Gollar:
Li Ming 9, Ki Xong 38, Yang CHen 54 - Al Enazi 65

Yaponiya - Iroq 4:1
Gollar:
Nanami 8, 29, Takaxara 11, Myojin 62 - Abbos Obayd 4

Kuvayt - Saudiya Arabistoni 2:3 (qo'sh.taym)
Gollar:
Bashar Abdulloh 62, Al Huvaidi 68 - Al Temyat 45+1, Al Meshal 72, Al Temyat 109 (oltin gol)

Yarim final
Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 1:2
Gollar:
Li Dong Guk 90+1 - Al Meshal 76, 80

Xitoy - Yaponiya 2:3
Gollar:
Ki Xong 30, Yang CHen 48 - Fan Jiyi 21 avtogol, Nishizava 53, Myojin 61

Uchinchi o'rin uchun bahs
Janubiy Koreya - Xitoy 1:0
Gol:
Li Dong Guk 76

FINAL
Yaponiya - Saudiya Arabistoni 1:0
29 oktyabr 2000. Beyrut. "Sports Siti" stadioni. 47400 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ali Busayim (BAA)
Gol: SHigeyoshi Mochizuki 30

Yaponiya: Yoshikacu Kavaguchi, Naoki Matsuda, Ryuzo Morioka, Toshixiro Xattori, Xiroshi Nanami, SHigeyoshi Mochizuki, Xiroaki Morishima (SHinji Ono, 89), SHunsuke Nakamura, Tomokazu Myojin, Naoxiro Takaxara (Atsushi Yanagisava, 80) (Daisuke Oku, 88), Akinori Nishizava.
Bosh murabbiy: Filipp Trusse (Franciya)

Saudiya Arabistoni: Muhammad Al Deayya, Muhammad Al Xilaivi, Ahmad Doki, Solih Al Saqri, Sami Al Jobir, Favzi Al SHehri (Marzuq Al Otaibi, 72), Abdulloh Al Vakid, Navaf Al Temyat, Said Al Dosari, Hamza Idris (Muhammad Al SHlxub, 46), Talal Al Meshal.
Bosh murabbiy: Nosir Al Johar (Saudiya Arabistoni)


To'purar: Li Dong Guk (Janubiy Koreya) - 6ta gol
Eng yaxshi futbolchi: Xiroshi Nanami (Yaponiya)
Eng yaxshi darvozabon: Jiang Jin (Xitoy)
Feyr-pley sovrini: Saudiya Arabistoni

Osiyo Kubogi-2000 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon:
Jiang Jin (Xitoy)
Himoyachilar: Xong Myun Bo (Janubiy Koreya), Muhammad Al Xilaivi (Saudiya Arabistoni), Jamol Muborak (Kuvayt)
Yarim himoyachilar: Xiroshi Nanami (Yaponiya), SHunsuke Nakamura (Yaponiya), Navaf Al Temyat (Saudiya Arabistoni), Abbos Obayd (Iroq), Karim Bageri (Eron)
Hujumchilar: Li Dong Guk (Janubiy Koreya), Naoxiro Takaxara (Yaponiya)



Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi 

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1992. 56 yoshida faoliyatini davom ettirayotgan eng yaxshi futbolchi, legioner Ramos, o'yinchilarini almashtirmagan hamda raqib mag'lubiyati uchun 500 dollar bermoqchi bo'lgan murabbiy haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1996. Debyutant O'zbekiston, uning dimog'dor va karta o'ynaydigan raqiblari hamda tayinlanganidan ikki oy o'tgach, chempionga aylangan murabbiy haqida hikoya qilamiz 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика