So’nggi yangiliklar

19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  0 18:57Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  23 18:41Суперлига. "Насаф" – ОКМК. Таркиблар маълум  9 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  8 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  3 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  9 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  4 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  7 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  4 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  8 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  2 15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  2 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  3

O'rtoqlik uchrashuvi. "Mashal" "Paxtakor"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Mashal" "Paxtakor"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  MashalPaxtakor
"Mashal" jamoasining yuzaga kelgan qisqa tanaffus paytida ikkita nazorat bahsida maydonga tushishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu bahslarning birinchisi kecha Qibraydagi "Paxtakor" jamoasing o'quv mashg'ulot bazasida "SHerlar"ga qarshi  bo'lib o'tdi.

O'yinning dastlabki daqiqalaridan ustunlikka erishgan "Mashal"chilar birinchi bo'limning o'zidayoq ikki marotaba mezbonlar darvozasini aniq nishonga olishdi. Ushbu  vaziyatda jamoamizning mavsumda omadi chopmayotgan hujumchisi Zoxir Qo'ziboev  raqiblar darvozasini aniq nishonga ola bildi. Maydon markazidan jamoaning yana bir hujumchisi Kenja To'raev Qo'ziboevni ajoyib pas bilan taminladi va Zohir bu vaziyatda "Paxtakor" darvozasiga o'yindagi o'zining va "Mashal" jamoasining dastlabki golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.

SHundan keyin ham Muboraklik futbolchilar o'yinda xotirjamlikka berilmadi va bo'lim oxirlarida chap qanotdan uyushtirilgan hujumda "Paxtakor" jamoasi himoyachilari xatolikka yo'l quyishdi. Ushbu vaziyatda to'pni esa yana Qo'ziboev oldinroq harakat qilib ikkinchi golni kiritishga erishdi. Tanaffusga ikkita to'p farqi bilan chiqqan “Gazchilar” ikkinchi bo'limni tamomila yangicha ko'rinishda boshlashdi.

Tarkibda Maradona Safarov, Xumoyun Murtazoev kabi bir qator yoshlar maydonga tushirildi. Ikkinchi bo'lim oxirlariga kelib hisob 3:0 ko'rinishiga keldi va bu vaziyatda jamoamiz futbolchisi G'ulom Haydar G'ulomov Mardona Safarovning pasidan keyin hisobni yana bittaga  oshirishdi. SHu tariqa "Mashal" "Paxtakor" jamoasiga qarshi kechgan birinchi nazorat bahsida ajoyib  g'alabaga erishdi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика