Ronaldu Modrichga murojaat qildi: "Real"da ko'p lahzalarni sen bilan baham ko'rish men uchun sharaf bo'lgan"
23 may 16:37
Yangiliklar
Ronaldu Modrichga murojaat qildi: "Real"da ko'p lahzalarni sen bilan baham ko'rish men uchun sharaf bo'lgan"
22 may kuni Madrid klubi xorvatiyalik futbolchining 2024/25 yilgi mavsum yakunida ketishini elon qilgandi.
"Hammasi uchun rahmat, Luka! Klubda ko'p lahzalarni sen bilan baham ko'rish men uchun sharaf bo'lgan. Keyingi ishlaringda muvaffaqiyat tilayman", – dedi Ronaldu.
Ronaldu va Modrich 2012 yildan 2018 yilgacha "Real"da birga o'ynagan.
Xorvatiyalik futbolchi 15 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda bo'lib o'tadigan KJCHdan so'ng "qaymoqranglilar"ni tark etadi. Modrich "Real"ga 2012 yilda "Tottenxem"dan kelib qo'shilgan. Jamoa bilan birgalikda 6 marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan, 4 marta Ispaniya chempioni bo'lgan, 5 marta KJCHda, shuningdek, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida zafar quchgan, ikki marta Ispaniya Kubogini qo'lga kiritgan.
Xorvatiyalik futbolchi "Real" safida jami 590 o'yinda maydonga tushib, 43 ta to'p kiritgan hamda 95 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar