So’nggi yangiliklar

11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  1 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  0 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  1 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  2 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  0 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  10 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  9 07:20Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади. Қаршида етакчилар тўқнашуви бўлиб ўтади  16 02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  2 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  13 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  4 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  12

Superliga. "Xorazm"ning 6 o'yinlik g'alabasiz seriyasi "Mashal" bilan bahsda yakunlandi Yangiliklar

Superliga. "Xorazm"ning 6 o'yinlik g'alabasiz seriyasi "Mashal" bilan bahsda yakunlandi

Superliga 10-turi doirasidagi "Xorazm" - "Mashal" o'yini bo'lib o'tdi.


 “Xorazm” — “Mashal” 3:0

18.05.2025. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 20:15

Hakamlar: Shavkat NasibullaevSardor Hakimov, Daniil YacenkoMuntoz Toshmurodov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR hakami: Asker Najafaliev

AVAR hakami: Roziyabonu Yusupova

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Shahrom Samiev 7, - 1:0 (Vladimir Bubanya). Xazratjon Tursunqulov 18, - 2:0 (Sunnatulla Abdullajonov). Sunnatulla Abdullajonov 58, - 3:0 (Humoyunmirzo Iminov).

"Xorazm": 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 7.Temurbek Ismailov (18.Francis Narx, 65), 8.Xazratjon Tursunqulov, 9.Jasur Azimov (5.Dilshod Jo'raev, 65), 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Vladimir Bubanya, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 44.Dostonbek Tursunov (4.Farruxjon Ibrohimov, 88), 77.Sunnatulla Abdullajonov (79.Azizjon Ahrorov, 88), 88.Abror Xo'sinov, 99.Shahrom Samiev (10.Murodbek Bobojonov, 83)

Zaxira: 12.Sardor Qobuljonov, 3.Ravshanbek Sultonov, 20.Danila Ejov, 22.Sanjar Shoaxmedov,

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov (18.Dilshod Rahmatullaev, 63), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 19.Islom Sharipov (30.Shoxnazar Norbekov, 70), 22.Nurjahon Muzaffarov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev (9.Ibrohim G'anixonov, 63), 28.Ergash Ismoilov, 96.Ibrohim No'monov

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Mudasiru Salifu, 6.Javohir Abdualimov, 17.Anvar Murodov, 27.Zafarbek Akramov, 37.Sherzod Fayziev



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 

2025 yilgi Superliganing dastlabki ikki turida ikkita g'alabaga erishgan "Xorazm" shundan keyin ketma-ket 6 ta turda g'alaba qozona olmagan edi.

90+8. Uchrashuv yakunlandi, "Xorazm" - "Mashal" 3:0

90+7. ZARBA! Ibrohim No'monovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

90+3. ZARBAAAA! Bu safar Iminovning zarbasi darvoza ustunga tegib qaytdi!

90+1. ZARBAAAA! Bobojonov hozir birga bir vaziyatga chiqib noaniq zarba berdi, agar Ahrorovga uzatganida hisob o'zgarardi

90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shildi

88. O'zgarishlar. "Xorazm". Abdullajonov va Tursunov o'rniga Ahrorov va Ibrohimov tushdi  

86. ZARBAAAA! Hozirgina maydonga tushgan Bobojonov o'ng qanotdan Narx tomonidan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, darvozabondan superseyv! 

83. O'zgarish. "Xorazm". Samiev o'rniga Bobojonov tushdi

81. ZARBA! Dilshod Rahmatullaevning jarima maydoni yonidan tepgan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

76. Penalti yo'q, Uchrashuv davom etadi.

72. Penalti? "Mashal"da burchak to'pi, zaxiradan tushgan Norbekov boshi bilan darvozaga zarba berdi, Muhammadjonov to'pni qaytardi, qaytgan to'p Jo'raevga tegib maydonga qaytdi. Shu vaziyatda to'p Jo'raevning qo'liga tekkandek ko'rindi va bosh hakam VARni taxminan 4 daqiqa davomida tingladi. VAR orqali penalti yo'qligigiga ishonch hosil qildi va o'yin davom ettirildi.

70. O'zgarish. "Mashal". Sharipov o'rniga Norbekov tushdi

65. O'zgarishlar. "Xorazm". Azimov va Ismoilov o'rniga Jo'raev va Narx tushdi

63. O'zgarish. "Mashal". Mamatxo'jaev va Abduraimov o'rniga G'anixonov va Rahmatullaev tushdi

62. ZARBAAA! Samiev hozir dubl qayd etishi mumkin edi, uning zarbasi yo'liga Hamroev to'g'anoq bo'ldi

58. GOL! Iminovdan to'pni qabul qilib olgan Abdullajonov raqib jarima maydoni ichida bir himoyachidan o'tib kuchli zarba bilan hisobni yiriklashtirdi - 3:0. 

56. GOL! Abdullajonovdan to'pni qabul qilib olgan Iminov birga bir vaziyatdan gol urdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi va gol inobatga olinmadi 

47. "Mashal"ning hujumi, chap qanotdan Sharipov tepgan to'pni Muhammadjonov ushlab oldi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 2:0

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi

39. "Xorazm" yana burchak to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Dostonbek Tursunov darvoza tomon yo'lladi, darvoza chizig'i ustida turgan Ergash Ismoilov to'pni qaytarib yubordi!

31. ZARBAA! O'ng qanotdan Mamatxo'jaev uzatgan to'pni Murtozaev jarima maydoni ichida egallab darvozaga zarba berdi, Muhammadjonov to'pni qaytarishga erishdi!

20. UXXX! Darvoza to'sini! "Mashal"ning javob hujumi, Islom Sharipovning to'p uzatishidan keyin Humoyun Murtozaev birga bir vaziyatda yaqin masofadan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! 

18. GOL! Sunnatulla Abdullajonov bilan "devor" uslubida kombinaciya tashkil etgan Xazratjon Tursunqulov jarima maydon ichidan gol urdi - 2:0. 

12. ZARBA! "Xorazm"ning hujumi, Abror Xo'sinovning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi bilan tugadi, Umidjon Hamroev to'pni qaytardi!

7. GOL! Ismoilov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Bubanya to'pni darvoza yoniga tashlab berdi Samievning chap oyoqda yo'llagan zarbasi golga aylandi - 1:0. 

2. "Xorazm" burchak to'piga ega bo'ldi. Iminovning uzatgan to'pini sheriklari darvozaga yo'llay olishmadi

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+3   
18 may 23:15:42
Xorazmshox 89
Шархловчи худди Хоразм бошқа давлат жамоасидек шархлади. Шархни тахлил қилинглар канал раҳбарияти, ман адашаётган бўлсам узр лекин жуда асабга ўйнади
+2   
18 may 22:26:23
Baxrom Ramazanov
Хоразмга табрик, Маш'алга кейинги уйинларда омад.БУХОРОдан
+2   
18 may 22:24:37
Zayniddin
Хоразмдан бу йил юқори уринларни кутяпмиз, олга йигитлар
+2   
18 may 20:51:16
Музаффар Махмудов
Олға, Хоразм
+1   
18 may 23:30:24
fffootbaall
Хоразм олга!
+1   
18 may 23:26:18
Rajabov1899
Xorazmshox 89 foydalanuvchining fikriga javob berish
Шархловчи худди Хоразм бошқа давлат жамоасидек шархлади. Шархни тахлил қилинглар канал раҳбарияти, ман адашаётган бўлсам узр лекин жуда асабга ўйнади
To'g'ri aytasiz chunki sharhlovchi asli Qashqadaryolik adashmasam
+1   
18 may 23:25:03
Rajabov1899
Xorazmshox 89 foydalanuvchining fikriga javob berish
Шархловчи худди Хоразм бошқа давлат жамоасидек шархлади. Шархни тахлил қилинглар канал раҳбарияти, ман адашаётган бўлсам узр лекин жуда асабга ўйнади
To'g'ri aytasiz chunki sharhlovchi asli Qashqadaryolik adashmasam
+1   
18 may 22:17:55
Музаффар Махмудов
Табриклайман ҳаммани
+1   
18 may 20:53:53
Шахрух Палванов Палванов
Эй шархловчи футбол шархлаяпсан жуда 0 экансан
   
19 may 15:17:37
Shahboz4
Xorazmshox 89 foydalanuvchining fikriga javob berish
Шархловчи худди Хоразм бошқа давлат жамоасидек шархлади. Шархни тахлил қилинглар канал раҳбарияти, ман адашаётган бўлсам узр лекин жуда асабга ўйнади
Шархловчи Қашқадарёдан бўлса керак хафа бўмайсиз энди)
   
19 may 09:06:53
Rajabov1899
PFK HAQIQAT foydalanuvchining fikriga javob berish
Juda koʻp Xorazm haqida toʻxtaldi. Mashal Xorazmga qaraganda yaxshiroq vaziyatlarga ega boʻldi. Lekin faqat Xorazm haqida gapirib yurdi.
Siz bir o'zinggizni davolatib yuboring maylimi Xorazm mashaldan 2 marta ko'p vaziyat yaratdi o'yinda qo'lga tegdi deyabsiz qo'lga to'p umuman tegmadi bu vaziyatda Var o'yinga xato aralashdi. Mashaal qanaqasiga yaxshi o'ynadi Xorazmdan Xorazm darvozabonink bironta vaziyatda seyf qilganini ko'rdingmi o'zi to'p bormadiku Xorazm darvozaboniga prosta sharhlovchi sal ko'pirtirib yubordi mashalning chala hujumlarini
   
19 may 00:00:40
PFK HAQIQAT
Nomonivga oʻyinda faqat koʻk forma yetishmadi.
Hamroyiv gollarda ayibdor, chiqsa boʻladigan vaziyatlarda chiqmadi.
Markaziy ximoya xujumda yaxshi lekin ximoyada oʻz vazifsini bajarmadi. Juda sekin.
Yarim ximoy juda koʻp kurashlarda yutqizyabdi.
Xumoyunni oʻzida 5/6 ta vaziyat boʻldi.
Penalti bor edi tanadan bordi qoʻlga toʻp. Agar qoʻlga tegmaganda kirib ketardi.
Hakam yomon boshqarmasi. Lekin bazi vaziyatlarda ochiqchasiga ayadi. Juda koʻp yotib oldi Xorazm futbolchilari.
   
18 may 23:54:44
PFK HAQIQAT
Xorazmshox 89 foydalanuvchining fikriga javob berish
Шархловчи худди Хоразм бошқа давлат жамоасидек шархлади. Шархни тахлил қилинглар канал раҳбарияти, ман адашаётган бўлсам узр лекин жуда асабга ўйнади
Juda koʻp Xorazm haqida toʻxtaldi. Mashal Xorazmga qaraganda yaxshiroq vaziyatlarga ega boʻldi. Lekin faqat Xorazm haqida gapirib yurdi.
   
18 may 23:09:44
Жалоладдин Мухаммадович✈
Шахрух Палванов Палванов foydalanuvchining fikriga javob berish
Эй шархловчи футбол шархлаяпсан жуда 0 экансан
Ҳақиқатан 0
   
18 may 20:37:03
qudratillokh
Andijondi pik paytini esga sovordi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика