Hakim Fuzaylov: "Urganchdagi stadionda bitta kamchilik qoldi xolos"
18 may 2025 22:57
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Urganchdagi stadionda bitta kamchilik qoldi xolos"
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Mashal" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Mashal" yaxshi jamoa, Asror Aliqulovni anchadan beri bilaman. U qaerda ishlasa ham futbolchilar bilan yaxshi ishlaydi. Shu sabab qiyin o'yin kutgandik. Shunday ham bo'ldi.
Urganchdan kelgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Futbolchilarimga oxirigacha o'ynashgani uchun minnatdorlik bildiraman. Hisob o'yinga mos emas, bahs og'ir o'tdi, - dedi Hakim Fuzaylov.
- Rustam Abduhamidov bugun ko'rinmadi...
- U jarohat olgan. Menimcha, "Paxtakor" bilan bahsga tayyor bo'ladi.

- "Xorazm" qachon Urganchda o'ynaydi?
- Menimcha iyun oyi oxiri yoki ikkinchi davra boshidan. Bilishimcha stadionda barchasi tayyor, faqat VAR tizimini kutyapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar