So’nggi yangiliklar

01:25Пеп Гвардиола омадсиз мавсум ҳақида: "Барселона" ёки "Реал"да бўлганимда мени аллақачон ишдан бўшатишган бўларди"  2 00:55Клублар ўртасидаги ЖЧга қизиқиш жуда паст  2 00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  0 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  2 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  2 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  4 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  14 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2

Superliga. "Nasaf" tur markaziy bahsida OKMKni yutib, jadvaldagi etakchilikni tortib oldi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" tur markaziy bahsida OKMKni yutib, jadvaldagi etakchilikni tortib oldi

Superliga 11-turining markaziy uchrashuvi poyoniga etdi.

Superliga

11-tur

"Nasaf" – OKMK 2:1 

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 20:00

Gol: Husayn Norchaev (Zafarmurod Abdiraxmatov) 16', Dragan Cheran (Zafarmurod Abdiraxmatov) 78' – Nodirbek Abdurazzoqov (Xurshid G'iyosov) 52'

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Aleksandr Sidorov

Zaxira hakami: Zokir Sapoev

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Komissar: Shohruh Said

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 6.Murodbek Rahmatov (24.Sardorbek Bahromov, 68), 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Husayn Norchaev (99.Rubin Xebay, 68), 19.Stefan Cholovich (5.G'olib G'aybullaev, 46), 22.Igor Golban, 77.Oybek Bozorov (17.Suhrob Nurulloev, 85), 92.Umarbek Eshmurodov (28.Shuhrat Muhammadiev, 60).

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 9.Javohir Sidiqov, 33.Bahodir Xalilov, 73.Diyorbek Asomiddinov.

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov (11.Ruben Sanches, 71), 5.Giorgi Papava (27.Ali Abdurahmonov, 82), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Kleydi Daci (8.Aziz Xolmurodov, 46), 10.Xurshid G'iyosov (28.Arixiro Sentoku, 86), 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 77.Nodirbek Abdurazzoqov (99.Asadbek Sobirjonov, 71).

Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 2.Akromjon Komilov, 13.Eldorbek Begimov, 90.Abubakr Rizo Turdialiev.

MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi. 

89. Uuux! Xolmurodovning bosh bilan bergan zarbasini Nematov qaytardi! 

86. OKMKda o'zgarish: G'iyosov o'rniga Sentoku uchrashuvni davom ettiradi. 

85. "Nasaf"da almashtirish: Bozorov o'rniga Nurulloev maydonga tushdi. 

82. OKMKda o'zgarish: Papava o'z o'rnini Abdurahmonovga bo'shatib berdi. 

81. Ux! Bahromov to'pga tashlanish chog'ida Ilyosov bilan to'qnashib ketdi. Darvozabon tibbiy yordamga zarurat yo'qligini bildirdi. 

78. GOL! Dragan Cheran darvozabon Ilyosov va himoyalanayotgan Papava tushunmovchiligi oqibatida vaziyatdan unumli foydalanib qoldi va bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritdi – 2:1!

77. O'yin ancha shiddatli tus oldi, o'zi shunaqa bo'lishi o'yindan oldin ham kutilgandi. Jamoalar futbol ixlosmandlarini zeriktirayotgani yo'q.  

74. Zarbaaa! Bahromovning 16 metrlik chiziqdan yo'llagan zarbasi o'ta kuchli ko'rinish oldi, sal noaniq.  

73. Bozorovning pasidan so'ng Xebay go'yo unga pas beraman deya, To'xtaxo'jaevni chalg'itishga urindi, biroq tajribali himoyachi aldovga uchmadi. 

71. OKMKda 2 ta o'zgarish: Abdurazzoqov o'rniga Sobirjonov, Qosimov o'rniga Sanches bahsga qo'shildi. 

68. "Nasaf"da 2 ta almashtirish: Norchaev o'rniga Xebay, Rahmatov o'rniga Bahromov o'yinni davom ettiradi. 

66. Bozorov va O'lmasaliev jiddiy to'qnashib ketdi. Qarshiliklar xavbekiga tibbiy yordam zarur. 

63. Zarba! OKMKning uzoq davom etgan hujumi O'lmasalievning o'ng oyoqdagi kuchsiz zarbasi bilan yakunlandi. 

60. "Nasaf"da o'zgarish: Eshmurodov o'rniga Muhammadiev maydonga tushdi. 

60. Bosh hakam Nasibullaev Xayrulla Karimovni og'zaki ogohlantirdi. Murabbiy etirozlarni tindirmayapti. 

59. Bu gal Qosimov Boo'orovga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

57. To'xtaxo'jaev maydon markazida Bozorovni yiqitishni lozim topdi. 

54. Cheran Qosimovga nisbatan qo'pol harakat qildi. Hakam hushtak chaldi. 

52. GOL! OKMK tezkor qarshi hujumni golga aylantirdi. Jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan G'iyosovning pasidan keyin Nodirbek Abdurazzoqov bo'sh qolgan darvozaga yo'l topdi – 1:1!  

51. Zarbaaa! Bozorovning chap oyoqda yo'llagan zarbasini posbon bartaraf etdi. 

50. Islom To'xtaxo'jaev o'ng qanotda Lutfulla To'raevning fintini takrorladi, to'p maydon tashqarisiga yo'l oldi. 

47. Zarbaa! Bozorovning zarbasidan keyni to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Nasaf"da o'zgarish: Cholovich o'rniga G'aybullaev tushirildi. 

46. OKMKda almashtirish: Daci o'rniga Xolmurodov maydonga tushdi. 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+5. "Nasaf" bo'limning so'nggi soniyalarini hujumda o'tkazib qo'ymoqchi. Hozircha OKMK to'pni olib qo'yishning uddasidan chiqolmayapti.  

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarba! G'iyosovning bosh bilan bergan kuchsiz zarbasini Nematov qaytardi. 

42. Abdurazzoqovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini himoyachilarga yordamga kelgan Cheran bartaraf qildi. 

41. Zarbaaa! Abdurazzoqovning xavfli va mo'ljalga aniq borayotgan zarbasini Nexmatov qaytarishga erishdi! Chiroyli zarba va zo'r seyv!  

39. Darvozabon Ilyosov to'pni o'yinga kiritayotganida Norchaev undan zarba qabul qilib oldi, hujumchiga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

37. Mozgovoy va G'iyosov maydon markazida to'qnashdi, olmaliqliklar foydasiga standart belgilandi. 

34.  Zarbaaa! Sharof Muhitdinovning uzatmasidan so'ng Stefan Cholovich chamasi 14 metrdan chap oyoqda darvozani nishonga oldi, sal noaniq. 

30. Uuux! Bozorovning pasidan keyin Abdiraxmatov deyarli birga-bir holatga chiqib bordi, uning zarbasini Ilyosov bartaraf etdi. 

26. Oybek Bozorov qanotda Dilshod Ahmadalievni yiqitdi, OKMK jarima zarbasi ishlab oldi. 

23. Endi OKMK biroz faollashgan holda vaziyatni o'nglashga urinmoqda, Mirjalol Qosimov o'rnidan turib olgan va shogirdlaridan dadil bo'lishni talab qilyapti. 

20. Abdiraxmatovda ofsayd bor yoki yo'qligi tekshirildi va gol inobatga olindi.

18. Bosh hakam Shavkat Nasibullaev VAR bilan obdan suhbat qurmoqda. 

16. GOL! Abdiraxmatovning uzatmasidan keyin markazda yolg'iz qoldirilgan Husayn Norchaev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:0! Ilk xavfli hujum va samarali yakun. 

13. Ahmadalievning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng qarshiliklar to'pni uzoqlashtirishdi. 

11. Qosimov maydon markazida Mozgovoyga nisbatan qoidani buzdi. 

8. Zarba! O'lmasalievning erlatib bergan pasidan so'ng Qosimov ancha noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

5. Uuux! Abdurazzoqov himoyachilarni chalg'itib, chap oyoqda pastki burchakni poyladi, Nematov mahoratini ko'rsatdi! 

3. Mezbon "Nasaf" to'p nazoratini qo'liga oldi, OKMK esa raqibni kutib olmoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi!



Reyting: +15   

Fikrlar

+11   
23 may 22:03:12
ААА БББ
Эрталаб Насаф ОКМКни писилатиб қуйади деганмидим? Дегандим,ана писилатди,саволлар борми Насафга? Йуқ
+10   
23 may 22:15:16
ААА БББ
Лекин судияга саволар бор,биргина Ойбек Бозоровни камида 5 марта чалиб йикитишди,бирон мартаям картичка курсатилмади,Хебайни оёгига 2марта тепиб хам қулата олишмади,3чи марта тепишда амаллаб қулатишди,судия куриб туриб хам картечка курсатмади, қули билан шунчаки жаримани курсатябди,утган уйиндамиди Давроновни қули сал рақибни юзига теканига битиа далбаек хакам индамай қизил берганиди,бугин ОКМК футболчилари истаганларича қупол уйнашсаям Насибулаев сариқ картечкаям курсатмади,қани бу ерда мантиқ?ёки ОКМК чилар хохлаганича қупол уйнаши мумкин деб бирон китобда ёзиб қуйилган жойи борми? Хакамлар қумитаси нима дейди бунга? Шунақа қилиб кимнидир чемпион қилишмоқчи булишса футболни УЗБда йиғиштириб қуйишсин,нимага бази бир жамоаларни хакамларимиз билиб туриб эркалаб юборишади?уларни майдонда эркин уйнашига замин яратиб беришади?қачон бунақа бемазагарчиликларни тухтатасанлар?
+10   
23 may 18:51:06
FK Barselona
3:1 Nasaf galabasi Xudo xoxlasa
+9   
23 may 22:09:08
насрилло
Хакамлик холис булса Насаф Суперлигада любойини ютади!!!
+9   
23 may 22:02:15
Sodiq Nazarov
ЎЗБЕКИСТОНДАГИ БАРЧА НАСАФ МУХЛИСЛАРИНИ ЧИРОЙЛИ ҒАЛАБА БИЛАН ТАБРИКЛАЙМАН
НАСАФГА ЎХШАШИ ЙЎҚ!!!
+9   
23 may 19:27:43
Тўлқин Хайит
Чемпионат тугашига ҳали анча бўлса ҳам бугунги ўйин кимни кимлигига аниқлик киритиб берса керак. Насаф чемпионлик йўлида ҳечкимни аямайди деб умид қиламиз. Олға Насаф.
+8   
23 may 22:05:06
Лацио Пахтакор
Папава билан Илёсов қучоқлашиб, бир биридан ҳол аҳвол сўрагунча, Черан ўз ишини қилди. Ғалаба муборак Насаф муҳлислари.
+8   
23 may 22:01:44
Шухрат Эргашев
Зур уйин Зур жамоалар ижросида, бугун омад Насаф томонда булди, охиригача шундай булсин. Насафга ухшаши йук, Хар томонлама...
+8   
23 may 20:25:06
Адхамжон Низамов
Олга Насаф.Олга Воха,газини бос
+7   
23 may 21:49:26
Shovruq88
Davay Nasaffff
+6   
23 may 22:38:02
Arsenal 14
Chempionatimizni hamma o'yinlari shunday xujumkor, qiziqarli o'tsin. Har ikkala jamoaga ham raxmat, chiroyli o'yin uchun
+6   
23 may 22:14:24
Real Nasaf
Aytdimku Nasaf gap yòq
+6   
23 may 22:13:31
FK Barselona
Kubok xaqiqatdan ham kerakmasga uxshaydi
+6   
23 may 21:08:38
Chelsi1983
Насаф полясига электрон реклама куйилибдими, гап йу лекин
+6   
23 may 20:31:03
Obidjon
Olgʻa AJDARLAR. NASAFdan yirik hisobda gʻalaba kutamiz. Olgʻa qizillar.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика