Mbappe klasikoda o'ynaydimi? Alonso javob berdi
10 jan 16:58
Yangiliklar
Mbappe klasikoda o'ynaydimi? Alonso javob berdi
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening holati haqida gapirdi va uning ertangi klasikoda qatnashishi haqidagi savolga javob qaytardi.
- Mbappe o'zini qanday his qilmoqda?
- Ancha yaxshi. Avvaliga u "Atletiko" bilan o'yinga tayyor bo'lishini taxmin qilgandik, biroq holat yomonlashib ketishini istamadik. Agarda finalga chiqadigan bo'lsak, o'zini qanday his qilishiga etibor qilmoqchi bo'ldik.Mashg'ulotdan keyin bizda uning holatiga bog'liq barcha malumotlar bor edi va shu orqali uning asosiy tarkibda o'ynay olishiga baho berdik.
- Ukol qilish orqali maydonga tushirib, uning salomatligini xavf ostiga qo'yish mumkinmi?
- Biz xavflarning darajasini bilishimiz, nimalar xavf ostida ekanligini, qabul qilayotgan qarorlarimiz uchun javobgarlikni bo'ynimizga olishimiz kerak. Bu nazoratga olingan xavf, - dedi Alonso.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar