"Nasaf" muxlislarga 3 ta sovrin bilan suratga tushish imkonini yaratdi
23 may 19:11
Yangiliklar
"Nasaf" muxlislarga 3 ta sovrin bilan suratga tushish imkonini yaratdi
Qarshining "Nasaf" klubi OKMKga qarshi bahs oldidan muxlislarga ajoyib tuhfa taqdim etdi.
Klub "Markaziy" stadioniga o'zi qo'lga kiritgan sovrinlar – Superliga, O'zbekiston Kubogi va Superkubok titullarini o'rnatib, maxsus fotozona tashkil qildi va bu orqali muxlislarga fotosessiya uyushtirish imkoniyatini yaratib berdi.
Bugun Qarshida futbol muhiti hukm surmoqda. Jamoa Superliga 11-turidan o'rin olgan markaziy bellashuvda OKMKni mehmon qiladi. Olmaliqliklar o'z ananasiga muvofiq uchrashuv boshlanishidan 2 soat oldin arenaga etib keldi. Mezbon "Nasaf" esa o'yinga 1 soat-u 10 daqiqa oldin "Markaziy"da hozir bo'ldi.






"Markaziy" stadioni ayni paytda





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar