Asror Aliqulov: "Bugun yigitlarda xarakter etishmadi"
18 may 23:40
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Bugun yigitlarda xarakter etishmadi"
— Uchrashuvni yomon boshladik. Xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazdik. Tezkor ikkinchi gol o'tkazdik. O'zimizni oqlashga haqqimiz yo'q, uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimiz uchun yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Kimnidir ayblamoqchi emasmiz, afsuski yirik hisobda yutqazdik.
- Zaxiradan tushgan Dilshod Rahmatullaev o'yinni kuchaytirdi. Nega u to'liq 90 daqiqaga tayyor emasmi?
- Hisob bunday bo'lib turganda o'yinga kirishib ketishi oson emasdi. Rahmatullaev asosiy tarkibda tushgan o'yinlar ham bo'ldi. Bizga markazda tezkor futbolchilar kerak edi, shu bois bugun zaxirada qoldi.

- Natijani hisobga olmaganda o'yinda qoniqish hosil qildingizmi?
- Hujum qilishga harakat qildik. Bugun yigitlarda xarakter etishmadi. Hujumlarning ko'pi tajovuzkorlik tufayli oxiriga etmadi. 0:3 hisobida yutqazdik, o'yindan ham umuman qoniqmadim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar