Van Deyk Saloh bilan suhbati haqida gapirdi
15 dek 2025 13:53
Yangiliklar
Van Deyk Saloh bilan suhbati haqida gapirdi
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk Muhammad Saloh Afrika Millatlari Kubogidan keyin jamoaga qaytishiga umid qilayotganini bildirdi.
"Men Muhammad Salohga uni jamoada qolishini istashimni aytdim. Qolganini esa sizlarga ayta olmayman.
Men uni yonimda ko'rishni juda istayman, chunki u etakchilardan biri. Ammo haqiqat shuki, u Afrika Millatlari Kubogiga yo'l olyapti.
Barchamiz Saloh qaytib kelib, mavsum oxirigacha biz uchun muhim figura bo'lishini umid qilamiz. Biroq boshqa tomondan qarasak, futbolni bilamiz va nima bo'lishini hech kim aniq ayta olmaydi", – dedi himoyachi.
Avvalroq "Brayton"ga qarshi zaxiradan tushib, golli pas bergan va Runining rekordini yangilagan Saloh uchrashuvdan keyin mikst-zonada intervyu berishni xohlamagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar