Oliver Glasner APLning boshqa bir jamoasining bosh murabbiyi bo'ldi

6 iyul 2026, 14:14
"Nottingem Forest" matbuot xizmati jamoaga Oliver Glasner tayinlaganini ma'lum qildi.

"Yevropaning eng hurmatli va istiqbolli murabbiylaridan biri bo'lgan Glasner futbolchilarni rivojlantirish, shiddatli hujumkor jamoalar tuzish va eng yuqori darajada muvaffaqiyatlarga erishish borasidagi yuksak obro'-e'tibori bilan "Forest" safiga qo'shildi. Uning yetakchilik fazilatlari, taktik mahorati va g'oliblik mentaliteti uni klubni yangi davrga boshlab borish uchun eng munosib nomzodga aylantiradi.

Glasner "Forest"ga ham UEFA Yevropa Ligasi, ham UEFA Konferenciyalar Ligasida g'olib chiqqan tarixdagi uchinchi bosh murabbiy sifatida tashrif buyurmoqda. Uning Yevropadagi muvaffaqiyatlari Angliyadagi ichki sovrinlar bilan birgalikda, g'olib jamoalarni shakllantirish borasidagi boy tajribasidan dalolat beradi.

U "Volfsburg" klubini UEFA Chempionlar Ligasi yo'llanmasi sari etaklagan, so'ngra "Ayntraxt Frankfurt" jamoasini 2021/22 yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasi chempionligiga olib kelib, klubga so'nggi qirq yildan ortiq vaqt ichidagi birinchi yirik Yevropa kubogini taqdim etgan edi. Germaniyadagi faoliyati davomida uning jamoalari o'zlarining yuqori shiddati, taktik tashkilotchiligi va hujumkor o'yin uslubi bilan keng ommaning olqishiga sazovor bo'ldi.

Yaqin o'tmishda esa Glasner ingliz futbolida ham tezkorlik bilan o'z so'zini ayta oldi: u Premer-ligaga kelgan birinchi to'liq mavsumidayoq 2024/25 yilgi Angliya Kubogida (FA Cup), so'ngra Angliya Superkubogida (FA Community Shield) zafar quchdi, keyingi mavsumda esa UEFA Konferenciyalar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi", - deyiladi klub taqdim etgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.nottinghamforest.co.uk