So’nggi yangiliklar

12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  6 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  11

FIFA Turkiy davlatlar Kubogi. Quloqqa qanday eshitiladi? Yangiliklar

FIFA Turkiy davlatlar Kubogi. Quloqqa qanday eshitiladi?

Shu kunlarda Qatarda FIFA Arab Kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaqa 18 dekabrgacha davom etadi.

Turnirda kimlar qatnashyapti?

Bu tarixdagi 11-musobaqa bo'lib, Arab davlatlar ishtirokida har 4 yilda bir marta o'tkazilishi malum qilingan. FIFA Arab Kubogi avvallari shunchaki Arab Kubogi deb nomlanardi, 2021 yildan boshlab esa oldiga FIFA atamasi qo'shildi va shundan beri FIFA Arab Kubogi sifatida yoritib kelinmoqda. Bu FIFA bayrog'i ostidagi ikkinchi musobaqa hisoblanadi.

To'rt yil oldin BAA mezbonlik qilgan turnir bu safar Qatarga topshirildi. 1 dekabr kuni start olgan FIFA Arab Kubogi aytib o'tganimizdek, 18 dekabrda o'z nihoyasiga etadi. Bu yilgi musobaqada qatnashish uchun 23ta davlat (!) ariza topshirgan bo'lib, shundan 9tasi to'g'ridan to'g'ri guruhlarga joylashtirildi. Bular - mezbon Qatar, amaldagi chempion Jazoir va FIFA reytingiga ko'ra, yuqori 7ta o'rinni egallab turgan mamlakatlar: Marokash, Misr, Tunis, Saudiya Arabistoni, Iroq, Iordaniya, BAA.

FIFA reytingida keyingi o'rinlarda turgan jamoalar esa musobaqani saralash bosqichidan boshlashdi. Saralashda qatnashgan jamoalar: Ummon, Bahrayn, Suriya, Falastin, Komoro, Mavritaniya, Livan, Sudan, Liviya, Quvayt, Yaman, Janubiy Sudan, Djibuti, Somali. Bu jamoalar juftliklarga bo'linib (7ta juftlik) o'zaro bittadan pley-off o'yinini o'tkazishdi va yutgan jamoalar guruh bosqichiga yo'l oldi. Shunday qilib jami 16ta jamoa yig'ildi. 


16ta jamoa to'rttadan to'rt guruhga bo'lindi:

A guruhi: Falastin, Suriya, Tunis, Qatar.

B guruhi: Marokash, Saudiya Arabistoni, Ummon, Komoro.

C guruhi: Iordaniya, BAA, Misr, Quvayt.

D guruhi: Jazoir, Iroq, Bahrayn, Sudan.


Qatarga topshirilgan musobaqaga jami 54 nafar hakamlar brigadasi jalb etilgan bo'lib, shulardan 14 nafari bosh hakam, 28 nafar qanot hakamlari hamda 12 nafar VAR hakami taklif etildi. Qatardagi turnir 6ta stadionda bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan:

Al Bayt Stadium, sig'imi - 68,895

Lusail Stadium, sig'imi - 88,966

974 Stadium, sig'imi - 44,089

Ahmad bin Ali Stadium, sig'imi - 45,032

Education City Stadium, sig'imi - 44,667

Khalifa International Stadium, sig'imi - 45,857


Kecha tunda chorak finalning oxirgi uchrashuvi bo'lib o'tdi va barcha yarim finalchilar aniqlandi. Chorak final natijalari:

Falastin - Saudiya Arabistoni 1:2

Iordaniya - Iroq 1:0

Marokash - Suriya 1:0

Jazoir - BAA 1:1 (penaltilar seriyasi 6:7)


15 dekabr kuni yarim final bahslari o'tkaziladi:

Saudiya Arabistoni - Iordaniya

Marokash - BAA


Hal qiluvchi final uchrashuvi 18 dekabr kuni muhtasham Lusail Stadiumda bo'lib o'tadi. Shu kuni yarim finalda mag'lub bo'lgan jamoalar o'rtasida 3-o'rin uchun bahs ham o'tkaziladi.


Musobaqa tarixiga nazar

Arab Kubogi ilk bor 1963 yil Livanda tashkil qilingan bo'lib, musobaqaning dastlabki g'olibi Tunis terma jamoasi hisoblanadi. Ushbu musobaqa 1964, 1966 yillarda ham o'tkazilgan, ammo shundan so'ng qariyb 20 yil o'tkazilmadi va faqat 1985 yilga kelibgina qayta tiklandi.

Shundan so'ng 2012 yilga qadar musobaqa yana besh marta Arab futbol associaciyalari birlashmasi (AFAB) shafeligida o'tkazildi. Undan keyin musobaqa yana to'xtab qoldi. Faqat 2021 yilga kelib FIFA musobaqani "otaliqqa" olgach, yana yo'lga qo'yilib FIFA Arab Kubogi nomi bilan qayta start oldi. Umuman olganda shu paytgacha o'tkazilgan 10 musobaqani 6ta terma jamoa yutgan. Eng ko'p g'oliblik Iroq terma jamoasiga tegishli bo'lib, ular 4 marta Arab Kubogida zafar quchgan.

Musobaqaning tashkil topishi ham qiziq bo'lgan. 1957 yil livanlik jurnalist Nassif Majdalani Livan futbol associaciyasining o'sha paytdagi bosh kotibi Izzat Al Turk bilan suhbatda arab davlatlari o'rtasida xalqaro turnir tashkil etish taklifini beradi. Rahbar bu taklifni associaciya o'rganib chiqishini malum qiladi.

Oradan besh yil o'tib 1962 yilda o'tkazilgan arab davlatlari assambleyasida Livan futbol associaciyasi prezidenti Arab Kubogini tashkil etish g'oyasini ilgari suradi. Bir nechta davlatga bu taklif maqul kelib, natijada oradan bir yil o'tib ilk musobaqa Livanda tashkil etiladi va birinchi turnirda 5ta jamoa qatnashadi: Livan (mezbon), Iordaniya, Quvayt, Suriya va Tunis. O'yinlar umumiy guruh shaklida bitta stadionda o'tkazilib, 4ta uchrashuvning hammasida zafar quchgan Tunis ilk musobaqa g'olibiga aylanadi.

Mana endi oradan yillar o'tib musobaqa nufuzi shu qadar ortib ketdiki, arab terma jamoalari uchun Arab Kubogida chempion bo'lish nihoyatda obro'li hisoblanadi. Musobaqaning nufuzi ortishiga FIFA prezidenti Janni Infantino qo'shgan hissa juda katta. 2021 yilgi turnir finaliga borgan Infantino FIFA kelgusi musobaqalarga ham bosh-qosh bo'lishini alohida takidlaydi. Navbatdagi yig'ilishdan so'ng, musobaqani har 4 yilda o'tkazish belgilab, 2025, 2029, 2033 yilgi turnirlar Qatarda bo'lishi malum qilinadi.


O'zimizning mavzu

Endi o'zimizning mavzuga qaytamiz. Janni Infantinoning FIFA rahbari etib tayinlanishi jahon futbolida katta inqilobni yuzaga keltirdi. Xalqaro musobaqalar ko'paydi, bir qator turnirlarda ishtirokchilar soni ortdi. Oddiy misol, jahon chempionati qatnashchilari 32tadan 48taga oshirildi. O'smirlar o'rtasidagi turnirlarda ham jamoalar ko'paydi. FIFA deyarli har oy tinmay musobaqa o'tkazish bilan band. Ayollar o'rtasida ilk bor futzal bo'yicha Jahon chempionati yo'lga qo'yilgani ham FIFAning hozirgi rahbari say harakatlari tufayli.

FIFA Arab Kubogi FIFA taqvimida belgilab qo'yilgan sanada o'tkazilmaydi, shunga qaramay musobaqa nufuzi ortib bormoqda. Biz ham FIFA shafeligida shunday turnir tashkil qilishimiz mumkin. Nomini FIFA Turkiy davlatlar Kubogi deb nomlasa bo'ladi. Agar bu taklif FIFAga berilsa, o'ylaymizki, taklif erda qolmaydi va albatta musobaqani tashkil etib, ilk mezbonlikni o'zimizga olsak bo'ladi. Musobaqa toq yillari iyun-iyul oylarida (chunki juft yillari Jahon chempionati va Olimpiada bor), har ikki yoki to'rt yilda birta o'tkaziladi.


Kimlar qatnashadi?

Musobaqa nomidan kelib chiqib bu turnirga avvalo turkiy davlatlar taklif etiladi. Aytaylik, mezbon O'zbekiston hamda qatnashchilar Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmaniston. Futbol din va millat tanlamasligini inobatga olsak, turnirga Eron, Tojikiston va Afg'onistonni ham taklif etsa bo'ladi, garchi ular turkiy davlat bo'lmasa-da. Geografiyani kengaytirish maqsadida Hindiston bilan Pokistonni ham qo'shish mumkin. Muhimi, ishtirokchilar va o'yinlar soni ko'p bo'lsin.

Qatar 18 kun ichida 16ta jamoalik turnir o'tkazayotgan bir paytda biz ham o'tkaza olamiz. Boshida hech bo'lmasa 8ta jamoa bilan boshlab, jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda o'ynasa, finalga chiqqan jamoa jami 5ta o'yinda maydonga tushgan bo'ladi va katta tajriba oladi. To'g'ri, hozir KAFA musobaqasi o'tkazilyapti, lekin bu musobaqaning nufuzi u qadar baland emas. Buning ustiga KAFA Tojikistonga o'tib ketganidan beri bizda unchalik qiziqish qolmagan.

Bu o'rinda biz nufuzi KAFAdan ancha baland turnir - FIFA Turkiy davlatlar Kubogini tashkil qila olamiz. Mana bu futbolda haqiqiy "portlash" bo'ladi. O'zbekiston KAFA finalida qachon Eron bilan o'ynarkan deb kutib o'tirmaymiz, O'zbekiston Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston bilan qachon o'ynaydi deb kerak bo'lsa har o'yinni kutamiz. Nima dedingiz?


X.Xoliqov.

Reyting: +15   

Fikrlar

+3   
13 dek 20:35:33
Мансур Исмаилов
Одамни эси кирди-чиқди бўлиб қолса хаёлга нималар келавермайди!
+3   
13 dek 19:24:50
M-S Olimov
Nomi Turkiy bolsa faqat turkiylar bolishi kerak, bolmasam o’rtoqlik turniri bolib qoladi terma bolib, turkiy davlatlar faqat 6 ta
+2   
13 dek 17:48:05
From Earth
Туркий давлатлар деб турибди, россияга бало борми? Татаристон Бошқирдистон деганларинг билан уларни терма жамоаси борми сал мияни ишлатсаларингчи? Эронда фалонча, афғонда пистонча туркий бор дейсан, юз фоиз туркий бўлгани билан давлати форсийзабонми?? Шимолий Кипр дейсанлар, Шимодий Кипрни термаси йўқку, бўлсаям уни мусобақага қўшса ФИФА жаримага тортишини ўйлашасанларми? Ачиган миядан сасиган фикр чиқарш шартмас. Мабодо афғон, эрон, покистон ва ҳиндларни қўшса, унда мусобақа номини туркий давлатлар деб эмас бошқа ном билан номлаш керак. Лекин, ҳинд, покистон ва афғон термалари билан ўйнаб туркия, озарбайжон, венгрия ва ўзбекистон ҳеч нарса ютмайди.
+1   
13 dek 14:39:32
БЕК@
ФИФА Туркия давлатлар эмас, ФИФА туркий давлатлар бўлади
   
14 dek 10:15:57
Юнусов Ойбек
Fifrafiton
   
14 dek 01:17:32
Boburjon⚔️ Saydahmedov????️
Oʻzi cafa borku shunga oʻxshash turnir
   
13 dek 23:08:33
Bu shunchaki o'yin
Зур фикр факат Номига муносиб булиб Туркия, Киргизистон, Узбекистон, Озарбайжон, Турманистон, Козогистон катнашса. Бошкаси шартмас. Бошида Туркия купрок етакчилик килиши мумкин. Аммо биз хам кучли ракобат таклиф эта оламиз. Хар холда айни пайтда Озарбайжон ва Козогистондан кучлирокмиз.
   
13 dek 20:18:54
J afar Abdullayev
Xali unaqa turnir yoqku lekin betta ruslar yoki vengriya u bu qilib tawadi
   
13 dek 20:03:32
Rustam Ruziyev
M-S Olimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Nomi Turkiy bolsa faqat turkiylar bolishi kerak, bolmasam o’rtoqlik turniri bolib qoladi terma bolib, turkiy davlatlar faqat 6 ta
➕➕➕
   
13 dek 19:22:58
M-S Olimov
Vengriya ham turkiy emasku,
   
13 dek 19:20:11
My Computer
Abdusalom Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Эронни туркийлар кўп босиб олган, яқингача Эрон президенти туркийлардан эди, тожиклар ва ўзбеклар шунчалик аралашиб кетганки ўзбек тожиклигини тожик ўзбеклигини билмайди. Афғон ва Покистон форсий эмас.
Бу йерда факат ТУркий давлатлар дейилган, расман уша давлатлар узини Туркий деб эълон килсин кейин кушса булади
   
13 dek 18:57:44
Исламидин Камалатдинов
Антикоррупционер foydalanuvchining fikriga javob berish
Россияни кушса жамоасида факат туркийлар (татарлар, бошкирлар ва бошкалар) уйнаши керак, деган шарт билан кушса булади. Акс холда хаммаси урислар булиб кетиши мумкин.
Унда Қорақалпоғистон хәм уйнасин????????
   
13 dek 18:28:17
Ulugbek....
Boʼmedi. Sababi Turkiy davlatlar sani kam. Davlatlar koʼp lekin Terma jamoalari yoʼq. Musobaqaga boshqa davlatlarni taklif qilish mantiqsin. Xullas boʼlar boʼmas narsa yozmasdan vaqtlarini aqillaring yetgan narsaga sarflaylar iltimos
   
13 dek 18:14:10
Ravshan Umidov
Фақат шу бизда Утмасин! Курдик хар уйинда Хакамлар очиқчасига Узбекистонга ёнбосгагини. Келган жамоаларни хеч бири хурсанд бб кетмади , бари Нохолисликдан норозилиги куриниб қолди. Бунақа турнирларни утказиш Узбекистонга эмас экан, айниқса Қардошлар билан.
   
13 dek 16:22:59
UFA bu UFA
Vengriya va Kiprdan koʻproq foyda Hindiston Pokistondan koʻra. Mantiqan toʻgʻri boʻladi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика