So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

Nikola Lazarevich: "Raqibimizda murabbiy almashgach, o'yin uslubi o'zgarib jamoa ikkita o'yinda 12 ta gol urishga erishdi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Raqibimizda murabbiy almashgach, o'yin uslubi o'zgarib jamoa ikkita o'yinda 12 ta gol urishga erishdi"

"Qizilqum" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Nikola Lazarevich o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

-"Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz qiyin o'yin bo'lishi bilardik. Raqibimizda murabbiy almashgach, o'yin uslubi o'zgarib jamoa ikkita o'yinda 12 ta gol urishga erishdi.  Biz ularning o'yinini o'rganib chiqqandik. Jamoa bugun ham avvalgi o'yinlar singari hujumkorlikni davom ettirishini kutgandik.  Biz ham o'z navbatida raqibga kutilmagan "syupriz" qilishni rejalashtirgandik. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Vaziyatlarni yaratdik. Ammo gol ura olmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'yin oxirida raqib yana ikkita gol urib, yirik g'alabaga erishdi.

Umuman bugun stadionda ajoyib atmosfera hukmron edi. Raqib vaziyatlardan samarali foydalandi. Biz esa...

-Jumanqo'ziev yaxshi o'ynab turgandi. Uni zaxiraga olishingizga sabab nima edi?

-Ha, u yaxshi o'yin o'tkazdi. Ammo murabbiylar shtabi shunday qarorga keldik. Unda sariq kartochka bor edi va shundan keyin ham ikkita vaziyatda raqibga qo'pollik ishlatdi va hakam yana uni ogohlantirib, maydondan chetlatishi ham mumkin edi. Shu sabab uni zaxiraga olishga majbur bo'ldik. 

-Bugun Vahobov va Diyor Rahmatilloev qaydnomadan ham joy olishmadi. Ularning jarohatlari qanchalik jiddiy?

-Vahobov o'tgan turda "Mashal"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Umid qilamizki, u keyingi o'yinda safimizda bo'ladi. Diyor esa kecha mashg'ulotlar chog'ida jiddiy jarohat oldi. Biz uni bugun maydonga tushirishga tayyor edik. Afsuski, kechagi mashg'ulotdan olgan jarohati bois u malum vaqt bizga yordam bera olmaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика