Xalqaro taqvim. Iyunda bizni nimalar kutmoqda?
23 may 15:39
Yangiliklar


Xalqaro taqvim. Iyunda bizni nimalar kutmoqda?
Quyida iyun oyida bo'lib o'tadigan xalqaro o'yinlar va boshqa voqealarga to'xtalamiz. Hozirdan aytib qo'yaylik, kelasi oy O'zbekiston milliy terma jamoasi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu oyda Jahon chempionati masalasi hal bo'ladi.
5 iyun. JCH-2026 saralash bosqichi. Uchinchi raund 9-tur
5 iyun kuni Osiyo jamoalari JCH saralashning uchinchi raund 9-tur o'yinlarida maydonga tushadilar.
A guruhi: O'zbekiston uchun yaxshi imkoniyat
Terma jamoamizning tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqishiga bir qadam qoldi. Biz bu imkoniyatni boy bera olmaymiz. Buning uchun avvalo 5 iyun kuni Abu Dabida bo'lib o'tadigan BAAga qarshi bahsda chiroyli o'yin ko'rsatib, yaxshi natija qayd etishimiz talab etiladi. Hozirgi vaziyatda hammasi faqat o'z qo'limizda, terma jamoamiz boshqa o'yinga qarab qolmagan. Matematika bilan hisoblashishga ham vaqtimiz yo'q.
5 iyun. BAA - O'zbekiston
5 iyun. Qatar - Eron
5 iyun. KXDR - Qirg'iz Respublikasi
B guruhi: Kurash avjida
Janubiy Koreya birinchi o'rin bilan JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi deylik. Ammo ikkinchi o'rin uchun kurash oxirigacha kechadi. Iordaniya, Iroq, Ummon - bu jamoalarning hammasida ikkinchi bo'lish imkoniyati bor. Ummon - Iordaniya, Iroq - Janubiy Koreya o'yinlarida ko'p narsa hal bo'ladi. Darvoqe, Iroq terma jamoasi bu turni o'z uyida - Basra shahrida o'tkazadi.
5 iyun. Ummon - Iordaniya
5 iyun. Iroq - Janubiy Koreya
5 iyun. Quvayt - Falastin
C guruhi: Yaponiya masalani hal qilgan, ikkinchisi kim bo'ladi?
Oxirgi guruhda Yaponiya terma jamoasi 20 ochko bilan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldi. Shu bois ularning Avstraliyaga qarshi o'yini hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Lekin bu o'yin Avstraliya uchun juda muhim, chunki "sokeruzlar" ikkinchi yo'llanma uchun kurash olib boryapti. Shuningdek, Saudiya Arabistoni ham mundialdan chetda qolmaslik uchun oxirigacha harakat qiladi.
5 iyun. Avstraliya - Yaponiya
5 iyun. Indoneziya - Xitoy
5 iyun. Bahrayn - Saudiya Arabistoni
10 iyun. Osiyo Kubogi-2027 saralash final bosqichi 2-tur
Malumot uchun, 2027 yilgi Osiyo Kubogi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi va bunda 24ta terma jamoa qatnashadi. Hozirgi paytga kelib Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar quyidagicha: Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Quvayt, Qirg'iz Respublikasi.
Demak, 24ta jamoadan 18tasi malum va 6tasi keyinroq aniq bo'ladi. Shu yilning 25 mart kuni hal qiluvchi saralash bosqich start olgandi. O'yinlar kelasi yil 31 martga qadar davom etadi. Hal qiluvchi raundda 24ta terma jamoa 6 guruhga bo'lingan holda bahs olib bormoqda. Faqat guruh g'oliblarigina Osiyo Kubogi ishtirokchisiga aylanadi. 10 iyun kuni 2-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Sharqiy Timor - Maldiv
Filippin - Tojikiston
Bruney - Butan
Yaman - Livan
Gonkong - Hindiston
Bangladesh - Singapur
Shrin Lanka - Xitoy Taypeyi
Turkmaniston - Tailand
Myanma - Pokiston
Afg'oniston - Suriya
Laos - Nepal
Malayziya - Vetnam
10 iyun. JCH-2026 saralash bosqichi. Uchinchi raund 10-tur
10 iyun kuni JCH-2026 saralash bosqichining uchinchi ranud bahslari o'z nihoyasiga etadi. Shu kuni biz uyda Qatarni qabul qilamiz va "Bunyodkor" stadionidagi o'yindan keyin terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqqqanini birgalikda nishonlash nasib etadi degan umiddamiz. Oxirgi 10-turda barcha guruhlarda quyidagi uchrashuvlar o'tkaziladi:
O'zbekiston - Qatar
Qirg'iz Respublikasi - BAA
Eron - KXDR
Janubiy Koreya - Quvayt
Iordaniya - Iroq
Falastin - Ummon
Yaponiya - Indoneziya
Xitoy - Bahrayn
Saudiya Arabistoni - Avstraliya
14 iyun - 13 iyul. Klublar o'rtasida Jahon chempionati
Bu yil klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining geografiyasi ancha kengaydi. Chunki tarixda birinchi marta bu musobaqada 32ta klub qatnashadi. Mezbonlik AQSHga topshirilganidan xabaringiz bor. 14 iyun kuni klublar o'rtasidagi mundialga start beriladi va qariyb bir oy davom etadi. Mundialda Osiyodan 4ta klub qatnashadi: "Al Hilol", "Urava Reds", "Al Ayn", "Ulsan".
O'tgan yilning 5 dekabr sanasida ushbu musobaqa uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tgandi. Qura natijalariga ko'ra, 32 jamoa 4tadan 8 guruhga bo'lingan. O'yinlar 12ta stadionda o'tkaziladi.
1. "Rose Bowl" (sig'imi 88 ming)
2. "MetLife Stadium" (sig'imi 83 ming)
3. "Bank of America Stadium" (sig'imi 75 ming)
4. "Mercedes-Benz Stadium" (sig'imi 75 ming)
5. "Lincoln Financial Field" (sig'imi 69 ming)
6. "Lumen Field" (sig'imi 69 ming)
7. "Hard Rock Stadium" (sig'imi 65 ming)
8. "Camping World Stadium" (sig'imi 65 ming)
9. "Inter&Co Stadium" (sig'imi 25 ming)
10. "Geodis Park" (sig'imi 30 ming)
11. "TQL Stadium" (sig'imi 26 ming)
12. "Audi Field" (sig'imi 20 ming)
Yana bir malumot shuki, klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga O'zbekistondan hakamlar brigadasi taklif etilgan. Bosh hakam Ilgiz Tantashev va uning yordamchilari - Timur Gaynullin, Andrey Capenko.
1-tur uchrashuvlari (14-15 iyun)
"Al Ahli" - "Inter Mayami"
"Palmeyras" - "Portu"
PSJ - "Atletiko"
"Botafogo" - "Sietll Saunders"
"Bavariya" - "Oklend Siti"
"Boka Xuniors" - "Benfika"
"Chelsi" - Saralash g'olibi
"Flamengo" - "Esperanse de Tunis"
"River Pleyt" - "Urava Reds"
"Monterrey" - "Inter"
"Fluminense" - "Borussiya D"
"Ulsan" - "Mamelodi Sandauns"
"Manchester Siti" - "Vidad"
"Al Ayn" - "Yuventus"
"Real" - "Al Hilol"
"Pachuka" - "Red Bull"
23 iyun - 5 iyul. Ayollar Osiyo Kubogi-2026 saralash bosqichi
Iyun oyida Ayollar futboli bo'yicha Osiyo chempionatining saralash bahslariga start beriladi. Malumot uchun, navbatdagi Osiyo chempionati kelasi yil 1-21 mart kunlari Avstraliyada bo'lib o'tadi. Musobaqaga 5ta stadion mezbonlik qiladi. Final o'yini Sidneydagi hashamatli "Stadium Australia" (sig'imi 82 ming) o'yingohida o'tkaziladi.
Osiyo Kubogida 12ta terma jamoa qatnashadi. Hozirgi paytda 4ta ishtirokchi malum. Mezbon Avstraliyadan tashqari Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya 2022 yilgi qita birinchiligida yuqori 3 o'rinni egallab, yo'llanmani qo'lga kiritgan.
Ayollar Osiyo Kubogining saralash bahslarida O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Shu yilning 27 mart kuni qura tashlash marosimi o'tkazildi. Saralashda jami 34ta ayollar terma jamoasi ishtirok etadi. Ikkita guruhda 5tadan, qolgan oltita guruhda 4tadan jamoa bor. Faqat guruh g'oliblarigina Osiyo chempionatiga yo'l oladi.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi guruh o'yinlarini "Do'stlik" stadionida o'tkazadi. Guruhdagi raqiblarimiz - Nepal, Laos va Shri Lanka. Uchrashuvlar taqvimi quyidagicha:
29 iyun. 20:00. O'zbekiston - Shri Lanka
2 iyul. 20:00. Laos - O'zbekiston
5 iyul. 20:00. O'zbekiston - Nepal
26 iyun. Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash qurasi
Kelasi yilning 14-31 may kunlari futzal bo'yicha Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi. Indoneziya mezbonlik qiladigan ushbu musobaqada 16ta milliy terma jamoa qatnashadi. Shu yilning 26 iyun kuni esa mazkur musobaqaning saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, saralash o'yinlarida Nodir Eliboev boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi ham qatnashadi.
X.Xoliqov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar