So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  7 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  818 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Orifxo'ja Abduholiqov: “O'yinim bilan akamni uyaltirib qo'ymaslikka harakat qilyapman” Yangiliklar

Orifxo'ja Abduholiqov: “O'yinim bilan akamni uyaltirib qo'ymaslikka harakat qilyapman”

Xuddi oliy liganiki singari birinchi ligada ham dastlabki davra bahslari yakuniga etdi.

Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasi uchun birinchi davra ko'ngildagidek o'tdi va ular 2-o'rinda borishyapti. Ushbu jamoaning hujumchisi Orifxo'ja Abduholiqov esa raqiblar darvozasiga 16 ta gol urgan holda yakka o'zi to'purar bo'lib kelmoqda. 22 yoshli futbolchining ko'rsatayotgan o'yini barchada iliq taassurot qoldiryapti. U O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qatarning “Al Sayliya” klubida o'ynayotgan Temurxo'ja Abduholiqovning ukasidir. Orifxo'ja akasi singari hujumchi rolida o'ynashni xohladi va hozircha birinchi liga musobaqasida o'zini ko'rsatib kelmoqda. “NBU-Osiyo” birinchi davraning oxirgi turida “Andijon” maydonida 2:2 hisobida durang o'ynadi. Kichik Abduholiqov esa bitta golga mualliflik qildi. O'yindan keyin ushbu o'yinchini suhbatga tortdik.

-   “Andijon”ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv ancha jangovor tarzda kechdi. Bunday o'yin haqida nima degan bo'lardingiz?
-   O'yin albatta qiyin kechdi. “Andijon” o'z maydonida mardonavor o'yin ko'rsatib, qarshilik ko'rsatdi. Biz bunga qadar ikkita bellashuvda yutqazib qo'yganimiz uchun bu safar mag'lub bo'lmaslik uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik. O'yin oxirida esa qo'ldan kelganicha durangni saqlab qolishga harakat qildik.

-   O'tgan turda “Istiqlol” maydonida beshta to'p o'tkazib yuborib, yirik hisobda yutqazgandinglar. Bu safar esa “Andijon”da durang o'ynadinglar. Ikkala o'yinni sizlar uchun katta farqi sezildimi?
-   Menimcha, “Istiqlol” bilan uchrashuvga noto'g'ri tayyorlandik. Yo'l charchog'i ham o'z tasirini ko'rsatdi. Buning ustiga o'yindan oldin raqibni xayolan yutdik deb o'ylaganimiz ham bizga pand berib qo'ydi. Raqibga yuzaki qaraganimiz uchun ham yirik hisobda yutqazdik. “Andijon” bilan uchrashuvga ham g'alaba uchun tayyorlangandik va xatolarni takrorlamaslikka urindik.


-   Durangdan qoniqish hosil qildinglar, shundaymi?
-   Turnir jadvalida ikkinchi o'rinda qolganimizdan qoniqdik.

-   “NBU-Osiyo” chindan mavsumni yaxshi o'tkazyapti va haqli ravishda jadvalda 2-o'rinda boryapti. Bu jamoaning maqsadi oliy ligani ko'zlayotganini bildiradimi?
-   Hammaning maqsadi bo'ladi. Birinchi o'ringa chiqish uchun bizda juda yaxshi imkoniyat bor. Oliy ligaga chiqish uchun oxirigacha harakat qilamiz. Buning uchun hamma birdek harakat qilyapti. Ko'rib turganingizdek, natija ham bo'lyapti.

-   “Andijon” darvozasiga urgan golingizni qo'shsak joriy mavsumda raqiblar darvozasiga 16 ta to'p kiritdingiz va yaqqol to'purar bo'lib turibsiz. Sizdan bunday sermahsullikni hech kim kutmagandi. Buni nima bilan bog'lagan bo'lardingiz?
-   Tinimsiz mehnat va o'yinga to'g'ri tayyorgarlik deb o'ylayman. SHuningdek, murabbiylarning to'g'ri ko'rsatmalari ham mening samaradorligimga turtki beryapti. Maqsadim ham to'purarlar orasida birinchi bo'lish edi va hozircha bunga erishyapman. Harakatda barakat deb shuni aytishsa kerak-da!

-   Temurxo'ja Abduholiqovning ukasi sifatida bu nom sizga maydonda qo'shimcha bosim yuklab turibdimi?
-   Akamni uyaltirib qo'ymaslik uchun ham yaxshi o'yin namoyish qilishga va o'zimni ko'rsatishga harakat qilyapman. Akamning tajribasi va daldasi menga har doim yordam beradi. SHuningdek, dadam ham menga maslahatlar berib turadi.

-   Temurxo'ja milliy terma jamoa o'yinchisi va legioner sifatida Qatar chempionatida to'p suryapti. Siz esa hozircha birinchi ligada faoliyatingizni davom ettiryapsiz. Ayting-chi, akangizning darajasiga chiqishingizga nima to'sqinlik qilyapti?
-   Bilmadim. Balki akam kabi etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganim ham tasir qilayotgandir. Albatta, men ham akam singari saviyaga chiqishni juda xohlayman. O'ylaymanki, hammasi o'zimga bog'liq va istaklarimni amalga oshirsa bo'ladi.

-    Siz hali oliy ligada to'p surmadingiz. SHu kungacha hech bunday imkoniyat bo'lganmi?
-   Ha, bir qator jamoalarning yig'inlariga borib ko'rganman. Ammo murabbiylar mendan qoniqish hosil qilishmagan. SHundan keyin birinchi ligada yana o'ynab o'z kuchim bilan oliy ligaga chiqishni maqsad qildim.


-   Birinchi ligadagi ishlaringiz hozircha ko'ngildagidek va siz to'purarlar orasida yakka peshqadamsiz. Nima deb o'ylaysiz, keyinchalik to'purarligingiz sizning tashrif qog'ozingizga aylanishi mumkinmi?
-   Bu haqida biror nima deya olmayman. Men maydonga tushaman va o'z ishimni bajaraman. Kimgadir kerak bo'lsam, chaqirishi mumkin. Mening birinchi galdagi vazifam gol urish. CHunki hujumchiman va o'z vazifamni oqlashim kerak. Qolgani esa o'zidan-o'zi bo'laveradi.

-   SHu o'rinda birinchi liga haqida so'ramoqchi edim. Bu liga futbolchining saviyasi o'sishiga xizmat qila oladimi?
-   To'g'risi, bu yil birinchi ligada ham nisbatan o'sish bor. “Andijon”, “Cementchi”, “Surxon” kabi klublarning maqsadi oliy ligaga yo'l olish. SHu bois qiziqarli tus olyapti. Masalan, “Surxon” ham yaxshi jamoa ekan. O'z maydonimizda ularga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydik. Imkon darajasida o'z o'yinlarimizda yutishga harakat qilyapmiz va bizning ham maqsadimiz oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritish. Hozirgi vazifamiz esa birinchi ligada kamida birinchi o'rinni egallashimiz lozim.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика